To‘laganova Zilola Kamoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Broyler jo‘jalarining o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht mahsuldorligiga mahalliy “BAVMENZAYM” biologik faol qo‘shimchasining ta’siri”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025.2.PhD/Qx981
Ilmiy rahbar: Axmedova Zaxro Rahmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isamuxammedov Solix Shukurovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik  va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi go‘sht yo‘nalishidagi broyler jo‘jalarning o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht mahsuldorligiga «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimchasining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor O‘zbekiston parrandachilik sanoatida broyler jo‘jalarini mahsuldorligini oshirish va sifatli parhezbop go‘sht ishlab chiqarishda 10 %-li tabiiy xavfsiz «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimchasidan foydalanish samarali ekanligi isbotlangan;
broyler jo‘jalarni 15-25 kunlik yosh davridagi «Rost» ozuqa-emi bilan oziqlantirish bosqichida biologik faol qo‘shimchani suvga aralashtirib berish hisobidan ularni tirik vaznini 2450 grammga etishi va nazorat guruhidagi tengqurlariga nisbatan 240 gramm (10,85 %) ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon qilishi asoslangan;
broyler jo‘jalarga tabiiy xavfsiz «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimcha qo‘llash ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida jo‘jalarning mutlaq o‘sishi 2401 grammni, kunlik tirik vazni o‘sishi 69 grammni, nisbiy o‘sishi 192,2 % ni tashkil qilishi aniqlangan;
broyler jo‘jalarni hayotchanligini oshirish va mortalitetni (nobud bo‘lish darajasi) kamaytirishga «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimchani ta’siri aniqlanib, hayotchanlik darajasi 100 % bo‘lishi isbotlangan;
broyler jo‘jalarni go‘sht uchun boqish davomiyligi 35 kundan oshirmaslik va «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimchaning 10 %-li eritmasini qo‘llash hisobidan iqtisodiy samaradorligi 41,1 % ni tashkil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Broyler jo‘jalarini o‘sishi, rivojlanishi hamda go‘sht mahsuldorligini oshirish maqsadida «BAVMENZAYM» biologik faol qo‘shimchasidan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
broyler jo‘jalarining go‘sht mahsuldorligini oshirish uchun «BAVMENZAYM» biopereparatidan foydalanish samaradorligi OOO «Imkon Broiler» parrandachilik xo‘jaligining 300 bosh jo‘jalarini 3 bosqichli «Start», «Rost» va «Finish» oziqlantirish davrlarida qo‘llanildi (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28 aprel oyidagi 02/23-288-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori ko‘rsatkichi «Rost» davrida bo‘lgan. Bu davrda olingan jami daromad tajriba guruhida 3 063 ming so‘mni, sof foyda 1 260 ming so‘mni va iqtisodiy samaradorlik (rentabellik) 41,1 % ni tashkil etgan; 
broyler jo‘jalarining go‘sht mahsuldorligini oshirish borasida olib borilgan tadqiqotlar «ShOVVOSSOY PARRANDA» xo‘jaligida 400 bosh “Ross 308” broyler jo‘jalariga «BAVMENZAYM» biopereparati qo‘llanildi (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28 aprel oyidagi 02/23-288-son ma’lumotnomasi). Natijada jami daromad 22 905 ming so‘mni, olingan sof foyda  8 863 ming so‘mni tashkil qildi. Rentabellik 38,6 % ni tashkil qilgan;
broyler jo‘jalarining go‘sht mahsuldorligini oshirishda jo‘jalarga «BAVMENZAYM» biopereparatini 10 kun mobaynida «KOMPAKT POULTRY» MChJ parrandachilik xo‘jaligida qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28 aprel oyidagi 02/23-288-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan jami daromad 28 692 ming so‘m, sof foyda tegishlicha 11 191 ming so‘m hamda rentabellik darajasi 39,0% bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish