Mirsaidova Zuxra Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli seleksiyadagi golshtin zotli sigirlar sut mahsuldorligining konstitutsiya tipiga bog‘liqligi”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.PhD/Qx1228
Ilmiy rahbar: Xujamov Jurabek Naimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Klichov Zafar Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining tabiiy iqlim sharoitiga mos turli davlatlar seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlar konstitutsiya tiplarini tahliliy o‘rganish asosida ularni iqtisodiy jihatdan sut mahsuldorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatining tabiiy iqlim sharoitida turli seleksiyadagi golshtin zotli sigirlarning fasllar kesimida sut mahsuldorligining barqarorligi yoz faslining iyun oyida Gollandiya seleksiyasi, Germaniya va Daniya seleksiyasining nozik-zich va mustahkam konstitutsiya tiplaridan 189,5 kg (18,3%), 107,2 kg (10,3 %), 168,1 kg (14,5%), 161,9 kg (13,9%), yuqori sut mahsuldorlikka ega bo‘lganligi aniqlangan.
Tajriba davomida sutdorlik koeffisienti, sigirlarning seleksiyasi, zoti, yoshi, tirik vazni, konstitutsiya tipi, fiziologik holati, oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog‘liq holda Gollandiya seleksiyasi, Germaniya va Daniya seleksiyasining nozik-zich konstitutsiya tipidan 1281,1 kg (14,7%), 1505,0 kg (17,3%) yuqori bo‘lib, mustahkam konstitutsiya tipi 884,6 kg (9,32 %), 1594,3 kg (16,8%) yuqori ekanligi tajriba davomida umum ma’lum bo‘lgan formula asosida isbotlangan.
Tajriba guruhidagi sigirlarning elin shakllarini baholashda asosan ikki xil kosasimon va vannasimon elin shakllari o‘rganilib, Gollandiya seleksiyasi, Germaniya va Daniya seleksiyasiga nisbatan vannasimon shaklli elinga ega bo‘lgan sigirlarni 70% vannasimon va elin aylanasi 0,66% bo‘lganida laktatsiyasining dastlabki oyida sut miqdori 115,0 kg yoki 13,3% ga oshganligi isbotlangan.
Gollandiya, Germaniya, Daniya seleksiyalariga mansub golshtin sigirlarida tadqiqot natijalariga ko‘ra Gollandiya seleksiyasidagi mustahkam konstitutsiya tipidan foydalanilsa yuqori mahsuldor podalar yaratish sur’atini oshiradi va sut mahsuldorligi 16,8-17,3% ga ko‘payadi, har yili buzoq olishning samaradorligi aniqlangan.
Konstitutsiya tiplari bo‘yicha sigirlarni issiqqa chidamlilik indeksi 79-88 birlikni tashkil esa, bunday sigirlarni yuqori issiqqa chidamli, 61-75 ni tashkil esa past issiqqa chidamli deb hisoblangan. Barcha seleksiyalararo nozik zich va mustahkam konstitutsiya tipida natijalar 74-79 birlik oralig‘ida bo‘lganda, Servis-davrining davomiyligi, 2,7% dan 3,1 % gacha qisqarganligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli seleksiyadagi golshtin zotli sigirlar sut mahsuldorligining konstitutsiya tipiga bog‘liqlik darajasini o‘rganish asosida:
Gollandiya, Germaniya va Daniya seleksiyasiga mansub golshtin sigirlarning II laktatsiya davrida sut miqdori, bir yilda bir bosh buzoq olish bo‘yicha tadqiqotlar «Siyob Shavkat Orzu” qoramolchilik fermasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Gollandiya seleksiyasidagi mustahkam konstitutsiya tipida yillik sof foyda 12713,75 ming.so‘mni va rentabellik darajasi 40,7 foizni, nozik-zich tipida mos ravishda 11188,3 ming so‘mni va 38,4 foizni, Germaniya seleksiyasidagi mustahkam tipida 11264,55 ming so‘mni va 39,3 foizni, nozik-zich tipida esa mos ravishda 9113,85 ming so‘mni va 35,8 foizni, Daniya seleksiyasidagi mustahkam tipida 9961,90 ming so‘mni va 37,2 foizni, nozik-zich tipida 8777,30 ming so‘mni va 35,4 foizni tashkil qilgan.
Turli seleksiyadagi golshtin sigirlarini konstitutsiya tipi bo‘yicha II laktatsiya davrida sut miqdori, bir yilda bir bosh buzoq olish bo‘yicha tadqiqotlar “PURE MILKY OQDARYo” qoramolchilikga ixtisoslashgan tajriba xo‘jaligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-179-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida Gollandiya seleksiyasiga mansub golshtin sigirlarida yillik sof foyda 10152,257 ming so‘m, rentabellik darajasi 32,5 foiz bo‘lgan. Germaniya va Daniya seleksiyalariga mansub golshtin sigirlarida mos ravishda 8828,197; 7632,10 ming so‘mga va 30,8; 28,5 foizni tashkil qilgan;
Golshtin sigirlarini tajriba guruhlari bo‘yicha II laktatsiyadagi sut miqdori va bir yilda bir bosh buzoq olish tadqiqoti “PURE MILKY PRODUCS” qoramolchilikga ixtisoslashgan xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-179-sonli ma’lumotnomasi). Gollandiya seleksiyasiga mansub golshtin sigirlarida yillik sof foyda 8478,633 ming so‘m, rentabellik darajasi 29,1 foiz bo‘lgan. Germaniya va Daniya seleksiyalariga mansub golshtin sigirlarida esa mos ravishda 6695,370; 6273,042 ming so‘mga va 26,3; 25,3 foizni tashkil qilgan.