Inoyatova Soxiba Fazilovnaning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish paradigmasi”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Yu315.
Ilmiy maslahatchi: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzinazarov Shuhrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor, Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor, Qo‘ldoshev Nuriddin Abdug‘anievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish va huquqiy jarayonlar globallashuvining zamonaviy tahdidlari sharoitida fuqarolik huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish paradigmasining ilmiy-nazariy asoslarini hamda ushbu sohani huquqiy tartibga solish va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘yinlar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o‘tkazishdan bosh tortgan taqdirda, o‘yinlar ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan o‘yinlarning bekor qilinishi yoki ularning muddati ko‘chirilishi tufayli etkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli bo‘lgan nuqsonli tovar (ish, xizmat) hamda ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati yoki harakatsizligi tufayli etkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni to‘liq hajmda qoplashni talab qilishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestriga qonunga xilof yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar kiritilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlar ushbu ma’lumotlarga ishonib harakat qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanishi asoslantirilgan;
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanishi asoslantirilgan;
jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish zarurligi asoslantirilgan;
har bir shaxsning shaxsiy hayoti daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy siri, sha’ni va qadr-qimmatining himoya qilinishi, shaxsiy ma’lumotlarining muhofaza etilishi, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzattirishni, o‘zi haqida qonunga xilof ravishda to‘plangan yoki boshqa huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yo‘q qilishni talab qilish huquqiga ega ekanligi asoslab berilgan, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlarga raddiya berilishini tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
o‘yinlar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o‘tkazishdan bosh tortgan taqdirda, o‘yinlar ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan o‘yinlarning bekor qilinishi yoki ularning muddati ko‘chirilishi tufayli etkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli ekanligi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1057-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi Fuqarolik kodeksi 984-moddasining to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyundagi No3/dn-115-son dalolatnomasi). Mazkur taklif o‘yin ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash va ularning tashkilotchilarining mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli bo‘lgan nuqsonli tovar (ish, xizmat) hamda ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati yoki harakatsizligi tufayli etkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni to‘liq hajmda qoplashni talab qilishga haqli ekanligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1021-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-son Qonuni 4-moddasi birinchi qismining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyundagi No3/dn-115-son dalolatnomasi). Mazkur taklif qoplanadigan zarar hajmini kengaytirish va iste’molchilar huquqlarini insofsiz ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilardan himoya qilishni kuchaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestriga qonunga xilof yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar kiritilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlar ushbu ma’lumotlarga ishonib harakat qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 5-fevraldagi 12-16-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat reestrlaridagi noaniqliklar oqibatida etkazilgan mulkiy zararni qoplash mexanizmlarini takomillashtirish va fuqarolik muomalasining insofli ishtirokchilari huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan;
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 5-fevraldagi 12-16-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat organlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan etkazilgan zararni qoplashning samarali tizimini yaratishga hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 4-bandi “g” kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 5-fevraldagi 12-16-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar kompensatsiya mexanizmlarini huquqiy tartibga solishning kompleks tizimini yaratishga va fuqarolik muomalasi subektlarining mulkiy huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
har bir shaxsning shaxsiy hayoti daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy siri, sha’ni va qadr-qimmatining himoya qilinishi, shaxsiy ma’lumotlarining muhofaza etilishi, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzattirishni, o‘zi haqida qonunga xilof ravishda to‘plangan yoki boshqa huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yo‘q qilishni talab qilish huquqiga ega ekanligi asoslab berilgan, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlarga raddiya berilishini tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-son qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 3-iyundagi 08/261-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar fuqarolarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishga kompleks yondashuvni shakllantirish hamda sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotini takomillashtirishni ta’minladi.