Gapparova Guli Nurmuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarda pielonefritning klinik-laborator xususiyatlari, diagnostikasi va davolash”, 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1898.
Ilmiy rahbar: Axmedjanova Nargiza Ismoilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSs.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuradov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi anamnezida COVID-19 o‘tkazgan bolalarda pielonefritni erta tashxislash va kompleks davolash samaradorligini baholashda klinik-laborator xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda buyrakning proksimal (proteinuriya sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 11 barobar ortgan) va distal kanalchalar disfunksiyasi (ammoniogenez 34% pasaygan) bilan bir qatorda glomerulyar funksiyasi (KFT sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 38% kamaygan) buzilishi isbotlangan;
anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda fermenturiya ko‘rsatkichlarini (γ-GT 4,57- 5,84 marta ortgan) ishonchli darajada ortganligi membranoliz mavjudligidan dalolat berishi isbotlangan;
anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda siydikda KIM-1 (3,77-4,51 baravar), NGAL (25,9-26,4 marta) va β2M (7,64-9,16 barobar) ko‘rsatkichlarini ortishi buyrak to‘qimasidagi kuchli yallig‘lanish jarayonlari, gipoksiya holati bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda (Nefrosten va vitamin A) o‘tkazilgan kompleks terapiya antioksidant, membranostabilizator, regenerativ, reparativ, yallig‘lanishga qarshi ijobiy ta’sirlari sababli bemorlarni statsionar davolanish muddati 4 kunga qisqarishi, remissiya davrini uzayishi, siydikda KIM-1 darajasi 3,29 barobar, β2M darajasi 5,57 barobar, y-GT 3,85 barobarga kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan, pielonefrit bilan kasallangan bolalarda pielonefritni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda buyrakning proksimal (proteinuriya sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 11 barobar ortgan) va distal kanalchalar disfunksiyasi (ammoniogenez 34% pasaygan) bilan bir qatorda glomerulyar funksiyasi (KFT sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 38% kamaygan) buzilishi isbotlangan va Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 oktyabrdagi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarda pielonefritning klinik-laborator xususiyatlari va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan va Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.09.2023 yildagi 79-son va Samarqand shahar №1 bolalar shifoxonasining 30.08.2023 yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda buyrakning proksimal (proteinuriya sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 11 barobar ortgan) va distal kanalchalar disfunksiyasi (ammoneogenez 34% pasaygan) bilan bir qatorda glomerulyar funksiyasi pasayishini (KFT sog‘lom bolalar ko‘rsatkichiga nisbatan 38% kamaygan) birgalikda kuzatilishi buyrak faoliyatining buzilishini erta prognoz qilish uchun aniq tuzilmaviy mezonlardan foydalanish imkonin beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda o‘rganilgan tuzilmaviy diagnostik mezonlar buyrak funksiyasi buzilishlarini tashxislashda qushimcha invaziv tekshiruvlar (biopsiya va morfologik tahlillar)dan voz kechish imkonini va umumiy 71 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 46860000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: xar bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda fermenturiya ko‘rsatkichlarini (γ-GT 4,57- 5,84 marta ortgan) ishonchli darajada ortganligi membranoloiz mavjudligidan dalolat berishi isbotlangan va Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 oktyabrdagi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarda pielonefritning klinik-laborator xususiyatlari va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.09.2023 yildagi 79-son va Samarqand shahar № 1 bolalar shifoxonasining 30.08. 2023 yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda fermenturiya ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada buzilishi (γ-GT 4,57- 5,84 marta ortganligi) aniqlangan va fermentni siydikda aniqlanishi tubulointerstisial to‘qima hujayralari shikastlanishining sifatiy va miqdoriy mezoni sifatida baholanib, tubulointerstisial to‘qimada membranoliz jarayonini nazorat qilishda skrining testi sifatida qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: fermenturiya ko‘rsatkichlarini (γ -GT darajalari) baholash usulini joriy etilishi orqali tashxis jarayonida qimmatbaho va invaziv tekshiruvlardan voz kechish imkonini va umumiy 71 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 46860000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: xar bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda siydikda KIM-1 (3,77-4,51 baravar), NGAL (25,9-26,4 marta) va β2M (7,64-9,16 barobar) ko‘rsatkichlarini ortishi buyrak to‘qimasidagi kuchli yallig‘lanish jarayonlari, gipoksiya holati bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan va Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 oktyabrdagi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarda pielonefritning klinik-laborator xususiyatlari va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.09.2023 yildagi 79-son va Samarqand shahar № 1 bolalar shifoxonasining 30.08.2023 yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda KIM-1 (3,77-4,51 baravar), NGAL (25,9-26,4 marta), β2M (7,64-9,16 barobar) ko‘rsatkichlari ortgan, siydikdagi KIM-1, NGAL va β2M darajasi buyrak to‘qimalarining shikastlanish darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsional bo‘lib, siydikda KIM-1, NGAL va β2M qiymatini aniqlash ularni nefronlarning strukturaviy shikastlanishining erta diagnostik belgilari sifatida qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda siydikda KIM-1, NGAL va β2M qiymatini aniqlash ularni nefronlarning strukturaviy shikastlanishining erta diagnostik belgilari sifatida qo‘llash va bu markerlarning amaliyotga joriy etilishi invaziv diagnostika muolajalarini kamaytirish, asoratlarni oldini olish va umumiy 71 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 46860000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: xar bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
turtinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefrit bilan kasallangan bolalarda (Nefrosten va vitamin A) o‘tkazilgan kompleks terapiya antioksidant, membranostabilizator, regenerativ, reparativ, yallig‘lanishga qarshi ijobiy ta’sirlari sababli bemorlarni statsionar davolanish muddati 4 kunga qisqarishi, remissiya davrini uzayishi, siydikda KIM-1 darajasi 3,29 barobar, β2M darajasi 5,57 barobar, y-GT 3,85 barobarga kamayishiga olib kelishi isbotlangan va Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 oktyabrdagi 67-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarda pielonefritni davolashni takomillashtirilgan usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.09.2023 yildagi 79-son va Samarqand shahar № 1 bolalar shifoxonasining 30.08.2023 yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefritli bolalarda Nefrosten va A vitamini yordamida o‘tkazilgan kompleks terapiya qo‘llanilishi samarali natijalar bergan, bemorlarning statsionar davolanish muddati 4 kundan ortiqroq qisqarishiga va bu esa remissiya davrining uzayishiga, asoratlar rivojlanishining oldini olishga, bolalar orasida nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan pielonefritli bolalarda kompleks davolash usuli (Nefrosten va A vitamini) qo‘llangandan so‘ng statsionar davolanish muddati 4 kungacha qisqargan, bu esa kompleks davo olgan 71 nafar bemorlarga umumiy hisobda 46860000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: xar bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.