Pulatova Shaxzoda Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pastki jag‘ sinishlarni kompleks davolashni takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/3055.
Ilmiy rahbar: Raximov Zokir Qayimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
    Rasmiy opponentlar: Kamalova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Abduqodirov Abdusalom Abduqodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Vitebsk davlat tibbiyot universiteti” (Belarus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II. Tadqiqotning maqsadi suyak bo‘laklari siljimagan holdagi pastki jag‘ sinishlari bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
  pastki jag‘ sinishlarini davolashda o‘simlik-mineral komponentlardan iborat gomeopatik malhamini qo‘llash og‘iz bo‘shlig‘idagi disbiotik o‘zgargan mikroflorani samarali normallashtirishi isbotlangan;
  pastki jag‘ sinishlarini davolashda infraqizil lazer terapiyasining mahalliy seanslarini kortikal vintlar orqali jag‘lararo fiksatsiya bilan birgalikda qo‘llash IL-6 va IL-10 miqdorlarini og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida pasayishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan;
   infraqizil nurlanishning fizioterapevtik ta’siri, bioregulyator preparatining malhami va jag‘larni kortikal vintlar yordamida immobilizatsiya qilishni o‘z ichiga olgan kompleks terapiyani qo‘llash sinish chizig‘i sohasida suyak qadog‘i shakllanish muddatlarini qisqartirishi aniqlangan;
   ilk marotaba pastki jag‘ suyagi sinishlarini davolashda infraqizil lazer yordamida fizioterapevtik ta’sirni mineral-o‘simlik asosidagi gomeopatik malham hamda ortodontik mini-implantlar vositasida maksillyar-mandibulyar immobilizatsiya bilan birgalikda mahalliy qo‘llash samaradorligini klinik, immunologik va mikrobiologik ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pastki jag‘ sinishlari bilan kasallangan bemorlarda davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ sinishlarini davolashda o‘simlik-mineral komponentlardan iborat gomeopatik malhamini qo‘llash og‘iz bo‘shlig‘idagi disbiotik o‘zgargan mikroflorani samarali normallashtirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijasida og‘iz suyuqligidagi mikroorganizmlarning miqdoriy va sifat tarkibining pasayishi og‘iz bo‘shlig‘ining disbiotik o‘zgartirilgan mikroflorasini samarali normallashtirishning muhim ko‘rsatkichi ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 yil; 51-son), hamda Navoi viloyati Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.07.2024 yil; 55-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kompleks terapiyadan foydalanish, shu jumladan kortikal vintlar yordamida jag‘lararo fiksatsiya, infraqizil lazer terapiyasi va bioregulyator Traumel-S preparati, pastki jag‘ sinishlarni davolashda yuqori ijtimoiy samaradorlikni ko‘rsatdi. Bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ida katta hajmli shina tuzilmalarining yo‘qligi noqulaylikni, og‘riqni sezilarli darajada pasayishiga va og‘iz gigienasi uchun sharoitlarning yaxshilanishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks terapiya, jumladan, jag‘larni kortikal vintlar bilan immobilizatsiya qilish, infraqizil lazer va bioregulyator Traumel-S preparatini qo‘llash, pastki jag‘ sinishlarni davolashda yuqori iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatdi. Xulosa: yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, kortikal vintlar yordamida jag‘larni immobilizatsiya qilish usulini, infraqizil lazer terapiyani va Traumel-S preparatini qo‘llash, bemorlarni kompleks davolashga kiritish bo‘yicha tavsiya etilgan uslubiy tavsiyalar amalga oshirilgan davolash majmuasining samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu esa xarajatlarni tejash imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ sinishlarini davolashda infraqizil lazer terapiyasining mahalliy seanslarini kortikal vintlar orqali jag‘lararo fiksatsiya bilan birgalikda qo‘llash IL-6 va IL-10 miqdorlarini og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida pasayishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari og‘iz bo‘shlig‘ining immun holatini sezilarli darajada korreksiyasini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 yil; 51-son), hamda Navoi viloyati Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.07.2024 yil; 55-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘ining immunologik ko‘rsatkichlarning me’erlanishi va regeneratsiya jarayonlarning yaxshilanishi bemorlarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan ishonchini kuchaytirdi, bu ularning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: bu pastki jag‘ singan bemorlarning statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 3 million 420 ming so‘mga tejash imkonini berdi. Xulosa: ushbu toifadagi bemorlarni davolashning taqdim etilgan usuli posttravmatik asoratlarni rivojlanishining oldini olish uchun bioregulyator dori vositalaridan kompleks qo‘llashni, og‘iz bo‘shlig‘ini gigienik parvarishni optimallashtirish uchun jag‘lararo fiksatsiyada ortodontik mini – implantlardan foydalangan holda, qon aylanishini yaxshilash va bitish jarayonlarni tezlashtirish uchun lazer terapiyasini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
uchinchi ilmiy yangilik: infraqizil nurlanishning fizioterapevtik ta’siri, bioregulyator preparatining malhami va jag‘larni kortikal vintlar yordamida immobilizatsiya qilishni o‘z ichiga olgan kompleks terapiyani qo‘llash sinish chizig‘i sohasida suyak qadog‘i shakllanish muddatlarini qisqartirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy yordam olayotgan pastki jag‘ travmalari bilan jabrlanganlarga ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy erdam ko‘rsatish zarurati va darajasi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiet markazning yuz – jag‘ jarrohligi bo‘limi misolida, shuningdek, stomatologiya xizmatini isloh qilish tamoyillari va shartlari, ayniqsa, stomatologik yordamning barcha shakllariga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 yil; 51-son), hamda Navoi viloyati Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.07.2024 yil; 55-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuqumli asoratlar xavfining kamayishi va suyak to‘qimalarining tez bitishi gospitalizatsiya davomiyligini va uzoq muddatli tibbiy parvarishga bo‘lgan extiyojni qisqartirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy yukni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: shish va og‘riqning kamayishi kabi klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi tez – tez va qimmat tibbiy muolajalarga, jumladan jarrohlik va uzoq muddatli medikamentoz davolanishga bo‘lgan extiejni kamaytiradi. Xulosa: shikastlanishdan keyingi davrda reabilitatsiya vaqtini optimallashtirish jabrlanganlarning vaqtinchalik mehnat layokatsizlik muddatlarini qisqartirishga yordam berdi, bu ularning kasbiy faoliyati va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba pastki jag‘ suyagi sinishlarini davolashda infraqizil lazer yordamida fizioterapevtik ta’sirni mineral-o‘simlik asosidagi gomeopatik malham hamda ortodontik mini-implantlar vositasida maksillyar-mandibulyar immobilizatsiya bilan birgalikda mahalliy qo‘llash samaradorligini klinik, immunologik va mikrobiologik ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu terapiya klinik dinamikaning ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada oshiradi, yallig‘lanish asoratlarni rivojlanish miqdorini  qisqartiradi va bemorlarning qoniqishini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 yil; 51-son), hamda Navoi viloyati Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.07.2024 yil; 55-son) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu kombinirlangan usulning klinik amaliyotga joriy etilishi nafakat davolashning tibbiy samaradorligini oshiradi, balki aholi salomatligi va davlat iqtisodiyotiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: pastki jag‘ sinishlarda kompleks davolash usullaridan qo‘llashning iqtisodiy samaradorlikning tahlili shuni ko‘rsatdiki, davolash xarajatlari bemorlar uchun ham, tibbiyot muassasalari uchun ham reabilitatsiya davrining qisqarishi hisobiga tibbiy erdamning iqtisodiy samaradorligi  sezilarli darajada oshgan. Xulosa: natijalarning joriy etilishi pastki jag‘ sinishlarda ixtisoslashtirilgan stomatologik yordam darajasini oshirish va yallig‘lanish asoratlarni rivojlanishning oldini olishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish