Sultanov Suxrob Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzun naysimon suyaklarning sinishi bo‘lgan jabrlanuvchilarda yog‘ emboliyasining sud-tibbiy diagnostikasi», 14.00.24 - Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2882.
Ilmiy rahbar: Baxriev Ibragim Isomadinovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Islomov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazirov Sirojiddin Nazirovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzun naysimon suyaklarning sinishi bo‘lgan jabrlanuvchilarda yog‘li emboliyani sud-tibbiy baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzun naysimon suyaklarning sinishi kuzatilgan jabrlanganlarda yog‘li emboliyaning turli ko‘rinishlarining o‘ziga xos morfologik xususiyatlari sud-tibbiy tahlillari asosida tizimlashtirilib, yog‘li emboliyaning sud-tibbiy tashxislashda ekspert baholashning o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
shikastlanishdan keyingi erta davrda og‘ir qo‘shma jarohatlar natijasida uzun naysimon suyaklarning sinishi holatlarida o‘lim aksariyat hollarda bevosita travmatik ta’sirlar bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarga ko‘ra o‘pka, yurak va miya tomirlarining yog‘li emboliyasi natijasida yuzaga kelishi isbotlangan;
sud tibbiyoti amaliyotida murda ichki a’zolari va to‘qimalardagi mikroskopik o‘zgarishlar negizida yog‘li emboliyaning rivojlanish muddatlarining o‘ziga xos morfologik xususiyatlarini hamda biokimyoviy tadqiqot ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uzun naysimon suyaklarning sinishi bo‘lgan jabrlanuvchilarda yog‘ emboliyasining sud-tibbiy tashxisoti uchun ekspert mezonlari ishlab chiqilgan;
sud-gistologik tekshirishda o‘pka, yurak va miyaning yog‘li emboliyasida mexanik shikastlanish natijasida uzun naysimon suyaklarning sinishi o‘limning bevosita sababi ekanligi, yog‘li emboliyaning manbai uzun naysimon suyaklarning ko‘migida joylashgan yog‘ hujayralarining hamda yog‘ emboliya bilan asoratlanishining o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sud tibbiyoti amaliyotida uzun naysimon suyaklarning sinishi bo‘lgan jabrlanuvchilarda yog‘ emboliyasining sud-tibbiy dignostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uzun naysimon suyaklarning sinishi kuzatilgan jabrlanganlarda yog‘li emboliyaning turli ko‘rinishlarining o‘ziga xos morfologik xususiyatlari sud-tibbiy tahlillari asosida tizimlashtirilib, yog‘li emboliyaning sud-tibbiy tashxislashda ekspert baholashning o‘ziga xos xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘ emboliyasini sud-tibbiy tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 234-son, Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 126/24-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 18-/“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 10.12.2024 yildagi 10/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘li emboliyalarni tashxislashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirishi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: shikastlanishdan keyingi erta davrda og‘ir qo‘shma jarohatlar natijasida uzun naysimon suyaklarning sinishi holatlarida o‘lim aksariyat hollarda bevosita travmatik ta’sirlar bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarga ko‘ra o‘pka, yurak va miya tomirlarining yog‘li emboliyasi natijasida yuzaga kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘ emboliyasini sud-tibbiy tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 234-son, Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 126/24-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 18-/“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 10.12.2024 yildagi 10/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘li emboliyalarni tashxislashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirishi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sud tibbiyoti amaliyotida murda ichki a’zolari va to‘qimalardagi mikroskopik o‘zgarishlar negizida yog‘li emboliyaning rivojlanish muddatlarining o‘ziga xos morfologik xususiyatlarini hamda biokimyoviy tadqiqot ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uzun naysimon suyaklarning sinishi bo‘lgan jabrlanuvchilarda yog‘ emboliyasining sud-tibbiy tashxisoti uchun ekspert mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘ emboliyasini sud-tibbiy tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 234-son, Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 126/24-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 18-/“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 10.12.2024 yildagi 10/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘li emboliyalarni tashxislashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirishi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sud-gistologik tekshirishda o‘pka, yurak va miyaning yog‘li emboliyasida mexanik shikastlanish natijasida uzun naysimon suyaklarning sinishi o‘limning bevosita sababi ekanligi, yog‘li emboliyaning manbai uzun naysimon suyaklarning ko‘migida joylashgan yog‘ hujayralarining hamda yog‘ emboliya bilan asoratlanishining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘ emboliyasini sud-tibbiy tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 234-son, Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 126/24-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 18-/“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 10.12.2024 yildagi 10/75-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, og‘ir qo‘shma jarohatlarda yog‘li emboliyalarni tashxislashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirishi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.