Hamroeva Lola Rizoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hazm nayi turli darajadagi kimyoviy kuyishlarida ingichka ichak devoridagi morfometrik o‘zgarishlar” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib 4438.
Ilmiy rahbar:  Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlar hazm nayining turli darajadagi kimyoviy kuyishidan keyin va biokorreksiyadan keyingi ingichka ichak devoridagi morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 6% olma sirka kislotasi ta’siridan so‘ng infantil  va yuvenil yoshdagi oq zotsiz kalamushlar ingichka ichak shilliq va mushak qavatlaridagi shikastlanish ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar turli davrlarda (1, 7 va 30- kunlarda) aniqlangan;
ilk bor hazm nayining  70% sirka kislotasi ta’sirida kimyoviy kuyishidan so‘ng 1 oylik oq zotsiz  kalamushlar ingichka ichak shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi, xususiy plastinka qalinligi 3 oylik oq zotsiz kalamushlarga nisbatan kamayganligi qiyosiy isbotlangan; 
ilk marotaba 6% li sirka kislotasi ta’siridan  so‘ng 3 oylik kalamushlarda ingichka ichak shilliq qavati ko‘rsatkichlari  qora sedana yog‘i bilan biokorreksiya qilgandan so‘ng   1 oylik kalamushlarga nisbatan to‘liq tiklanganligi, 70% li sirka kislotasi ta’siridan so‘ng esa nekrozlangan to‘qimalar o‘rniga fibroz to‘qimalarning o‘sishi ko‘payganligi aniqlangan;
ilk bor 6%, 70% sirka kislotasi  ta’siridan so‘ng Kі-67 markeri asosida, yuvenil yoshdagi oq zotsiz kalamushlarda hujayra proliferatsiyasi infantil yoshdagi oq zotsiz kalamushlarga nisbatan yuqoriligi, CD 45 markeri asosida esa leykotsitar infil`tratsiya  pastligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental hazm nayi kimyoviy kuyishlarida ingichka ichakning 12 barmoqli ichak, och ichak qismlarida turli sohalarida strukturaviy tuzilishining morfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik  ilk bor 6% olma sirka kislotasi ta’siridan so‘ng infantil  va yuvenil yoshdagi  oq zotsiz kalamushlar ingichka ichak shilliq va mushak qavatlaridagi shikastlanish ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar turli davrlarda (1,7 va 30- kunlarda)  aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: hazm nayi kimyoviy kuyishida yuzaga keladigan o‘zgarishlar 12 barmoqli va och ichak shilliq va mushak qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik jarayon  inobatga olinib, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashadi, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.01.2025  yildagi 318-2-208-TB/2025-son hamda va Navoiy viloyati Navoiy shahar markaziy kasalxonasi bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 324-5-79-DOP/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental hazm nayi kimyoviy kuyishlarida  ingichka ichak devoridagi patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va ingichka ichak devoridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan budjet mablag‘lari 133000 so‘mga iqtisod qilinadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor hazm nayining  70% sirka kislotasi ta’sirida kimyoviy kuyishidan so‘ng 1 oylik oq zotsiz  kalamushlar ingichka ichak shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi, xususiy plastinka qalinligi 3 oylik oq zotsiz kalamushlarga nisbatan kamayganligi qiyosiy isbotlangan; Bunda 70% sirka kislota ta’sirida  shilliq  va mushak qavatlarda to‘qimalarning nobud bo‘lishi kuzatilib 1oylik kalamushlarda  bu jarayon chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.01.2025  yildagi 318-2-208-TB/2025-son hamda va Navoiy viloyati Navoiy shahar markaziy kasalxonasida bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 324-5-79-DOP/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Xulosa: Hazm nayi kimyoviy kuyishida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va 12 barmoqli va och ichakning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 133000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Sirka kislotasining turli konsentratsiyasi ta’sirida  ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2025. 22.05 yil 18-son xat yuborilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishida kasalligida tajriba hayvonlari ingichka ichagi devoridagi morfologik o‘zgarishlarni xususiyatlarini o‘rganish orqali, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi nogironlikni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va ingichka ichagi devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning  erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan budjet mablag‘lari 133000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba 6% li sirka kislotasi ta’siridan  so‘ng 3 oylik kalamushlarda ingichka ichak shilliq qavati ko‘rsatkichlari  qora sedana yog‘i bilan biokorreksiya qilgandan so‘ng   1 oylik kalamushlarga nisbatan to‘liq tiklanganligi, 70% li sirka kislotasi ta’siridan so‘ng esa nekrozlangan to‘qimalar o‘rniga fibroz to‘qimalarning o‘sishi ko‘payganligi aniqlangan. Eksperimental hazm nayi kimyoviy kuyishida  ingichka ichak devorida qora sedana yog‘i bilan korreksiya qilinganda ingichka ichakning morfologik va gistomorfometrik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kimyoviy kuyishdan keyin tuzalish jarayonini tezlashtirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.01.2025 yildagi 318-2-208-TB/2025-son hamda va Navoiy viloyati Navoiy shahar markaziy kasalxonasida bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 324-5-79-DOP/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishi paytida ingichka ichak devorining parametrlarini o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi bilan bir qatorda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar ingichka ichak devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan budjet mablag‘lari 133000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor 6%,70% sirka kislotasi  ta’siridan so‘ng Kі-67 markeri asosida, yuvenil yoshdagi oq zotsiz kalamushlarda hujayra proliferatsiyasi infantil yoshdagi oq zotsiz kalamushlarga nisbatan yuqoriligi, CD 45 markeri asosida esa leykotsitar infil`tratsiya  pastligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.01.2025  yildagi 318-2-208-TB/2025-son hamda va Navoiy viloyati Navoiy shahar markaziy kasalxonasida bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 324-5-79-DOP/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Qora sedana yog‘ining davolovchi ta’siri aniqlanishi uning hazm nayi kimyoviy kuyishida qo‘llanilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: hazm nayi kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va ingichka ichak devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan budjet mablag‘lari 133000 so‘mga iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish