Xasanov Nosirjon Nozimjon o‘g‘lining
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligida ko‘ruv a’zosi zararlanishini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.08- Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3328.
Ilmiy rahbar: Zakirxodjaev Rustam Asralovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,  DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Muslim Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: vertebro - bazilyar tizimdagi qon aylanishi etishmovchiligida ko‘ruv a’zolaridagi zararlanishlarni erta aniqlash, ularning tashxisini optimallashtirish orqali davolashni yaxshilash va asoratlar rivojlanishining oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oftal`mologik va neyrofiziologik tekshiruv usullardan foydalangan xolda vertebro - bazilyar tizimda qon aylanishi etishmovchiligida ko‘ruv a’zolaridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, ularning differensial diagnostikasi va ularga tizimli kompleks yondoshuv mezonlari asoslangan; 
vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligida rivojlanuvchi ko‘z olmalari optokinetik nistagm va sakkadik xarakatlarini ob’ektiv tekshiruv usuli yordamida klinik oftal`mologik baxolash imkoniyati isbotlangan;
kompleks tashxislash yordamida  vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligi xolatini spontan nistagmga asoslangan xolda xavfsiz paroksizmal pozision bosh aylanish va vestibulyar neyronit kasalliklaridan differensial tashxisotini o‘tkazish imkoniyati isbotlangan;
braxiotsefal arteriyalarda o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotilaridan oldingi va keyingi davrda neyrofiziologik va oftal`mologik tekshiruvlardan foydalangan xolda davolash samaradorligini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligida ko‘ruv a’zosi zararlanishini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14/07-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: oftal`mologik va neyrofiziologik tekshiruv usullardan foydalangan xolda vertebro - bazilyar tizimda qon aylanishi etishmovchiligida ko‘ruv a’zolaridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, ularning differensial diagnostikasi va ularga tizimli kompleks yondoshuv mezonlari asoslangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy axamiyati olingan yangilik vertebro-bazilyar tizimi qon aylanish etishmovchiligida  braixotsefal arteriyalar va ko‘z arteriyasida sistolik bosimning kamayishi xisobiga komp’yuter perimetriya tekshiruvida o‘rtacha sezuvchanlik (MS) ko‘rsatkichining kamayishi ko‘ruv a’zosi zararlanishini differensial tashxislashni o‘rganishga katta xissa qo‘shadigan o‘ziga xos nazariy axamiyatga ega ekanligi bilan belgilangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (buyruq № 33P, 29.08.2024y), RIKMIATM Termiz filiali bo‘yicha buyruq (buyruq № 18, 30.08.2025y) bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligida oftal`mologik va neyrofiziologik tekshiruvlardan foydalanish ko‘ruv a’zosi zararlanishini  erta aniqlash, va differensial tashxislashda va asoratlar rivojlanishini kamayishiga olib kelgan.  Iqtisodiy samaradorligi: Vertebro-bazilyar tizimi etishmovchiligida ko‘ruv a’zolarini zararlanishini kompleks tashxislashda oftal`mologik va neyrofiziologik tekshiruvlar bilan birga BSA tomirlar RDS tekshiruvi va MKST A tekshiruvidan foydalanish bemorlarni oftal`molog, nevrolog, qon tomir jarroxlariga qayta-qayta  murojaatini cheklaydi va xar bir bemorga sarflangan mablag‘ning 885 000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatgan. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minlagan. Xulosa: Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligida oftal`mologik va neyrofiziologik tekshiruvlardan kompleks foydalanish ko‘ruv a’zosi zararlanishi erta aniqlash va asoratlar rivojlanishin oldini olishi mumkinligi aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligida rivojlanuvchi ko‘z olmalari optokinetik nistagm va sakkadik xarakatlarini ob’ektiv tekshiruv usuli yordamida klinik oftal`mologik baxolash imkoniyati isbotlangan: Vertebro-bazilyar tizimi qon aylanish etishmovchiligida rivojlanuvchi optokinetik nistagm  va ko‘z olmalari  sakkadik xarakatlarini buzilishini Videonistagmografiya tekshiruv usuli orqali klinik oftal`mologik baxolash imkoniyati aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (buyruq № 33P, 29.08.2024y), RIKMIATM Termiz filiali bo‘yicha buyruq (buyruq № 18, 30.08.2025y) bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligida ko‘z olmalari okulomotor faoliyatini oftal`mologik va klinik baxolash imkoniyati o‘rganildi.  Iqtisodiy samaradorligi: Ko‘z olmalari okulomotor faoliyatini noinvaziv xisoblangan Videonistagmografiya tekshiruv usuli yordamida tekshirildi va qayta-qayta oftal`mologik tekshiruvlar uchun sarf xarajatlar kamaydi.  Xulosa: Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligida ko‘z olmalari okulomotor faoliyatini noinvaziv videonistagmografiya tekshiruv usulda o‘rganish klinik amaliyotda muxim axamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 
uchinchi ilmiy yangilik: kompleks tashxislash yordamida  vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligi xolatini spontan nistagmga asoslangan xolda xavfsiz paroksizmal pozision bosh aylanish va vestibulyar neyronit kasalliklaridan differensial tashxisotini o‘tkazish imkoniyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: Vertebro-baziyalr tizim qon aylanishi etishmovchiligi klinik jixatidan vestibulyar kasalliklar xafvsiz paroksizmal pozision bosh aylanish va vestibulyar neyronit kasalliklardan differensial diagnostika qilish uchun o‘tkazish imkoniyati aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (buyruq № 33P, 29.08.2024y), RIKMIATM Termiz filiali bo‘yicha buyruq (buyruq № 18, 30.08.2025y) bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligini vestibulyar kasalliklardan differensial tashxislashda videonistagmografiya tekshiruv usulidan foydalanildi. Iqtisodiy samaradorligi: VBT etishmovchiligi bo‘lgan xolatida bo‘lgan bemorlarda rivojlanuvchi spontan nistagmni videonistgmografiya tekshiruv usulidan foydalanildi. Bu usul yordamida ortiqcha braxiotsefal arteriyalar MSKT yoki rangli doppler skanerlash tekshiruvlarini o‘tkazishdan qisman cheklanadi. Xulosa: Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligik xolatini vestibulyar kasalliklardan differensial tashxislashda spontan nistagmni videonistagmografiya tekshiruvidan foydalangan xolda o‘rganish samarali ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: braxiotsefal arteriyalarda o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotilaridan oldingi va keyingi davrda neyrofiziologik va oftal`mologik tekshiruvlardan foydalangan xolda davolash samaradorligini asoslangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanishi etishmovchiligida ko‘ruv a’zolari tomonidan bo‘ladigan quyidagi o‘zgarishlar jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi: komp’yuter perimetriya tekshiruvida sezuvchanlik ko‘rsatkichining dopplerografiya ko‘ratkichlariga bog‘liq xolatda kamayganligi; videonistagmografiya tekshiruvida De Klein va Xautant testlari musbatligi, optokinetik nistagm induksiyasi pasayganligi va uning amplituda assimteriyasi ko‘rstakichi ko‘payganligi. Reflektor sakkadik xarakatlarning latentlik ko‘rsatkichi oshganligi va aniqligi va tezlik ko‘rsatkichi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:olingan ilmiy-amaliy natijalar Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (buyruq № 33P, 29.08.2024y), RIKMIATM Termiz filiali bo‘yicha buyruq (buyruq № 18, 30.08.2025y) bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor vertebro-bazilyar tizim etishmovchiligini bo‘lgan bemorlarni qon tomir jarroxlari bilan xamkorlikda tekshirish va braxiotsefal arteriyalarda jarroxlik amaliyotlari orqali bemorlar asoratlarni oldini olinadi, nogironlik xolatlari ko‘payishini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: VBE bo‘lgan bemorlarda insul`tlar, ko‘rlikni oldini olish jamiyatda nogironlik rivojlanishini kamaytiradi. Xulosa: Vertebro-bazilyar tizimda qon aylanish etishmovchiligida braxiotsefal arteriyalarda jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish bemorlarda asoratlar rivojlanishini oldi olingan bo‘ladi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish