Safarov Farxod Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirishda biznes-jarayonlar reinjiniringining uslubiy yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt376.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Olim,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirishda biznes-jarayonlar reinjiniringining uslubiy yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“biznes-jarayonlar reinjiniringi” va “biznes-jarayonlarni qayta loyihalashtirish” tushunchalarining ta’rifi korxonaning iqtisodiy holati, amalga oshirish vositalari va ob’ektlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
biznes-jarayonlar reinjiniringi samaradorligini baholash uchun daromadlilik, jarayon qiymati, unumdorlik, moslashuvchanlik, davomiylikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar taklif etilgan;
reinjiniring samaradorligini ta’minlash maqsadida markazlashmagan ma’lumotlar bazalari va ularning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi tarmoq texnologiyalarini qo‘llash taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatish tashkilotlari biznes-jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish tizimi, reinjiniring loyihasi samaradorligi mezonlarini aniqlash uchun reinjiniringni modellashtirish bazasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirishda biznes-jarayonlar reinjiniringining uslubiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
“biznes-jarayonlar reinjiniringi” va “biznes-jarayonlarni qayta loyihalashtirish” tushunchalarining korxonaning iqtisodiy holati, amalga oshirish vositalari va ob’ektlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan ta’riflari oliy ta’lim bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan “Menejment” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘iga asosan berilgan 744-010-son guvohnoma). Natijada biznes-jarayonlar reinjiniringining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini kengroq tushunish orqali uning korxona faoliyati samaradorligini oshirishdagi istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilimlarni hosil qilishga erishilgan;
biznes-jarayonlar reinjiniringi samaradorligini baholash uchun daromadlilik, jarayon qiymati, unumdorlik, moslashuvchanlik, davomiylikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan “Menejment” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘iga asosan berilgan 744-010-son guvohnoma). Natijada biznes-jarayonlar reinjiniringini amalga oshirish samaradorligini baholash bo‘yicha talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga erishilgan;
reinjiniring samaradorligini ta’minlash maqsadida markazlashmagan ma’lumotlar bazalari va ularning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi tarmoq texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 26 apreldagi 11/AI-26-3707-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi xizmat ko‘rsatish korxonalarida elektron hujjatlar aylanishi tizimi, tarmoq texnologiyalari, ixtisoslashgan dasturiy ta’minot yordamida ularning biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish va vaqt sarfini kamaytirish orqali faoliyat samardorligini oshirishga erishilgan;
xizmat ko‘rsatish tashkilotlari biznes-jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish tizimi, reinjiniring loyihasi samaradorligi mezonlarini aniqlash uchun reinjiniringni modellashtirish bazasi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 26 apreldagi 11/AI-26-3707-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi xizmat ko‘rsatish korxonalari biznes-jarayonlarini uzluksiz takomillashtirib borish, reinjiniring loyihasini baholash va uni ta’minlash orqali mazkur korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan.