Allaberdiev Alijon Avezberdievichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro o‘g‘uz shevalarining til xususiyati”, 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil 675
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi,
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021 .Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xo‘jamurod Jabborov; filologiya fanlari doktori, professor Abdiev Murodqosim Bolbekovich; filologiya fanlari doktori, professor Nishonboy Husanov.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro o‘g‘uz shevalarining til xususiyati bo‘yicha yig‘ilgan barcha til faktlarini qiyosiy-tarixiy yo‘nalishda fonetik, morfologik, leksik-semantik va sintaktik jihatdan tahlil qilish hamda qiyosiy-tarixiy tahlil orqali Buxoro o‘g‘uz shevalarining o‘zbek tiliga, boshqa o‘g‘uz shevalariga, turkman tili va uning lahjalariga uzviy bog‘liqligini tadqiq etishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro o‘g‘uz shevalarining unli va undosh tovushlar tizimi adabiy til va o‘zbek tilining boshqa o‘g‘uz shevalariga qiyosan o‘rganilib, unli va undosh tovushlar bilan yuz beradigan fonetik hodisalar lisoniy dalillar orqali yoritildi;
Buxoro o‘g‘uz shevalarida qo‘llanuvchi so‘zlarning genetik jihatdan tarkibi aniqlangan, sheva leksikasida ma’no torayishi, ma’no kengayishi, yangi ma’no hosil bo‘lishi kabi leksik xususiyatlar ochib berilgan, sinonimiya, antonimiya, omonimiya hodisalarining adabiy til va shevadagi farqli tomonlari ochib berildi;
Buxoro o‘g‘uz shevalarida uchraydigan morfologik kategoriya va formalarga tegishli so‘z yasovchi, lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar aniqlanib, Buxoro o‘g‘uz shevalari morfologiyasi bilan o‘zbek tilining boshqa o‘g‘uz shevalari va turkman tili hamda uning shevalari diaxron va sinxron aloqalari solishtirildi;
Buxoro o‘g‘uz shevalaridagi so‘z birikmalarining adabiy til bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari hamda ularning qoliplari qiyosiy aspektda yoritilgan, shevada sodda gap, gap bo‘laklari, gaplarning maqsadiga ko‘ra turlari, uyushiq bo‘laklar, gap bo‘laklarining tartibi va undalmalar o‘rganilib, shevaga xos xususiyatlari aniqlanib, til xususiyatlari ochib berildi;
to‘plangan sheva leksik birliklari asosida salkam 1500 ga yaqin so‘zdan iborat “Buxoro o‘g‘uz shevalarining qisqacha izohli lug‘ati” tuzildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro o‘g‘uz shevalaridagi lug‘aviy birliklarni fonetik, morfologik, genetik, leksik-semantik va sintaktik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lug‘atlarda shevaga xos leksik qatlamlarning tilga norma sifatida o‘zlashish va leksik birliklarning mavzuiy guruhlari, asl turkiy tilga oid qatlam, arabcha va forscha-tojikcha so‘zlarning qo‘llanish doirasi, Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra lug‘aviy birliklar va ularning izohlaridan foydalanish lug‘atdagi leksikografik tahlillarni yanada takomillashtirgan va so‘zlarning ma’no xususiyatlarini tanlab olish va izohlashda AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020–2022-yy.) nomli fundamental loyiha orqali o‘zbek tilining o‘quv darajalanish lug‘atida darajalanuvchi shevaga xos so‘zlarning mavzuviy ko‘lamiga ko‘ra bir xil darajalanish belgisiga ko‘ra turlicha xususiyatlarini yoritishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘MTVning 2023-yil 2-noyabrdagi № 01 – 2315-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur birliklar va ularning izohlaridan foydalanish lug‘atdagi leksikografik tahlillarni yanada takomillashtirgan va so‘zlarning ma’no xususiyatlarini oydinlashtirgan;
shevaga xos leksik qatlamning tilga norma sifatida o‘zlashish shart-sharoitlari, Buxoro o‘g‘uz shevalarida uchraydigan begenmoq, saqinmoq, chanoq, kaj, egermak kabi leksik birliklar va -jiq, -jik, -chiq, -chik, -misham kabi morfologik shakllarning dialektal xususiyatlariga doir tahlillardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813. “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 2024-yil 16-apreldagi № 04 /1 – 956-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari multimediya va audiokitob shaklidagi o‘quv vositalarini yaratishga xizmat qilgan.
tadqiqotdagi Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasiga xos bo‘lgan arabcha so‘zlarning umumturkiy xalqlar uchun mushtarak bo‘lgan leksik qatlamida uchraydigan tovushlarni ta’lim jarayonida o‘zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlar bilan qiyosan chog‘ishtirish, tovushlar talaffuzi meyorlarining fonetik hodisalar bilan bog‘liq holatida yuz beradigan o‘zgarishlari tahlili FZ-2016-0908165532-raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» (2017–2020-yy.) nomli fundamental ilmiy loyihada Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasida uchraydigan so‘zlarning arabcha o‘zlashmalarning shakl bir xil bo‘lsa-da, ma’no jihatidan farq qiluvchi leksik birliklar tadqiqiga oid nazariy fikrlardan foydalanildi (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 3-noyabrdagi №530-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan, biroq Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasida qo‘llanadigan arabcha o‘zlashmalarning ot turkumiga tegishligi boshqa o‘g‘uz shevalari bilan bog‘liqlik tomonlari aniq va to‘g‘ri yoritib berilgan;
tadqiqot bo‘yicha erishilgan natija va xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, “Dolzarb mavzu”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Moziyga nazar” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanildi. Jumladan, 2019-yil 21-oktyabrdagi “Til jozibasi” tok-shousida va 2022-yil 21-oktyabrda ertalabki “Assalom yangi kun” ko‘rsatuvlarida tilimizning ichki imkoniyatlar asosida boyishi va jozibasi ortishini namoyon etuvchi, Buxoro o‘g‘uz shevalarida uchraydigan saqinmoq, igmoq, sovishmoq, begenmoq, tavar kabi leksik birliklar sheva variantlariga murojaat qilingan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyat teleradiokomponiyasi bo‘limining 2023-yil 13-noyabrdagi 01–02 / 185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar yangi materiallar, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.