Karimov Zafar Bekturdievichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyati tarixi (mil. avv. IV – milodiy IV asrlar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1662.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Kurbanbay, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaliqulov Ahmadjon Boymahammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Satimov Bahodir Mangliboy o‘g‘li, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonning tarixiy-geografik hududlaridagi antik davr shaharlari tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘rta Osiyo markazida joylashgan O‘zbekistonning joylashishi, geografik manzarasi, tabiati va iqlimi sharoitida o‘troq-ziroatkor aholining shaharsozlik madaniyatini rivojlantirishdagi bunyodkorlik harakati natijalariga tasnif berilgan;
XX asr adabiyotlarida va XXI asr boshlaridagi nashrlarda qayd qilingan tarixiy ma’lumotlar, nazariy tahlil asosida vujudga kelgan chuqurlashgan yondashuvlar asosida aholi migratsiyasi natijasida bunyod qilingan turarjoylar, madaniy-xo‘jalik markazlari, ular doirasidagi mikrovohalarning insoniyat faoliyatidagi tarixiy o‘rni oydinlashtirildi;
Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi hududlarda istiqomat qilgan aholining shaharsozlik madaniyatida erishgan natijalari yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yaxlit bir tadqiqotda aks ettirildi hamda shaharlarning qadimgi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy munosabatlar rivojlanishining tarixiy ahamiyati izohlandi;
    antik davr shaharlarining joylashish xususiyatlari, ularning hududiy chegaralari, kartografiyasi, tarixiy jarayonlardagi rivojlanishi, siyosiy birlashmalar tizimida ma’muriy-hududiy va diniy-ma’naviy markazlar vazifasini bajarganliklariga izoh berildi. Shu bilan birga, ularning Buyuk Karvon yo‘lida muhim tayanch vazifasini bajarganligi tahlil qilindi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyati tarixini (mil. avv IV – milodiy IV asrlar) tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
O‘rta Osiyo markazida joylashgan O‘zbekistonning joylashishi, geografik manzarasi, tabiati va iqlimi sharoitida o‘troq-ziroatkor aholining shaharsozlik madaniyatini rivojlantirishdagi bunyodkorlik harakati natijalariga tasnif berilganligi boʻyicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 10/320-sonli dalolatnomasi). Bu natijalar O‘zbekiston hududida antik davr shaharsozlik madaniyati tarixiga oid yangi ilmiy xulosalarning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratadi;
XX asr adabiyotlarida va XXI asr boshlaridagi nashrlarda qayd qilingan tarixiy ma’lumotlar, nazariy tahlil asosida vujudga kelgan chuqurlashgan yondashuvlar asosida aholi migratsiyasi natijasida bunyod qilingan turarjoylar, madaniy-xo‘jalik markazlari, ular doirasidagi mikrovohalarning insoniyat faoliyatidagi tarixiy o‘rni oydinlashtirilganligi to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 10/320-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan;
Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi hududlarda istiqomat qilgan aholining shaharsozlik madaniyatida erishgan natijalari yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yaxlit bir tadqiqotda aks ettirildi hamda shaharlarning qadimgi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy munosabatlar rivojlanishining tarixiy ahamiyati izohlanganligidan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Taʼlim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-135-son maʼlumotnomasi). Ilmiy natijalardan yoshlarni tarixiy bilimlarini oshirish va Oʻzbekiston tarixining oʻrganilmagan sahifalarini yangi tadqiq etilgan ilmiy maʼlumotlar asosida ochib berishda foydalanish mumkin;
    antik davr shaharlarining joylashish xususiyatlari, ularning hududiy chegaralari, kartografiyasi, tarixiy jarayonlardagi rivojlanishi, siyosiy birlashmalar tizimida ma’muriy-hududiy va diniy-ma’naviy markazlar vazifasini bajarganliklariga izoh berildi. Shu bilan birga, ularning Buyuk xalqaro karvon yo‘lida muhim tayanch vazifasini bajarganligi to‘g‘risidagi tahliliy xulosalardan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali faoliyatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-135-son maʼlumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarni O‘zbekiston hududida antik davr  shaharsozlik madaniyati to‘g‘risida arxeologik ma’lumotlardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish