Matyakubov Xamdam Xamidjanovichning tarix fanlari doktori (DSc ) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi urug‘doshlik tuzumi va qadimgi davlatchiligi tarixi mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekison tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tar444
Ilmiy maslahatchisining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor;
Xolmatov Normuhammad O‘rozovich, tarix fanlari doktori, professor;
Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi urug‘doshlik tuzumi va qadimgi davlatchiligi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm vohasi urug‘doshlik tuzumining Markaziy Osiyo dashtlari tabiiy-geografik sharoitida, o‘xshash turmush tarzi va bir xil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi urug‘chilik jamoalaridan iborat etnik hududlarining shakllana boshlanishi jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy uyushma tizimi, ichki va tashqi aloqalar hamda o‘zaro madaniy iqtisodiy ta’sir jihatlari ochib berilgan;
Quyi Amudaryo havzasida tosh davrining so‘nggi bosqichlarida ovchilar va baliqchilar xo‘jalik-madaniy tipiga asoslangan urug‘chilik jamoalari orasida aholi sonining ortib borishi va foydali resurslarning cheklanishi sababli, oziq-ovqat mahsulotlarni qo‘lga kiritishdagi jamoatchilik tamoyili moddiy ishlab chiqarishning o‘sishiga to‘siq bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va bronza davrida tashqi migratsiyalar hamda etnomadaniy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi natijasida ishlab chiqarish xo‘jalikning paydo bo‘lishi asoslangan;
Orolbo‘yi hududlarini inson tomonidan o‘zlashtirishning tarixiy bosqichlari, qadimiy jamoalar hududiy joylashish xususiyatlari va chegaralarining o‘zgarib borish omillari, o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchi joylashish shakllarining hududiy ajralib chiqishi arxeologik ma’lumotlar va yangi tuzilgan xaritalar asosida ochib berilgan;
Xorazm vohasi va Sharqiy Orolbo‘yida aniqlangan arxeologik ma’lumotlarning tahlili asosida Orolbo‘yi ilk davlatchilik tarixini yangicha davrlashtirish va uning rivojlanishini mil.avv. IX-VIII asrlar – harbiy-siyosiy uyushmalar tashkil topishi davrga va mil.avv. VII oxiri – VI asr o‘rtalarida Xorazmning janubi-g‘arbida markazi Ko‘zaliqir qal’asida joylashgan davlatchilik davriga ajratish zaruriyati isbotlangan;
Antik davrda (mil.avv. IV – milodiy III asrlar) Xorazm davlati tarixida jamiyatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo‘linishi va boshqaruvi, xususiy mulk va soliq tizimi, din va davlatchilik kabi masalalari hamda Xorazm sivilizatsiyasi yutuqlarini belgilab beruvchi mahalliy yozuvi va davlatchilik taraqqiyoti darajasini o‘zida aks ettiruvchi san’atning o‘rni va ahamiyati, Markaziy Osiyodagi Yunon-Baqtriya, Parfiya va Kushon podshohliklarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va madaniyati bilan qiyoslangan holda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi urug‘doshlik tuzumi va qadimgi davlatchilik tarixi mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazm vohasi urug‘doshlik tuzumining Markaziy Osiyo dashtlari tabiiy-geografik sharoitida, o‘xshash turmush tarzi va bir xil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi urug‘chilik jamoalaridan iborat etnik hududlarining shakllana boshlanishi jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy uyushma tizimi, ichki va tashqi aloqalar hamda o‘zaro madaniy iqtisodiy ta’sir jihatlari ochib berilganligi bo‘yicha natijalardan loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 10/319-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan, foydalanish loyihani yangi ma’lumotlar bilan boyitishga va uning ilmiy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
Quyi Amudaryo havzasida tosh davrining so‘nggi bosqichlarida ovchilar va baliqchilar xo‘jalik-madaniy tipiga asoslangan urug‘chilik jamoalari orasida aholi sonining ortib borishi va foydali resurslarning cheklanishi sababli, oziq-ovqat mahsulotlarni qo‘lga kiritishdagi jamoatchilik tamoyili moddiy ishlab chiqarishning o‘sishiga to‘siq bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va bronza davrida tashqi migratsiyalar hamda etnomadaniy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi natijasida ishlab chiqarish xo‘jalikning paydo bo‘lishi zarurati haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-141-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda namoyish etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning qadimgi Xorazm tarixiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiladi;
Orolbo‘yi hududlarini inson tomonidan o‘zlashtirishning tarixiy bosqichlari, qadimiy jamoalar hududiy joylashish xususiyatlari va chegaralarining o‘zgarib borish omillari, o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchi joylashish shakllarining hududiy ajralib chiqishi arxeologik ma’lumotlar va yangi tuzilgan xaritalar asosida ochib berilgan kabi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “O‘zarxiv” agentligi 2025-yil 18-yanvardagi NR67513878-son dalolatnomasi). Ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Xorazm vohasi va Sharqiy Orolbo‘yida aniqlangan arxeologik ma’lumotlarning tahlili asosida Orolbo‘yi ilk davlatchilik tarixini yangicha davrlashtirish va uning rivojlanishini mil.avv. IX-VIII asrlar – harbiy-siyosiy uyushmalar tashkil topishi davrga va mil.avv. VII oxiri – VI asr o‘rtalarida Xorazmning janubi-g‘arbida markazi Ko‘zaliqir qal’asida joylashgan davlatchilik davriga ajratish zaruriyati isbotlanganligi bo‘yicha xulosalardan Ichanqal’a davlat muzey qo‘riqxonasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Madaniyat vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 03-12-17-727-son ma’lumotnomasi) Natijada, Xorazm vohasi urug‘chilik tuzumi va davlatchilik shakllanish davri xronologik doirasidagi tarixi, manbalar tahlili, tarixiy geografiya, me’morchilik va binokorlik usullari, madaniyat va etnik jarayonlar mazmunini muzey tashrifchilari uchun ochib berishga xizmat qilmoqda. Bunday yondashuv O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlarni boyitishga va madaniy merosni targ‘ib qilishga imkon beradi;
Antik davrda (mil.avv. IV – milodiy III asrlar) Xorazm davlati tarixida jamiyatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo‘linishi va boshqaruvi, xususiy mulk va soliq tizimi, din va davlatchilik kabi masalalari hamda Xorazm sivilizatsiyasi yutuqlarini belgilab beruvchi mahalliy yozuvi va davlatchilik taraqqiyoti darajasini o‘zida aks ettiruvchi san’atning o‘rni va ahamiyati, Markaziy Osiyodagi Yunon-Baqtriya, Parfiya va Kushon podshohliklarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va madaniyati bilan qiyoslangan holda uning o‘rni va ahamiyati ochib berilganligi haqida olingan ilmiy natijalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Madaniyat vazirligining 2025-yil 7-maydagi 02-11-17-1568-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar qadimgi Xorazm tarixining rivojlanish bosqichlariga oid ma’lumotlarni yoshlar orasida ommalashtirish imkonini bergan.