Toshniyozov Sardor Uralbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirish”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu961.
Ilmiy rahbar: Karimov Xurshid Akramovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, 
DSc. 31/30.12.2020.Yu.61.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor 
Xaydarov Shuxrat Jumaevich, yuridik fanlar doktori Ibroximov 
Jamshid Abdug‘ofur o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalar bilan qonunga xilof muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan taklif 
va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat uchun javobgarlik choralarining kuchaytirilishi, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarni kvalifikatsiya qilishda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish jinoyati uchun javobgarlikni belgilab beruvchi normalar qo‘llanilmasligi asoslantirilgan;
kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash uchun alohida jinoiy javobgarlik choralari belgilanishi kerakligi asoslab berilgan;
voyaga etmagan shaxslarni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik choralari belgilanishi asoslab berilgan;
shaxs ilgari ushbu moddalar bilan qonunga xilof muomala qilish jinoyatini sodir etib, keyinchalik giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etishi yoki ushbu qilmishlar aksincha bo‘lgan ketma-ketlikda sodir etilishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi asoslab berilgan;
kuchli ta’sir qiluvchi moddalar deganda kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik bo‘lgan, notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarni oshirishda inson salomatligi, ruhiyatiga faol ta’sir qiluvchi va hayotiga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalar ekanligi, shuningdek, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish, olib chiqish, tranzit qilish, ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va boshqa harakatlar qonunchilikda belgilangan psixotrop moddalar bilan muomala qilish tartibi asosida amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
JK 1863-moddasining 1-4-qismlari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq qilmishlar JK 2511-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi, ushbu qilmish uchun jazo choralarining kuchaytirilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 avgustdagi O‘RQ–711-son Qonuni 1-moddasi 1, 3, 4 va 11-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil 12 apreldagi 04/5-10/22-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi huquqni qo‘llash amaliyotida kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq qilmishlarni kvalifikatsiya qilishdagi muammolarning bartaraf etilishiga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash uchun jinoiy javobgarlikning belgilanishi borasidagi takliflar yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksining loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Bosh prokuraturaning 2023 yil 19 oktyabrdagi 27/2-335-23-son dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati samaradorligining oshishiga, bu turdagi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
voyaga etmaganlarni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning iste’moliga jalb etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni belgilash borasidagi takliflar yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksining loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Bosh prokuraturaning 2023 yil 19 oktyabrdagi 27/2-335-23-son dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati samaradorligining oshishiga, bu turdagi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning takroran sodir etilishi ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholash borasidagi takliflar yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksining loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Bosh prokuraturaning 2023 yil 19 oktyabrdagi 27/2-335-23-son dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati samaradorligining oshishiga, bu turdagi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
kuchli ta’sir qiluvchi moddalar deganda kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik bo‘lgan, notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarni oshirishda inson salomatligi, ruhiyatiga faol ta’sir qiluvchi va hayotiga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalar ekanligi, shuningdek, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni yuridik shaxslar tomonidan olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish qonunchilikda belgilangan psixotrop moddalarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibi asosida amalga oshirilishi, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga bo‘lgan ehtiyojni psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash tartibi kabi hisoblab chiqilishi, ushbu moddalarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olinishi qonunchilikda belgilangan psixotrop moddalarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish tartibi bo‘yicha amalga oshirilishiga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi bilan bog‘liq tartibni belgilash to‘g‘risida”gi 632-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazining 2024 yil 3 iyundagi 04-412-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan muomala qilishning qonuniy tartibini belgilash orqali mazkur moddalar noqonuniy aylanmasining qisqartirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish