Esanov Azamat Esirgapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Alkogol mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish jinoyatlari uchun javobgarlik”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi; 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1343. 
Ilmiy rahbar: Axrarov Baxrom Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01 
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Toshpo‘latov Akrom Ikromovich; yuridik fanlar doktori (DSc), professor Xaydarov Shuxratjon Djumaevich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alkogol mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik yoki muomalaga kiritganlik uchun jinoiy javobgarlikni o‘rganib, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi jinoyat va soha qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish, jinoyatlarning vujudga kelish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va amaliyotda ushbu jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish hamda jazo tayinlash borasida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
alkogol` mahsulotlarini iste’mol qilish moslamalarini ko‘rgazmaviy namunalar va sinovlar uchun namunalar sifatida yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishi hamda eksportga mo‘ljallangan yoki O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tadigan alkogol` mahsulotlariga nisbatan alkogol` mahsulotlarni muomalaga kiritganlik uchun javobgarlik kelib chiqmasligi lozimligi asoslantirilgan;
Jinoyat kodeksining 1861-moddasida nazarda tutilgan qilmish predmeti sifatida oziq-ovqat xom ashyosidan olingan etil spirtidan va (yoki) tarkibida spirt bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan, shuningdek undan foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan tarkibida etil spirtining hajmiy ulushi 1,5%dan yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti – alkogol` mahsuloti inobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan;
alkogol` mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik uchun ma’muriy preyudisiyasiz jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi asoslantirilgan;
chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti mavjudligi, shuningdek, korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogol` mahsulotlari ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda alkogol` mahsulotlari davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alkogol` mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish sohasidagi jinoyatlapning jinoyat-huquqiy jihatlapini o‘pganishga bag‘ishlangan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap asosida:
alkogol` mahsulotlarini iste’mol qilish moslamalarini ko‘rgazmaviy namunalar va sinovlar uchun namunalar sifatida yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishi hamda eksportga mo‘ljallangan yoki O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tadigan alkogol` mahsulotlariga nisbatan alkogol` mahsulotlarni muomalaga kiritganlik uchun javobgarlik kelib chiqmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi “Alkogol` va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ–844-son Qonunining 1-moddasini o‘zgartirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 1 iyuldagi 3/08-104-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi qilmishni Jinoyat kodeksi 1861-modda (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibi obektiv tomonini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
JK 1861-moddasida nazarda tutilgan qilmish predmeti sifatida oziq-ovqat xom ashyosidan olingan etil spirtidan va (yoki) tarkibida spirt bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan, shuningdek undan foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan tarkibida etil spirtining hajmiy ulushi 1,5%dan yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti – alkogol` mahsuloti inobatga olinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 
24 maydagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ–844-son Qonuni 
3-moddasini o‘zgartirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 1 iyuldagi 3/08-104-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi JK 1861-modda (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish)ning predmetini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
etil spirti va alkogol` mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganida jinoiy javobgarlik kelib chiqishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–878-son Qonunining 1-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 1 iyuldagi 3/08-104-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi birinchi marta alkogol mahsulotlarni qonunga xilof ravish ishlab chiqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishiga oid qoidaning bekor qilinishi hamda ushbu turdagi qilmishlar uchun javobgarlikning kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti mavjudligi, shuningdek, korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogol` mahsulotlari ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda, Inspeksiya Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogol` mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 
29 yanvardagi “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ–45-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatining 2025 yil 25 fevraldagi 
12/16-12-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti mavjudligi, shuningdek, korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogol` mahsulotlari ishlab chiqarish holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralari ta’minlanishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish