Abdug‘aniev Yo‘ldoshali Adashali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evropiy bilan legirlangan kremniyning magnit xususiyatlari” 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1157
Ilmiy rahbar: Mavlonov G‘iyosidin Haydarovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti va Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti,-PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onarkulov Karimberdi Egamberdievich- Farg‘ona davlat universiteti professori. Fizika-matematika fanlari doktori, Abdulazizov Bahrom- Namanagan davlat universiteti professori. fizika-matematika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: f guruh elementi bo‘lgan evropiy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy materialining elektrofizik parametrlarini va hosil bo‘lgan magnit klasterlarining magnit xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kremniyning sirt qatlamida evropiy kirishma atomlarining magnit xossalariga ega klasterlarini maksimal darajada shakllantirish imkonini beruvchi past haroratli bosqichma-bosqich amalga oshirilgan optimal diffuziya texnologiya (T=1250 °C, t=10 soat) yaratilgan; 
T=300 K haroratda evropiy kirishma atomlari mavjud kremniyda E=5 V/sm va B=2 Tl da   yuqori musbat magnit qarshilik mavjudligi aniqlangan;
magnit maydon induksiyasining qiymati B=0-2 Tl gacha ortishi bilan evropiy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy namunasining musbat magnit qarshiligining chiziqli o‘sishi aniqlangan;
(kT) energiya ortishi bilan kremniydagi evropiy kirishma atomlari klasterlarining spinlarini aniqlash asosida kremniyning magnitlanishini harorat ortishi bilan chiziqli pasayishi aniqlangan;
evropiy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyda magnit domenlarini xona haroratida shakllanish shartlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evropiy kirishma atomlarini gaz holatida kremniyga bosqichli diffuziya qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
evropiy kirishma atomlarini gaz holatida kremniyga bosqichli diffuziya qilish bo‘yicha yaratilgan texnologiyadan «FOTON» AJ da xona haroratida foydalanilganda namunalarning sirtida magnit domenlar hosil bo‘lgan, bu esa yuqori magnit sezuvchanlikka ega kremniy magnit diodlarini olish mumkinligini tasdiqlangan («FOTON» AJ ning 2025 yil 6 fevraldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, evropiy kirishma atomlari klasterlari mavjud ferromagnit xususiyatli kremniyda T=300 K, B=2 Tlda   yuqori musbat magnit qarshilik kuzatilgan hamda yuqori musbat magnit qarshiligi sezgirligi 24 % gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
evropiy kirishma atomlarini gaz holatida kremniyga bosqichli diffuziya qilish bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida amalga oshirilayotgan, F-OT-2021-422 raqamli “Nanoo‘lchamli termoelektrik BaSi2 va Mn4Si7 plyonkalarini hosil bo‘lishi va ularning xossalari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida, kremniy sirt qatlamiga evropiy kirishma atomlarini maksimal darajada kiritishning diffuziya usuli joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025 yil 13 fevraldagi 02/01-01-58 son ma’lumotnoma). Natijada,  MnxSi yupqa qatlam olinib uning termoelektrik xossalari T=300 – 800  K harorat oralig‘ida (S) 12 μV/K, (PF) 1.1·10-5μWt/sm·K2, (R) 548 Om, (ρ) 14 Om·sm, (σ) 0.071 Om-1·sm-1, (K) 5.55·10-7 W/sm·K bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish