Toshmirzaeva Gavxarxon Rahimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Namangan adirlari sharoitida tuproq namligi omilining ayrim foydali o‘simliklarga ta’sirini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1209.
Ilmiy rahbar: Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/28.02.2023.B.60.06.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Mamaraximov Oybek Muratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: adir mintaqalari sharoitida o‘simliklarning suv rejimi ko‘rsatkichlarini tuproq namligiga bog‘liqligini ilmiy asoslash hamda tuproqlarining tabiiy namligini saqlab qolish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adir hududida tarqalgan bo‘z tuproqlarning eroziyalanganligiga bog‘liq ravishda hozirgi holati, morfologik xususiyatlari va agrokimyoviy xossalari aniqlangan;
adir tuproqlarining sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida, ArsGIS dasturi yordamida yirik (1: 100 000) masshtabli, tuproqdagi tabiiy namlikning yillar davomida o‘zgarishini izohlovchi xaritalari yaratilgan;
ilk bor Z. atriplicoides, A. nudiflora, A. albidum, O. chorassanica, A. cristatum, H. bulbosum, P. bulbosa kabi foydali o‘simlik turlarining biomorfologik va bioekologik xususiyatlari asoslangan, tuproq namligi omiliga mos ravishda ularning vegetatsiya davrlarini o‘zgarishi aniqlangan; 
ilk bor Namangan adirlari sharoitida tuproq namligi va o‘rganilayotgan o‘simliklarning suv rejimi ko‘rsatkichlarini korrelyasion bog‘liqlik koeffisientlari eng  kuchli teskari va to‘g‘ri bog‘lanish Z. atriplicoides va  A.cristatum  larda (-0,8; 0,9), eng kuchsiz bog‘lanish P. bulbosa da (-0,8; 0,5)  va qolgan turlarda (-0,7; 0,9) o‘rta darajadagi korrelyasion bog‘liqlik koeffisientlari aniqlangan;
o‘simliklarning tuproq namligiga moslanishlari ekologik baholangan va global iqlim o‘zgarishining turli RCP 2.6 2070,  RCP 8.5 2070 iqlim ssenariylari bo‘yicha o‘rganilayotgan turlarning kelajakdagi potensial tarqalish hududlari modellashtirilgan hamda tuproqdagi tabiiy namlikni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan adirlari sharoitida tuproq namligi omilining ayrim foydali o‘simlikllarga ta’sirini ekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
7 tur o‘simlikning biomorfologik va bioekologik xususiyatlari asoslangan, tuproq namligi omiliga mos ravishda o‘simliklarning vegetatsiya davrlarini o‘zgarishi aniqlangan, ozuqabop va muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolishga oid yangi ilmiy ma’lumotlar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 26-noyabrdagi 03-03/3-11625-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchil hududlarning degradatsiyasiga qarshi kurashishning fitomeliorativ, agroekologik xususiyatlarini asoslash, adir mintaqasida tabiiy ekosistemalar va o‘simliklar qoplamini tiklash hamda muhofaza qilish masalalarini takomillashtirish imkonini bergan;
Namangan adirlari sharoitida tuproq namligi va o‘rganilayotgan o‘simliklar suv rejimi ko‘rsatkichlarining korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, adir hududlarini terrasalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Namangan viloyati Uychi tumani “Muhammadmuso Boltaboev” fermer xo‘jaligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024-yil 21-dekabrdagi 05/06-02-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, adir hududlarida tuproqdagi namlikni saqlab qolish orqali sun’iy yaylovlar yaratish, adir yaylovlarida o‘simlik qoplamini tiklash va foydali-ozuqabop o‘simliklar populyasiyasini saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish