Ruzimatov Ruzali Yoqubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining florasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida)», 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B914.
Ilmiy rahbar: Hamidov G‘ulomjon Hamidovich, biologiya fanlari doktori, propessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori; Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (tabiat yodgorliklar) florasining tur tarkibini va lokal populyasiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Fargʻona vodiysidagi tabiat yodgorliklarining floralarining tur tarkibi boʻyicha 56 oila, 240 turkum, 431 tur aniqlangan va konspekti tuzilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga (2019) kiritilgan milliy endem Astragalus rubellus Gonsch. yangi lokal populyasiyalari aniqlangan;
ilk bor, Farg‘ona vodiysida tabiat yodgorliklarining maydonidan kelib chiqqan holda to‘r tizimli xaritasi 100x100 m2 va 500x500 m2 indekslarga ajratilgan, turlar xilma xilligi hamda yig‘malar zichligi aniqlangan;
O‘zbekiston florasi uchun yangi tur – Sisymbrium orientale L., Farg‘ona vodiysi uchun yangi invaziv tur – Symphyotrichum graminifolium (Spreng.) G.L.Nesom aniqlangan va tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining florasini taksonomik tarkibini va lokal populyasiyalarini aniqlash natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysida tabiat yodgorliklaridan (Akbarobod, Zilxa, Mingbuloq, Yozyovon, Chust va Bostonbuva) terilgan 300 turning 2500 nusxadagi gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) noyob ilmiy obekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 28 martdagi 4/1255-696-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zR FA Botanika institutining F5-FA-0-64792 “O‘zbekiston florasidagi polimorf oilalarning taksonomik reviziyasi” (2021–2025) mavzusidagi fundamental loyihasida hamda turlarning taksonomiyasi, geografiyasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining florasiga oid terilgan 320 dan ortiq turlarning 2200 ga yaqin gerbariy namunalari asosidagi ma’lumotlar bazasi Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi global ma’lumotlar tizimiga (www.gbif.org, GBIF) kiritilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlar bazasi, www.gbif.org, 2024 yil 26 iyundagi №008 guvohnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston hududidagi barcha tabiat yodgorliklari florasiga oid ma’lumotlarni xalqaro miqyosida foydalanish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish