Maxkamova Dilnoza Ne’matjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ruxli NPK-o‘g‘itlar texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4585.
Ilmiy rahbar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: rux sulfat va qora metallurgiya chiqindilaridan foydalangan holda rux mikroelementini o‘z ichiga olgan murakkab NPK-o‘g‘itlarining fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammiak, sulfat va fosfor kislotalari eritmalaridan foydalangan holda qora metallurgiya chiqindilaridan ruxni ajratib olishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
NPK o‘g‘itlarining asosiy komponentlari va rux sulfatning suyultirilgan eritmalarida eritmalarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari komponentlar o‘rtasida o‘zaro ta’sirning paydo bo‘lishini ko‘rsatuvchi ekstremal qiymatlarni olishi isbotlangan;
NPK o‘g‘itlarining asosiy tarkibiy qismlarining suvli eritmalarida va tarkibida rux bo‘lgan NPK o‘g‘itlarining eritmalarida kam eriydigan rux birikmalarini hosil qilish uchun harorat va konsentratsiya aniqlangan;
suvli eritmalardagi rux sulfat NPK-o‘g‘itlarining asosiy komponentlari kaliy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy nitrat bilan o‘zaro ta’sir qilib, suvli muhitda eruvchanligi past bo‘lgan K2SO4∙ZnSO4∙6H2O, (NH4)2SO4∙ZnSO4∙6H2O, NH4NO3∙ZnSO4∙3H2O birikmalarini hosil qilishi asoslangan;
rux sulfatning NPK-o‘g‘itlari komponentlari bilan o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan birikmalar ajratilgan va ularning tarkibi kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil usullari bilan identifikatsiyalangan;
rux sulfatning diammoniy fosfat bilan o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan ruxli birikmasi – rux monoakvaamin gidrofosfatning tuzilishi aniqlangan; 
NPK o‘g‘itlarining to‘yingan eritmalarida suvda eruvchan rux miqdorining konsentratsiyasi aniqlangan;
o‘simliklar tomonidan eruvchan va o‘zlashtiriladigan shaklda rux bo‘lgan NPK o‘g‘itlarini ishlab chiqarishning texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilaridan ruxni ajratib olish va uning asosida ruxli NPK – o‘g‘itlar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zmetkombinat” AJ (Bekobod) elektr po‘lat eritish sexining siklonlari changidan ruxni ajratib olish texnologiyasi “Ifoda agrokimyo himoya” MChJ QKning “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda agrokimyo himoya” MChJ QKning 2024 yil 13 sentyabrdagi 852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zmetkombinat” AJ elektr po‘lat eritish sexining siklon changidan tarkibida rux bo‘lgan eritmalar olish imkonini bergan;
“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati (Bekobod) elektr po‘lat eritish sexining siklon chiqindilaridan foydalanib, tarkibida rux bo‘lgan NPK-o‘g‘itlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Ifoda agrokimyo himoya” MChJ QKning “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda agrokimyo himoya” MChJ QKning 2024 yil 13 sentyabrdagi 852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa asosiy qo‘llash uchun ruxli NPK – o‘g‘itlarini olish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish