Sarimsaqova Nilufar Sobirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida sorbentlar olish, ularning ishlatilishi va texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4586.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abdukamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo klinoptilolitdan modifikatsiyalangan sorbentlar olish va ishlatilish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanik faollashtirish natijasida klinoptilolit mineralining zarracha o‘lchami 138 nm dan 78 nm gacha kamaygani va nisbiy yuzasi 18 m²/g dan 24 m²/g gacha oshgani, klinoptilolit tarkibidagi mikrog‘ovaklarning paydo bo‘lishi va ular yuzasining ko‘payishi sababli sorbentning samaradorligini oshirishi isbotlangan;
klinoptilolitni kislotali modifikatsiyalashda sodir bo‘ladigan dealyuminlash darajasini modifikatsiyalash rejimiga bog‘liqligi va ushbu jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
klinoptilolitni xlorid kislota bilan ishlov berish jarayonida SiO₂/Al₂O₃ nisbatining 8,06 dan 21,40 gacha, nisbiy yuzasi 11,6 marta, mezog‘ovak yuzasi 7,6 marta va mikrog‘ovaklar hajmi esa 16 marta ortishi aniqlangan;
sintetik seolit NaX bilan taqqoslaganda modifikatsiyalangan klinoptilolitning past parsial bosimlarda H₂S va COS ni adsorbsiyalash qobiliyati yuqori ekanligi aniqlangan; 
klinoptilolitning xlorid kislota bilan modifikatsiyalangan sorbentini tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalashda sintetik seolit NaX bilan birgalikda ishlatish iqtisodiy samaradorligini oshirishga, modifikatsiyalangan klinoptilolit regeneratsiyasining past haroratlarda (220°C) amalga oshishi texnologik jihatdan samarador va energiya tejovchi echim ekanligi asoslangan;
modifikatsiyalangan klinoptilolitdan olingan sorbentlarda tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan adsorbsion tozalash va modifikatsiyalangan klinoptilolit olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karmana klinoptilolitini mexanik faollashtirish va kislotali modifikatsiyalash asosida sorbentlar olish, uning sorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mezog‘ovakli klinoptilolitlar asosida olingan sorbent “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ning   2024  yil 3 iyundagi  326/G‘K-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Karmana klinoptilolitini mexanik faollashtirish va kislotali modifikatsiyalash asosida sorbentlar olish, uning sorbsion xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Karmana  konidan  olingan  klinoptilolitni  mexanik  faollashtirish va  xlorid  kislota  ishtirokida  modifikatsiyalash  asosida  sorbentlar olish texnologiyasi  «Ifoda Agro  Kimyo Himoya»  MChJ QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2024 yil 15 noyabrdagi 1065-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan sorbentni import o‘rnini bosuvchi sorbent sifatida qo‘llash va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish