Kuronboev Davron Polvon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oksadiozol va uning hosilalari yordamida mis (II) va kumush (I) ionlarini tabiiy va texnologik obektlar tarkibidan aniqlashning xronoamperometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K686.
Ilmiy rahbar: Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Turobov Nurmuhammad Turobovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oksadiozol va uning hosilalari yordamida mis (II) va kumush (I) ionlarini tabiiy va texnologik obektlar tarkibidan aniqlashning xronoamperometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-ortaaminofenil-1,3,4-oksadiozol-2-tion – (HR1), 5-paraaminofenil-1,3,4-oksadiozol-2-tion – (HR2) 2-benziltio 5-(4-aminofenil)-1,3,4-oksadiozol (HR3) reagentlari bilan mis (II) va kumush (I) ionini etil spirtli erituvchisida amperometrik titrlashning optimal kuchlanishi: Cu:HR1 va Ag+:HR1 — uchun — 0,65 va 0,9 volt, Cu:HR2 va Ag+:HR2 — uchun -0,5 va-0,3 volt, Cu:HR3 va Ag+:HR3 — uchun Cu2+-0,55 va 0.42 volt ekanligi aniqlangan;
HR1 organik reagentining etil spirti eritmasidagi elektrooksidlanishi xronoamperometrik analiz usulida 0,6 volt kuchlanishda 10 sekundda borishi, mis ioni qo‘shilgandan keyin reaksiyaning borishi 5 sekundda, kumush ioni uchun esa 1,2 voltda 7 sekundda borishi, bu esa dastlab mis va kumush ionlari organik reagent bilan kompleks hosil qilishini isbotlagan;
HR1 organik reagentining oksidlanish – qaytarilish formal potensiali siklik voltamperometrik analiz usulida 0,45 voltga tengligi, CuR1 kompleksi uchun 0,6 voltga va AgR1 uchun 0.55 voltga tengligi isbotlangan, formal potensiallar qiymatlarining musbat sohaga siljiganligi mustahkam kompleks hosil qilganligi bilan asoslangan;
HR1 organik reagentining mis va kumush bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining anod va katod diffuziya koeffisientlari: ok-2.59*10-6:qayt-2,354*10-6 sm2/s ga Ag-ok-2.74*10-6:qayt-2,52*10-6 sm2/s ga tengligi aniqlangan hamda CuR1 1:2, AgR1 1:1 nisbatda C=S, N-H guruhlari orqali bog‘langanligi aniqlangan;
Cu(II) va Ag(I) ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi ionlar konsentratsiyalari topilib, ishlab chiqilgan usul bilan mis(II) ionini 1,12 mkg/l, kumush ionini 1,08 mkg/l gacha quyi aniqlash chegaralari topilgan va korrelyasiya koeffisienti 1 ga yaqinligi bilan usulning aniqligi yuqoriligi aniqlangan;
mis va kumush ionlarini xronoamperometrik aniqlash usulining to‘g‘riligi atom absorbsion analiz usuli bilan solishtirilgan hamda hisoblangan student koeffisienti qiymatlarining erkinlik darajasi 2 uchun jadvalida keltirilgan tp -koeffisientlar qiymatdan kichikligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen ob’ektlardan Cu(II) va Ag(I) ionlarini oksadiazol hosilalari bilan aniqlashning xronoamperometrik aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Cu(II) va Ag(I) ionlarini oksadiazol hosilalari bilan xronoamperometrik aniqlash usuli «Muborak» gazni qayta ishlash zavodining «Markaziy analitik laboratoriyasi» amaliyotiga joriy qilingan ( “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2023 yil 13 iyundagi 590/GK-11 sonli ma’lumotnomasi). Natijda, gazni qazib olish jarayonidagi texnologik suvlar tarkibidagi kumush (I) va mis (II) ionlarini tanlab ta’sir etib aniqlash imkonini bergan;
Cu(II) va Ag(I) ionlarining amino va oksadiozol guruhi tutgan organik reagentlar yordamida elektrokimyoviy aniqlash usuli “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 20 noyabr 01563-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cu(II) va Ag(I) ionlarini texnologik suvlar tarkibidan 1,12 mkg/l, 1,08 mkg/l gacha aniqlash imkonini bergan.