Xusnidinova Nozima Faxridin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Poezd radioaloqasi parametrlarini tashhislash texnologiyasini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3998
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turapov Sherzod Nurmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Rixsiev Dilmurod Xodjiakbarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi poezd radioaloqasi parametrlarini tashhislash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l stansiyasida radioaloqa qurilmalarining ishonchliligini taʼminlashda statsionar radiostansiya parametrlarini nazorat qilish va tashhislash usulining matematik modeli radiosignallarni ochiq muhitda tarqalish diapazonlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
temir yo‘l ultra qisqa va qisqa to‘lqinlaridagi kanallarni kod bo‘yicha ajratish asosida signallashtirish va aloqa dispetcheri faksimil qurilmasiga simsiz uzatish orqali harakatdagi radiostansiya parametrlarini real vaqtda tashhislash usuli ishlab chiqilgan;
poezd radioaloqasi parametrlarini tashhislash bo‘yicha yagona intellektual texnik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil qilishda neyron tarmoqlarining o‘zaro taʼsiriga asoslangan holda tezkor texnologik aloqa boshqaruv stansiyasini masofadan turib monitoringlash usuli yaratilgan;
poezd dispetcheri va lokomotiv mashinisti radioaloqa chastota diapazonlarida xizmat so‘zlashuvlarini yozib olish texnologiyasi ovozli maʼlumotlarni raqamli formatda uzatish va ularni saqlash xotiralarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poezd radioaloqasi parametrlarini tashhislash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tezkor texnologik aloqa boshqaruv stansiyasini masofadan turib monitoringlash usuli, poezd dispetcheri va lokomotiv mashinisti radioaloqa chastota diapazonlarida xizmat so‘zlashuvlarini yozib olish texnologiyasi, temir yo‘l stansiyalarida foydalanilayotgan statsionar radiostansiyaning parametrlarini tashhislash qurilmasi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ, “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” filiali “Qurilmalarni o‘lchash va nazorat” sexida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-apreldagi 4/E505-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan qurilma yordamida real vaqtda avtomatik tashhislash orqali statsionar radiostansiyasida kutilmaganda yuz beradigan nosozliklarning oldi olingan va ularning ishonchliligi oshirilgan hamda texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari 30% gacha kamaytirilish, so‘zlashuvlarni qayd qilish registrator qurilmasida yozib olish vaqti 10 000 soatgacha va kanallar soni 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
statsionar radiostansiya parametrlarini nazorat qilish va tashhislash usulining matematik modeli, harakatdagi radiostansiya parametrlarini real vaqtda tashhislash usuli, temir yo‘l uchastkalarida harakatdagi radiostansiyaning signal parametrlarini tashhislash qurilmasi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ, “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” filiali “Aloqa laboratoriya” vagonida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-apreldagi 4/E505-sonli maʼlumotnomasi).Natijada temir yo‘l uchastkalarida harakatlanayotgan lokomotiv radiostansiyasini real vaqtda statsionar radiostansiyalari bilan o‘zaro bog‘lanishda ishchi parametrlarini tashhislash orqali radiosignallarning “o‘lik” hududlardagi belgilangan signal darajasini -105 dBm dan -50 dBm gacha oshirish, masofadan turib tashhislash jarayoni 3 soatdan 30 daqiqagacha qisqartirilishi imkonini bergan.