Tulaev Altinbek Umarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Transport oqimining nomuntazamligi sharoitida yuk stansiyasi ishini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5461.
Ilmiy rahbar: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pokrovskaya Oksana Dmitrievna, texnika fanlari doktori, dotsent; Svetashev Aleksandr Aleksandrovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi transport oqimining nomuntazamligi sharoitida yuk stansiyasining ishini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuk stansiyasi ishining funksional ishonchliligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning muhimligini hisobga olgan holda texnologik amallarning elementlarini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi keluvchi yuk oqimlarining nomuntazamlik ko‘rsatkichlarini bashoratlash usuli takomillashtirilgan;
ortish-tushirish vositalari ishining texnik va texnologik parametrlarini hisobga olgan holda vagonlar bilan bajariladigan amallarga sarflanadigan vaqt sarfini hisobga olish imkonini beruvchi Octav matematik paketi asosida yuk stansiyasidagi transport oqimining o‘zgarish qonuniyati aniqlangan;
qayta ishlanadigan vagonlarning tasodifiy joylashish xususiyatini hisobga olgan holda kutilayotgan vagon oqimlarining hajmi va terminal maydonlarining bir xil yuklanishini bashoratlash asosida yuk stansiyasi optimal ish rejiminining matematik modeli ishlab chiqilgan;
vagonlarni qayta ishlash ko‘rsatkichlarining tasodifiy og‘ishini hisobga olgan holda yuk stansiyasining o‘tkazish qobiliyati va yuklanganligini baholash asosida yuk oqimlari muvofiqlik algoritmlarining muqobil variantlari turli sondagi ortish-tushirish mashinalarini qo‘llash imkoniyatini taqqoslash orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport oqimining nomuntazamligi sharoitida yuk stansiyaning ishini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
keluvchi yuk oqimlarining nomuntazamligini bashoratlash ko‘rsatkichlari, yuk stansiyasining o‘tkazish qobiliyati va yuklanishini baholash asosida yuk oqimlarining muvofiqlik algoritmining muqobil variantlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022-yil 16-fevraldagi 01/484-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korrelyasiya koeffisienti 0,94, determinatsiya koeffisienti – 0,88, Toshkent stansiyasida 2-modelning qo‘llanilishi esa yuk amallari ostida vagonning o‘rtacha turib qolish vaqtini 9,8% kamayishiga olib kelgan;
yuk stansiyasi optimal ish rejimi va terminal maydonlari bir hil yuklanishining matematik modeli, shuningdek yuk obektlarining ishini muvofiqlashtirish asosida yuk oqimlarini modellashtirish va bashoratlash uchun dasturiy mahsulot ko‘rinishdagi instrumental vosita “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022-yil 16-fevraldagi 01/484-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent stansiyasida qayta ishlanadigan vagonlarning soni 1,1 barobar ko‘paygan, shuningdek ortish-tushirish vositalari ishlashining texnik va texnologik parametrlarini hisobga olgan holda bajariladigan amallarning imitatsion modellarini qo‘llash asosida yuk stansiyasi transport oqimining o‘zgarish qonuniyati aniqlangan.