Hojiev Zavqiddin Farxodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini institutsional takomillashtirish tendensiyalari» 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/S48. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matibaev Tashpulat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, akademik Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor, Karimov Bobir Sharopovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Ernazarova Yorqinoy Olloberganovna.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatining institutsional asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyat samaradorligini oshirishda raqamlashtirish va «aqlli boshqaruv» (smart governance) tamoyillarini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini tizimlashtirish, pasportini yaratish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, monitoring qilish va ularning ochiq reestrini yuritish zaruriyati asoslantirilgan; 
davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, lavozim majburiyatlarini bajarish salohiyatini kognitiv (nazariya, konsepsiya, bilim va tushunish), funksional (ko‘nikma (hard skills & soft skills), mahorat, (tashabbuskorlik), shaxsiy (xulq-atvor kompetensiyasi, vazifani bajarish uchun qanday yo‘l tutish kerak), etika (shaxsiy, professional va tashkiliy qadriyatlarga asoslangan), metakompetensiya (mohiyatni chuqur anglay olishi (kvintessensiya), noaniq vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topa olish qobiliyati, tanqidiy fikrlash) kompetensiyalarini shakllantirish modeli va ularni baholash metodikasi asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatida fuqarolarning ishtirokini oshirish va qarorlar qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olish orqali davlat fuqarolik xizmatining keng jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini ochiq platformalar va Crowd-sourcing (omma resurslari) metodidan foydalangan holda oshirish zaruriyati asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatida vazifalarni va vakolatini bajarishi davomida faoliyat samaradorligini ta’minlash maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samaradorligini progressiv va regressiv toifadagi ko‘rsatkichlar asosida baholash asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatidagi rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini besh bosqichli ADDIE modeli (Analysis – tahlil qilish, Design - loyihalash, Development – rivojlantirish, Implementation – joriy qilish, Evaluation – sifatni baholash) asosida kompleks baholash tartibini takomillashtirish orqali rahbarlarning shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish protsedurasining uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini institutsional takomillashtirish tendensiyalarini o’rganish asosida:
faoliyat samaradorligini oshirishda raqamlashtirish va «aqlli boshqaruv» (smart governance) tamoyillarini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini tizimlashtirish, pasportini yaratish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, monitoring qilish va ularning ochiq reestrini yuritish zaruriyatiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 
29-noyabrdagi «Respublika ijro etuvchi organlari funksiyalarining ochiq reestrini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 796-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, Respublika ijro etuvchi organlari funksiyalarining ochiq reestrini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi (reestrni yuritishning asosiy maqsadi) va 12-bandi (Reestrga kiritiladigan ma’lumotlarning turlari)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2025-yil 22-yanvardagi LJ59245860-sonli ma’lumotnomasi);
davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, lavozim majburiyatlarini bajarish salohiyatini kognitiv (nazariya, konsepsiya, bilim va tushunish), funksional (ko‘nikma (hard skills & soft skills), mahorat, tashabbuskorlik), shaxsiy (xulq-atvor kompetensiyasi, vazifani bajarish uchun qanday yo‘l tutish kerak), etika (shaxsiy, professional va tashkiliy qadriyatlarga asoslangan), metakompetensiya (mohiyatni chuqur anglay olishi (kvintessensiya), noaniq vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topa olish qobiliyati, tanqidiy fikrlashi) kompetensiyalarini shakllantirish modeli va mezonlar asosida baholash metodikasiga oid taklif va tavsiflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4365-son qarorining 6-bandi «a» kichik bandi 1 va 2-xatboshilarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2024-yil 3-dekabrdagi 03-19/874-sonli ma’lumotnomasi);
ochiq platformalar va Crowd-sourcing (omma resurslari) metodi orqali davlat xizmatining keng jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini oshirish va davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirishga oid takliflardan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–5667-son qarorining 2-bandi (davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida, davlat va jamiyat qurilishida – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada kuchaytirishga, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar) ning ijrosi va 2019-yil 9-dekabrdagi «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4546-son qarorining 11-bandi («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markaziga davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida mazkur qaror talablariga rioya qilish holati bo‘yicha anonim so‘rovnomalar o‘tkazish tavsiya etilsin) ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024-yil 28-noyabrdagi 01-16/189-son ma’lumotnomasi); 
davlat fuqarolik xizmatida vazifalarni va vakolatini bajarishi davomida faoliyat samaradorligini ta’minlash maqsadida davlat xizmatchilari faoliyatini samaradorligini progressiv va regressiv toifadagi ko‘rsatkichlar asosida baholashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 
31-iyuldagi «Respublika va mahalliy ijro etuvchi organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 463-son qarori bilan tasdiqlangan «Respublika va mahalliy ijro etuvchi organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 30-bandi «a» qismi (progressiv va regressiv toifalaridagi samaradorlik ko‘rsatkichlari)ni tayyorlashda va tegishli formulani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2025-yil 22-yanvardagi LJ59245860-sonli ma’lumotnomasi); 
davlat fuqarolik xizmatidagi rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini besh bosqichli ADDIE modeli (Analysis – tahlil qilish, Design – loyihalash, Development – rivojlantirish, Implementation – joriy qilish, Evaluation – sifatni baholash) asosida kompleks baholash tartibini takomillashtirish orqali rahbarlarning shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2024-yil 4-oktyabrdagi “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-sonli qarorining 2-bandi 3-xatboshisi (davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash) va 5-xatboshisini (kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazining 2025-yil 19-martdagi № 06-19/1-11-sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish