Boyjanov Nodirbek Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Faollashtirilgan bentonit va opokasimon gillar kompozisiyasida o‘simlik moylarini oqlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4607.
Ilmiy rahbar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, proffessor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: faollashtirilgan Navbahor koni ishqoriy-er bentoniti va opokasimon gil kompozisiyasi bilan o‘simlik moylarini oqlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navbahor koni ishqoriy-er bentonitini faollashtirishda harorat, vaqt va kislota konsentratsiyasining ta’siri aniqlanib, 120-150 daqiqa, 100 ℃ haroratda, sulfat kislotasi konsentratsiyasi 15% gacha bo‘lganda gilning nisbiy yuzasi 176 m2/g gacha oshishi, yuqori konsentratsiyada metall oksidlar ajralishi, kristal strukturani buzilishi hisobiga nisbiy yuzani 85 m2/g gacha kamayishi asoslangan; 
Karmana koni opokasimon gilini 200 ℃ haroratda 120 daqiqa davomida termik faollashtirish bilan gilning nisbiy yuzasi 1,34 barobargacha (192 m2/g) oshishi isbotlangan;
kislotali faollashtirilgan ishqoriy-er bentoniti va termik faollashtirilgan opokasimon gilning 70:30 nisbatida moyni rang beruvchi moddalardan 63 % gacha adsorbsiyalash faolligi asoslangan;
o‘simlik moylarini ishlab chiqilgan kompozisiyali gil bilan oqlash jarayonini 90 ℃ haroratdagi 30 daqiqadan, 80 ℃ harorat 20 daqiqagacha qisqartirish qonuniyatlari asoslangan;
oqlovchi gillarning kislotali muhitida moyning rang beruvchi moddalari bilan antioksidantlarni ham bloklanishi aniqlanib, oksidlanish jarayonlarini jadallashtirishi isbotlangan;
faollashtirilgan Navbahor koni ishqoriy-er bentoniti va opokasimon gil kompozisiyasi bilan o‘simlik moylarini oqlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik moylarini samarali oqartirish uchun selektiv adsorbentlar olish, oziq-ovqat xavfsizligi mezonlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navbahor ishqoriy-er bentoniti va opokasimon gillari asosida kompozisiyali adsobrentlar olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat»  uyushmasining “2023-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025 yil 5 martdagi OZ/3-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nisbiy yuzasi 189,91 g/m2, g‘ovakliklarning o‘rtacha o‘lchami 61,3 Å ni tashkil etuvchi adsorbsion faol kompozisiyani ishlab chiqarish imkonini beradi;
bentonit va opokasimon gillari asosida olingan kompozisiyali adsobrentlarda soya moyini oqlashning takomillashgan texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat»  uyushmasining “2023-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025 yil 5 martdagi OZ/3-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich rangi 17 mg/J bo‘lgan soya moyini oqlanganda moyning rangini 7 mg/J gacha pasaytirilgan va korxonada qo‘llanayotgan gilga nisbatan 7% yuqori samaradorlikga erishish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish