Xusanova Onarxon G‘aybullaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproq algotsenozlarining tik mintaqalar bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari va ularning zamonaviy holatini ekologik baholash (Farg‘ona vodiysi misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/B194. 
Ilmiy maslahatchi: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida tarqalgan algotsenozlarning turlar tarkibini aniqlash, ularning tik mintaqalar bo‘yicha tarqalish qonuniyatlarini tavsiflash hamda zamonaviy holatini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida ilk bor algologik, mikrobiologik, kimyoviy va ekologik tahlillardan foydalanilgan holda, turli tik mintaqalar bo‘yicha tuproq suvo‘tlarini kompleks o‘rganilib, vodiyning ekologik-iqlimiy sharoitlarini hisobga olgan holda, tuproq suvo‘tlarining tarkibi, tarqalishi va ekologiyasi ochib berilgan;
ilk bor Farg‘ona vodiysining tik mintaqalarida uchraydigan tuproq suvo‘tlari 11 sinf, 23 tartib, 53 oila, 81 turkumga mansub bo‘lgan 288 tur va tur xilidan iborat ekanligi aniqlanib, ularning taksonomik xilma-xilligi aniqlangan;
tuproq algotsenozlari tuproq muhitining asosiy ekologik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida asoslanib, ular orqali tik mintaqalarning ekologik holatini baholash imkonini beruvchi ekobiomorf formulalar tuzilgan;
antropogen omillarning (qishloq xo‘jaligi faoliyati, sanoat ifloslanishi va boshqalar) ta’siri ostida tuproq suvo‘tlarining simbiotik munosabatlari kuchaygani, ularning indikatorlik roli sezilarli darajada oshgani, agroekologik monitoring tizimlari ishlab chiqilib, tuproqni biotexnologik tiklash va ekologik tozalashning innovatsion usullari shakllantirilgan;
ilk bor klaster tahlili asosida Farg‘ona vodiysi tik mintaqalarida tarqalgan tuproq suvo‘tlarining turlar xilma-xilligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq algotsenozlarining tik mintaqalar bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari va ularning zamonaviy holatini ekologik baholash (Farg‘ona vodiysi misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi tik mintaqalarida tarqalgan 288 tur va tur xillari, GAT xaritalari, dala tadqiqotlari davomida yig‘ilgan namunalar, o‘rganilgan hududlardagi tuproqlarni kimyoviy va mikrobiologik tahlillari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 22 sentyabrdagi 07/29-06/1081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi tik mintaqalarda tarqalgan tuproq suvo‘tlarining ekologik holatini baholash hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlar tayyorlash, tuproq tiplarida gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari va sho‘rlanish darajalarini aniqlash imkonini bergan; 
algosenozlarni tuproq unumdorligiga ta'siri, tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar, organik moddalar tarkibini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar Farg'ona vodiysi viloyatlarida tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 22 sentyabrdagi 07/29-06/1081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq tiplarida gumus, xarakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari va sho'rlanish darajalarini aniqlash imkoni yaratilgan;
Farg'ona vodiysi tuproqlarida birinchi marta algologik, mikrobiologik va kimyoviy taxlillardan foydalanib, tik mintaqalar tuproqlarida tuproq suvo‘tlari taksonomiyasi, ekologiyasi, ularning rivojlanish qonuniyatlari asoslangan, unga ekologik baxo berilganligi, tuproq algosenozlari orqali tuproq ekobiomorf formulalari tuzilganligi, shuningdek, tekislik, adir, tog' oldi va tog' mintaqalari tuproqlarining suvo'tlari o'rtasidagi o'xshashlik va farq darajasi Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amalyoatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 22 -sentyabrdagi 07/29-06/1081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mintaqalar hududlaridagi tekislik, adir, tog' oldi va tog' mintaqalari tuproqlarining suvo'tlari o'rtasidagi o'xshashlik va farq darajasini klaster tahlili orqali ifodalash imkoni yaratilgan;
tuproq suvo‘tlarini tarqalishi, rivojlanishi, sho‘rlanish darajasiga munosabati, indikator-saprob turlar tik mintaqalar bo‘yicha o‘rganilib, kuzatuv nuqtalarda uchragan turlar miqdorini aniqlash orqali tuproqning unumdorlik darajasi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari faoliyatiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi 2023 yil 17 oktyabrdagi 03-03/3-5839-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, har bir tuman fermer xo‘jaliklarida mutaxassislar yordamida suvo‘tlarni maxsus laboratoriyalarda ko‘paytirish, tuproqni azot, kislorod va organik moddalarga boyitish uchun suvo‘tlari biopreparatlaridan foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlari bo‘shagan erlar, yaʼni bug‘doyzorlarni yoqish qatʼiyan man etilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish