Yusupova Omina Muxammadzoir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek maishiy ertaklaridagi “ezgulik/yovuzlik” ifodalovchi lisoniy birliklar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil3926.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek maishiy ertaklarida uchraydigan “ezgulik” va “yovuzlik” ma’nosiga ega leksemalarni aniqlash hamda ularning leksik-semantik tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi 170 ga yaqin maishiy ertaklarning leksik-semantik xususiyatlari ilk marta qiyosiy o‘rganilib, ushbu turdagi ertaklarda Jek, Robin Gud, Dik; Hotam, Zumrad, To‘g‘riboy kabi “ezgulik” hamda Miser, Vinegar, Foks; Egriboy, Qora botir, Qimmat kabi “yovuzlik” semali shaxs nomlarini ifodalovchi leksemalar aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi maishiy ertaklar tarkibida mavjud bo‘lgan 70 dan ortiq “ezgulik” va 90 ga yaqin “yovuzlik” ma’nosiga ega belgi nomlarini anglatuvchi leksik birliklar tahlilga tortilib, ertaklarning asosiy g‘oyasini ochib beruvchi o‘xshash hamda ikki xalq madaniyatiga xos timsollar orqali farqli jihatlari misollar bilan dalillangan;
ingliz va o‘zbek maishiy ertaklaridagi “ezgulik”ni ifodalovchi goodness – yaxshilik, kindness – mehribonlik, fairness – adolat, honest – halollik, generosity – saxiylik, love – sevgi hamda “yovuzlik”ni anglatuvchi evil – yovuzlik, unfairness – adolatsizlik, violence – zo‘ravonlik, cruelty – zolimlik, hate – nafrat kabi ko‘plab mavhum tushunchalar leksik-semantik nuqtayi nazardan chog‘ishtirilib, ularning mazmunan umumiy va ifoda shakllariga ko‘ra xususiy jihatlari ertaklardan olingan misollar orqali asoslangan;
maishiy ertaklardagi “ezgulik”ni ifodalovchi beneficent of mankind, tender-hearted, kind-hearted; yorug‘likka chiqarmoq, ko‘ngli oq hamda “yovuzlik” bildiruvchi hard-hearted, black look, lazy rogue; ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q, qulog‘i tagida shavla qaynatmoq, ko‘ngli qora kabi barqaror birliklar xalq milliy madaniyatini ifodalovchi omillardan ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek maishiy ertaklarining leksik-semantik jihatdan qilingan tadqiqi asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi 170 ga yaqin maishiy ertaklarning leksik-semantik xususiyatlari ilk marta qiyosiy o‘rganilib, ushbu turdagi ertaklarda Jek, Robin Gud, Dik; Hotam, Zumrad, To‘g‘riboy kabi “ezgulik” hamda Miser, Vinegar, Foks; Egriboy, Qora botir, Qimmat kabi “yovuzlik” semali shaxs nomlarini ifodalovchi leksemalar aniqlanganligi; maishiy ertaklar tarkibida mavjud bo‘lgan 70 dan ortiq “ezgulik” va 90 ga yaqin “yovuzlik” ma’nosiga ega belgi nomlarini anglatuvchi leksik birliklar tahlilga tortilib, ertaklarning asosiy g‘oyasini ochib beruvchi o‘xshash hamda ikki xalq madaniyatiga xos timsollar orqali farqli jihatlari misollar bilan dalillanganiga doir ilmiy natija va xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 23-oktabrdagi 1/04-133-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida tayyorlangan lug‘atlarning mukammallashishi va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek maishiy ertaklaridagi “ezgulik”ni ifodalovchi goodness – yaxshilik, kindness – mehribonlik, fairness – adolat, honest – halollik, generosity – saxiylik, love – sevgi hamda “yovuzlik”ni anglatuvchi evil – yovuzlik, unfairness – adolatsizlik, violence – zo‘ravonlik, cruelty – zolimlik, hate – nafrat kabi ko‘plab mavhum tushunchalar leksik-semantik nuqtayi nazardan chog‘ishtirilib, ularning mazmunan umumiy va ifoda shakllariga ko‘ra xususiy jihatlari ertaklardan olingan misollar orqali asoslanganiga doir xulosa hamda tavsiyalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Mindonobod Satellite Access Microssholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limi 62-o‘rta ta’lim maktabining 2024-yil 27-dekabrdagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida yaratilgan o‘quv lug‘atlarining misollar bilan boyishiga xizmat qilgan;
maishiy ertaklardagi “ezgulik”ni ifodalovchi beneficent of mankind, tender-hearted, kind-hearted; yorug‘likka chiqarmoq, ko‘ngli oq hamda “yovuzlik” bildiruvchi hard-hearted, black look, lazy rogue; ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q, qulog‘i tagida shavla qaynatmoq, ko‘ngli qora kabi barqaror birliklar xalq milliy madaniyatini ifodalovchi omillardan ekanligi isbotlanganiga doir xulosa va tavsiyalardan 2023-2024-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-oktabrdagi 26-36-914-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning turli tizimga mansub tillarga xos so‘z boyligini oshirishda, ezgulik hamda yovuzlik ma’nosiga ega barqaror birliklarni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan.