Matyaqubov Suxrobbek Ko‘palovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Genotipi boyitilgan g‘o‘za navlarini yaratishda introgressiv seleksiya va sitogenetik uslublardan foydalanishning samaradorligi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx247.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saidg‘ani Muxtarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Amanov Baxtiyor Xushbakovich, biologiya fanlari doktori, professor; Aytjanov Baxitjon Uzakboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turlararo duragaylash asosida yaratilgan introgressiv g‘o‘za genotiplarini genetik, seleksion va sitologik uslublar yordamida baholash orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilar hamda ayrim abiotik va biotik omillarga bardoshlilikni mujassamlashtirgan genotipi boyitilgan yangi seleksion ashyolar va navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
introgressiv seleksiya va bekkross duragaylash uslublarida olingan seleksion ashyolarda  xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi hamda barqarorlashuv qonuniyatlari qiyosiy tahlil qilingan va genotipi boyitilgan qimmatli g‘o‘za navlarini yaratishda har ikkala usul samarador ekanligi asoslangan;
introgressiv seleksiya orqali yaratilgan duragaylarni V.dahliae zamburug‘i bilan kuchli zararlangan tabiiy muhit va laboratoriya sharoitida o‘rganish orqali viltga bardoshli genotiplarni tanlash imkoniyati yuqori bo‘lishi aniqlangan;
Verticillium dahliae va Fusarium turkumi zamburug‘larining shtammi molekulyar-genetik usulda identifikatsiya qilinib, NCBI ma’lumotlar bazasiga kiritilgan, natijada fitopatogen mikroorganizmlarning molekulyar filogeniyasi tuzilgan;
introgressiv seleksiya hamda bekkross duragaylash uslublarining yuqori harorat va garmselga bardoshli seleksion ashyolarni yaratishdagi samaradorligi aniqlangan;
introgressiv g‘o‘za tizmalari hamda yuqori avlod duragaylarida sporogenez, chang hujayralarining pushtlilik darajasi va meyoz jarayonlarining sitologik jihatlari o‘rganilgan va yuqori pushtlilikka ta’sir qiluvchi sitogenetik omillar asoslangan;
introgressiv duragaylash uslubini qo‘llash orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilari, tola hosildorligi va sifati hamda ayrim abiotik (vilt) va biotik (yuqori harorat, garmsel)ga bardoshlilikning ijobiy majmuasiga ega seleksion ashyolar (noyob donorlar, tizmalar va navlar) yaratish samarali bo‘lishi isbotlangan;
introgressiv duragaylash uslubi orqali genotipi boyitilgan noyob introgressiv g‘o‘za oilalari, tizmalari va S-7316, S-7320, S-7322, S-7324 navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Genotipi boyitilgan g‘o‘za navlarini yaratishda introgressiv seleksiya va sitogenetik uslublardan foydalanishning samaradorligi mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
introgressiv duragaylash asosida yaratilgan qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori umumiy majmuiga ega o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi T-2829-31/22, T-3101-04/22, T-3791-94/22 T-4171-74/22, T-5136-39/22 tizmalari yaratilib, Toshkent viloyatida joylashgan Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-428-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi mavjud g‘o‘za genofondi tezpisharligi 112- 118 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,7-6,7 gramm, tola chiqimi 39,0-43,0 foiz, tola sifati IV sanoat tip, hosildorlik 39,0-44,2 s/gani tashkil etgan holda nazorat C-6524 naviga nisbatan qo‘shimcha 7,0-8,0 sentnerdan yuqori hosildorlikga erishilib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar bilan boyitilgan;
qimmatli xo‘jalik belgilarining ijobiy majmuiga ega o‘rta tolali g‘o‘zaning “S-7322” navi Toshkent viloyatida joylashgan Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasida 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-428-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navning tezpisharligi 114-116 kunni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,0-6,2 g, tola chiqimi 39,0-40,0%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,4, tolaning uzunligi 34,0-35,0 mm, tolaning uzilish kuchi 37,0 gk/teks, tola sifati IV tip, V.dahliae zamburug‘i va turli zarakunandalarga bardoshli,  paxta hosildorligi 41,0 s/ga ni tashkil etib, andoza S-6524 naviga nisbatan 4,0-6,5 s/ga yuqori hosil olinib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi T-4684-86/16, T-7292 va T-95/16xS tizmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanidagi g‘o‘za urug‘chiligiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 4 yanvardagi № 01-05-013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekstremal tuproq-iqlim sharoitiga mos tizmalar yaratilib, tezpisharligi 114-118 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,8- 6,5 gramm, tola chiqimi 39,2-43,2 foiz, tola sifati IV sanoat tip, hosildorlik 40,0-44,2 s/gani tashkil etgan holda nazorat (C-4727) ga nisbatan qo‘shimcha 7,0-9,0 sentner yuqori hosil olish imkonini bergan; 
ekstremal tuproq-iqlim sharoitiga mos, qimmatli xo‘jalik belgilarining ijobiy majmuiga yangi o‘rta tolali g‘o‘zaning “S-7320” navini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanidagi g‘o‘za urug‘chiligiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklida 1,2 gektar maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 4 yanvardagi №01-05-013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikaning shimoliy sho‘rlangan hududlariga mos, o‘rtacha paxta hosildorligi 40,2 s/ga, mazkur tumanda ekilayotgan andoza S-4727 navga nisbatan 7,0-7,5 s/ga yuqori hosildorlikka ega, tezpisharligi 115-116 kun, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,4-6,5 g, tola chiqimi 39,0-40,0%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,4, tolaning uzunligi 35,0-36,0 mm, tolaning uzilish kuchi 34,0 gs/teks, tola sifati IV-tipga to‘liq javob beradigan hamda V.dahliae kasalligi va turli zarakunandalarga bardoshliligi yuqoriligi aniqlanib iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
introgressiv duragaylash usuli asosida yaratilgan o‘rta tolali S-7324 g‘o‘za navi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanida 3,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil  4 yanvardagi №01-05-013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos hamda qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuasiga ega, tola sifati to‘liq IV tip talablariga javob beradigan nav bilan g‘o‘za genofondini boyitish imkoniyati yaratilgan holda har gektardan paxta hosildorligi o‘rtacha 40,0 s/ga ni tashkil etib, mazkur tumanda ekilayotgan andoza S-4727 navga nisbatan 6,5-7,0 s/ga ko‘proq hosil olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish