Sabitxodjaeva Saida Ulmasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «COVID-19 ning og‘ir klinik shakllarini rivojlanishida qon ivish tizimi faollashuvining immunologik jihatlari va davolashni optimallashtirish» 14.00.05-Ichki kasalliklar, 14.00.36-Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1655.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaev Ravshan Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsutdinova Maksuda Ilyasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullayev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
COVID-19 og‘ir klinik shaklida kechgan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni immunologik tizim bilan bog‘liqligini o‘rganish, xavf omillarini aniqlash va davolanishni optimallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 ning og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda antitrombin- III, protein - S, protein - S miqdorining 65% gacha, trombotsitlar agregatsiya va adgeziya faolligi 75%ga kamaygani isbotlangan;
ilk bor COVID-19 da antikoagulyantlarning samaradorligini anti-Xa faolligini aniqlash orqali nazorat qilish saradorligi asoslangan;
COVID-19 og‘ir darajasida leykotsitlar, CD95+, IgA, IgM, zardob immun komplekslarning ortishi fonida CD3+, CD4+, CD8+, IRI, CD20+, CD56+, CD38+ limfotsitlarning keskin kamayishi aniqlangan, IL-1β va IL-6 sitokinlarini yuqori bo‘lishi kasallik kechishining salbiy prognostik markyori ekanligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 ning og‘ir darajasida virus indusirlangan koagulopatiyani davolashni optimallashtirishda yangi muzlatilgan plazma va immunoglobulin terapiyasini qo‘llash samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida "yangi koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda koagulopatiya rivojlanishini erta aniqlash algoritmi" bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ning og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda antitrombin- III, protein - S, protein - S miqdorining 65% gacha, trombotsitlar agregatsiya va adgeziya faolligi 75%ga kamaygani isbotlanganligi Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023-yil 9-avgustdagi 267-son buyruq) va Surxondaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2023-yil 17-avgustdagi 113-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ning og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda virus indusirlangan koagulopatiya rivojlanishining xavf omillari-PTI, antitrombin-III, protein-S, protein–S, trombotsitlar agregatsiya va adgeziya faolligi monitoring kasallik oqibatini to‘g‘ri bashorat qilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada qolish to‘lov miqdori 420000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 600000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi koronavirus o‘tkazgan bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 da antikoagulyantlarning samaradorligini anti-Xa faolligini aniqlash orqali nazorat qilish saradorligi asoslanganligi Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023-yil 9-avgustdagi 267-son buyruq) va Surxondaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2023-yil 17-avgustdagi 113-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 da antikoagulyantlarning samaradorligini nazorat qilish, bemorlarda rivojlanadigan tromboz eki qon ketish asoratlarini bartaraf qilgandan keyin bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berishi aniqlandi; Iqtisodiy samaradorligi: ushbu holatni erta aniqlash bemorlarni o‘z vaqtida davolash imkonini bergan va bir nafar bemor hisobidan mablag‘larini 436000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, antikoagulyantlarning samaradorligini nazorat qilish, bemorlarda rivojlanadigan tromboz eki qon ketish asoratlarini oldi olishga, davolash samaradorligini kuzatish, davolash davomiyligini bashorat qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 og‘ir darajasida leykotsitlar, CD95+, IgA, IgM, zardob immun komplekslarning ortishi fonida CD3+, CD4+, CD8+, IRI, CD20+, CD56+, CD38+ limfotsitlarning keskin kamayishi aniqlangan, IL-1β va IL-6 sitokinlarini yuqori bo‘lishi kasallik kechishining salbiy prognostik markyori ekanligi isbotlanganligi Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023-yil 9-avgustdagi 267-son buyruq) va Surxondaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2023-yil 17-avgustdagi 113-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 og‘ir darajasida koagulopatiya rivojlanishining xavf omillari - limfotsitlar miqdorining keskin kamayishi kuzatilgan, IL-1β va IL-6 sitokinlarini yallig‘lanish potensiali yuqori bo‘lishi kasallik kechishining salbiy prognostik markyori ekanligi aniqlanganligi bemorlarda tiklanishning davomiyligi va natijalarini aniq bashorat qilish imkoni yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: IL-1β va IL-6 sitokinlarini yallig‘lanish potensiali yuqori bo‘lishi kasallik kechishining salbiy prognostik markyori ekanligi aniqlanganligi bemorlarning kasalxonada yotishining o‘rtacha davomiyligini xar bir bemorga 4 kunga qisqartirish imkonini bergan, bu esa davlat byudjetidan 420 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan (bir kunlik yotoq narxi 105 ming so‘mni tashkil etadi). Xulosa: COVID-19 og‘ir darajasida koagulopatiya rivojlanishining xavf omillari -limfotsitlar miqdorining keskin kamayishi va IL-1β va IL-6 sitokinlari yallig‘lanish potensiali yuqori bo‘lishi kasallik kechishining salbiy prognostik markyor ekanligi, natijalarni aniq bashorat qilish imkoni kasallikni o‘z vaqtida tashxislash va davolash, asoratlarni oldini olishga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ning og‘ir darajasida virus indusirlangan koagulopatiyani davolashni optimallashtirishda yangi muzlatilgan plazma va immunoglobulin terapiyasini qo‘llash samaradorligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ning og‘ir darajasida virus indusirlangan koagulopatiyani davolashni optimallashtirishda yangi muzlatilgan plazma va immunoglobulin terapiyasini qo‘llash bemorlarning umumiy klinik holatini yaxshilanishiga, kislorodga bo‘lgan extiyojni kamayishiga olib keldi. Iktisodiy samaradorligi: COVID-19 ning og‘ir darajasida virus indusirlangan koagulopatiyani davolashni optimallashtirishda yangi muzlatilgan plazma va immunoglobulin terapiyasini qo‘llash statsionarda davolanish kunlarini 4 kunga kamayishiga, bu esa davlat byudjetidan 420 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi (bir kunlik yotoq narxi 105 ming so‘mni tashkil etadi), hamda davolashga ketadigan mablag‘ning 180000 sumgacha (1 kunga 1 bemorga - 45000sumga) tejalishiga erishilgan. Xulosa: COVID-19 ning og‘ir darajasida virus indusirlangan koagulopatiyani davolashni optimallashtirishda yangi muzlatilgan plazma va immunoglobulin terapiyasini qo‘llash bemorlarning umumiy klinik holatini yaxshilanishiga, kislorodga bo‘lgan extiyojni kamayishiga va statsionarda davolanish kunlarini qisqarishiga erishilgan.