Axmedova Shaxnoza Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Odam papilloma virusining oilada tarqalish xavfi va tabiatini baholash», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2561.
Ilmiy rahbar: Raximov Ravshan Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Matnazarova Gulbahor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jamoat salomatligi milliy instituti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilada turmush o‘rtoqlar misolida erkaklarning OPV tarqalishidagi epidemiologik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tibbiy jihatdan «sog‘lom» deb hisoblangan erkaklar orasida yuqori kanserogen xavfli odam papilloma virusining 14 ta genotipi bo‘yicha yuqori aniqlanish holatlari (24,4±3,8%) isbotlangan;
kasallangan erkak va ayollarning yarmida (mos ravishda 50,2±3,1% va 45,9±3,7%) odam papilloma virus infeksiyasi alomatlarsiz kechmasdan, balki jinsiy a’zolarda yallig‘lanish jarayoni belgilari bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
oilalarda, xususan, turmush o‘rtoqlar o‘rtasida papilloma virusi persisitensiyasi kuzatilishi va virusning ayollarga yuqishida erkaklar asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
odam papilloma virusining tarqalish yo‘llari va uning oldini olish choralari bo‘yicha aholi o‘rtasida xabardorlik holatining pastligi, tartibsiz jinsiy aloqalarning mavjudligi hamda sog‘liqqa salbiy ta’sir etuvchi odatlar infeksiyaning yuqori virus yuklamasiga va bir nechta genotiplar bilan qayta zararlanish holatlariga olib keluvchi asosiy epidemiologik omillar ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tibbiy jihatdan «sog‘lom» deb hisoblangan erkaklar orasida yuqori kanserogen xavfli odam papilloma virusining 14 ta genotipi bo‘yicha yuqori aniqlanish holatlari (24,4±3,8%) isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar orasida papilloma virus infeksiyasini oldini olishning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialiga 18.09.2024 yildagi 72-son va Jizzax viloyati hududiy filialiga 5.10.2024 yildagi 229-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erkaklar o‘rtasida papilloma virusi infeksiyasining oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirish, turmush o‘rtoqqa yuqish xavfini kamaytirishga, infeksiyani erta aniqlash imkonini yaratishga va onkologik o‘sma kasalliklarining oldini olish imkononi beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida OPVga qarshi emlashni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish natijasida hisoblangan iqtisodiy samara 9 189 649 422 000 so‘mni tashkil etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallangan erkak va ayollarning yarmida (mos ravishda 50,2±3,1% va 45,9±3,7%) odam papilloma virus infeksiyasi alomatlarsiz kechmasdan, balki jinsiy a’zolarda yallig‘lanish jarayoni belgilari bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar orasida papilloma virus infeksiyasini oldini olishning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialiga 18.09.2024 yildagi 72-son va Jizzax viloyati hududiy filialiga 5.10.2024 yildagi 229-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: odam papilloma virusi infeksiyasining aniqlanishi aholi orasida kasallik avj olishini cheklashga hamda erta tashxis orqali og‘ir asoratlarga olib keluvchi saraton kasalliklarini oldini olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: odam papilloma virusining yuqori kanserogen xavfli turiga tekshirish, kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga, jinsiy sheriklar orasida infeksiya tarqalishini cheklashga hamda onkologik kasalliklar xavfini kamaytirishga xizmat qilib, har bir oldi olingan saraton holati uchun 585,9 dan 1029,1 AQSh dollarini tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: oilalarda, xususan, turmush o‘rtoqlar o‘rtasida papilloma virusi persisitensiyasi kuzatilishi va virusning ayollarga yuqishida erkaklar asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar orasida papilloma virus infeksiyasini oldini olishning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialiga 18.09.2024 yildagi 72-son va Jizzax viloyati hududiy filialiga 5.10.2024 yildagi 229-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: juftliklar orasida skrining va maqsadli profilaktika choralari, ular orasida xabardorlik oshishi papilloma virusining tarqalishini sezilarli darajada kamaytirish hamda oilaviy juftliklarda hayot tarzini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: odam papilloma virusining yuqori kanserogen xavfli turiga tekshirish, kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga, jinsiy sheriklar orasida infeksiya tarqalishini cheklashga hamda onkologik kasalliklar xavfini kamaytirishga xizmat qilib, har bir oldi olingan saraton holati uchun 585,9 dan 1029,1 AQSh dollarini tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: odam papilloma virusining tarqalish yo‘llari va uning oldini olish choralari bo‘yicha aholi o‘rtasida xabardorlik holatining pastligi, tartibsiz jinsiy aloqalarning mavjudligi hamda sog‘liqqa salbiy ta’sir etuvchi odatlar infeksiyaning yuqori virus yuklamasiga va bir nechta genotiplar bilan qayta zararlanish holatlariga olib keluvchi asosiy epidemiologik omillar ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Erkaklar orasida papilloma virus infeksiyasini oldini olishning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialiga 18.09.2024 yildagi 72-son va Jizzax viloyati hududiy filialiga 5.10.2024 yildagi 229-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aholiga odam papilloma virusi tarqalishiga olib keluvchi asosiy epidemiologik omillar to‘g‘risida ma’lumot etkazilishi, kasallanish darajasini va onkologik asoratlar xavfini samarali kamaytirish bilan birga, bunday ma’lumotlar aholi salomatligini muhofaza qilishda, hayot davomiyligi va yashash sifati ko‘rsatkichlarini oshirishda ijobiy imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: odam papilloma virusining yuqori kanserogen xavfli turiga tekshirish, kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga, jinsiy sheriklar orasida infeksiya tarqalishini cheklashga hamda onkologik kasalliklar xavfini kamaytirishga xizmat qilib, har bir oldi olingan saraton holati uchun 585,9 dan 1029,1 AQSh dollarini tejash imkonini beradi.