Asadov Bahriddin Sayfiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’yorda va eksperimental o‘pka fibrozida moyaklar morfofunksional xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2362.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Balandina Irina Anatolevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental o‘pka fibrozi chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarning moyaklaridagi o‘zgarishlarni va anor danagi moyi bilan korreksiya qilingandan keyingi yoshga bog‘liq morfofunksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
eksperimental o‘pka fibrozi guruhidagi oq zotsiz kalamushlarda yuzaga kelgan surunkali gipoksiya natijasida moyak to‘qimasining kapsula qavatida, kanalchalar devori va tomirlar devori mushak qavatida kollagen tolalar miqdorining oshishi, vena tomirlarida dimlanish, ayrim kanalchalar va ularning ba’zi qismlarida spermatogen epiteliy hujayralarining 3 va 4- qatlamiga mansub spermatidalar va spermatozoidlarning kamayib qolganligi asoslangan;
eksperimental o‘pka fibrozi guruhida moyak pardasi qalinligi oshganligi, kanalchalar diametrini qisqarganligi, kanalchalar yuzasini kichrayganligi, spermatogen epiteliy qavatining yupqalashganligi, Leydig hujayralarining kamayishi aniqlangan bo‘lib, anor donagi moyini qo‘llaganda esa kanalchalar diametrini, kanalchalar yuzasi, spermatogen epiteliy balandligi oshganligi morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlangan;
spermatogenez indeksining nazorat guruhida yosh dinamikasi bo‘yicha pasayib borishi kuzatilgan bo‘lib, o‘pka fibrozi spermatogenez jarayoniga sezilarli salbiy ta’sir qilganligi hamda anor danagi moyining spermatogenez jarayonini tiklanishida sezilarli ijobiy ta’siri isbotlangan;
ilk bor ekperimental o‘pka fibrozida immunogistokimyoviy Ki-67, Bcl-2, markerlarni qo‘llash orqali moyaklardagi spermatogen epiteliy hujayralarining qayta tiklanish faoliyatining susayishi, apoptoz genlarining nisbatan faollashuvi natijasida spermatogenez jarayoni o‘zgarishi oqibatida faol spermatozoidlar soni kamayishining immunogistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Me’yorda va eksperimental o‘pka fibrozida moyaklar morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘pka fibrozi guruhidagi kalamushlarning moyaklar to‘qimasida vena tomirlarida dimlanish, Leydig va spermatogen epiteliy hujayralari sitoplazmasida kiritmalar yuzaga kelishi, kapsula devorida, kanalchalar devori va tomirlar devorida kollagen tolalar miqdori oshishi, ayrim kanalchalar va ularning ba’zi qismlarida spermatogen epiteliy hujayralarining 3 va 4- qatlamiga mansub spermatidalar va spermatozoidlarning ko‘ruv maydoniga aniqlanmasligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 fevralda 24- m/013-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklardagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklarlardagi makroskopik va mikroskopik tuzilishini va uning morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish natijalari gipoksiya omillar ta’sirida moyaklarlarda yuzaga keladigan patologik jarayonlarning murakkab mexanizmini ochib berishga, yuzaga keladigan asoratlarni erta aniqlashga va oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha byurosi (10.09.24y. №99) Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №101) hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №8I) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: Eksperimental o‘pka fibrozi guruhidagi kalamushlarning moyaklar to‘qimasida vena tomirlarida dimlanish, Leydig va spermatogen epiteliy hujayralari sitoplazmasida kiritmalar yuzaga kelishi, kapsula devorida, kanalchalar devori va tomirlar devorida kollagen tolalar miqdori oshishi, ayrim kanalchalar va ularning ba’zi qismlarida spermatogen epiteliy hujayralarining 3 va 4- qatlamiga mansub spermatidalar va spermatozoitlarning ko‘ruv maydoniga aniqlamasligi asoslab berilgan va bu o‘zgarishlar natijasidagi patologik holat inobatga olinishi bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklarlardagi makroskopik va mikroskopik tuzilishini va uning morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish natijalari gipoksiya omillar ta’sirida moyaklarlarda yuzaga keladigan patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bemorlarda sarflanadigan xarajatlarini 196500 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: O‘pka pnevmosklerozida yuzaga keladigan moyaklar morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 196500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 58000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘pka fibrozi guruhida moyak pardasi qalinligi 4% ga oshganligi, kanalchalar diametrini 10% kamayganligi, kanalchalar yuzasini 11,4% kamayganligi, spermatogen epiteliy qavatining 17% kamayganligi, Leydig hujayralarini 4% kamayishi aniqlandi. Anor donagi moyini qo‘llaganda esa kanalchalar diametrini 5% oshganligi, kanalchalar yuzasini 5,7% oshganligi, spermatogen epiteliy balandligini 10,75% oshganligi morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 fevralda 24- m/013-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklardagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eksperimental o‘pka fibrozi guruhdagi kalamushlarda moyaklar to‘qimasi tarkibiy tuzulmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, anor donagi moyini qo‘llaganda ijobiy ta’sir ko‘rsatganligining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida davolash jarayonida anor donagi moyining samaradorligini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha byurosi (10.09.24y. №99) Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №101) hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №8 I) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Eksperimental o‘pka fibrozi guruhdagi kalamushlarda moyaklar to‘qimasi tarkibiy tuzulmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, anor donagi moyini qo‘llaganda ijobiy ta’sir ko‘rsatganligining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Eksperimental o‘pka fibrozi guruhdagi kalamushlarda moyaklar to‘qimasi tarkibiy tuzulmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, anor donagi moyini qo‘llaganda ijobiy ta’sir ko‘rsatganligining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida davolash bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 480000 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: Eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda o‘pka pnevmosklerozida moyaklarning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka pnevmosklerozi paytida anor donagi moyining samaradorligi va uning natijasida moyak to‘qimasi parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: spermatogenez indeksi nazorat guruhida yosh dinamikasida pasayib borishi, tajribadagi o‘pka fibrozida 7 oylikda 30,4% ga, 9 oylikda 22,1%ga va 16,1% ga nazorat guruhiga nisbatan kamayganligi, anor donagi bilan korreksiya qilinganda bu ko‘rsatkichlarning 7 oylikda 23,3%, 9 oylikda 16%ga va 12 oylikda 7,8 % oshganligi, o‘pka fibrozi spermatogenez jarayoniga sezilarli salbiy ta’siri qilganligi hamda anor danagi moyining spermatogenez jarayonini tiklanishida sezilarni ijobiy ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 fevralda 24- m/013-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklardagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘pka fibrozida moyaklarlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy tekshirish tahlillarini amaliy tibbiyotga qo‘llash bugungi kunning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan erkaklar reproduktiv muammolarini echimini topishga va oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha byurosi (10.09.24y. №99) Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №101) hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №8I) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘pka fibrozida moyaklarlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni morfologik, morfometrik va tekshirish tahlillarini amaliy tibbiyotga qo‘llash bugungi kunning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan erkaklar reproduktiv muammolarini echimini topishga va oldini olishga xizmat qiladi. Undan tashqari immunogistokimyoviy markerlar ekspressiyalanish darajasi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Spermatogenez indeksi nazorat guruhida yosh dinamikasida pasayib borishi, tajribadagi o‘pka fibrozida 7 oylikda 30,4% ga, 9 oylikda 22,1%ga va 16,1% ga nazorat guruhiga nisbatan kamayganligi, anor donagi bilan korreksiya qilinganda bu ko‘rsatkichlarning 7 oylikda 23,3%, 9 oylikda 16%ga va 12 oylikda 7,8 % oshganligi, o‘pka fibrozi spermatogenez jarayoniga sezilarli salbiy ta’siri qilganligi hamda anor danagi moyining spermatogenez jarayonini tiklanishida sezilarni ijobiy ta’siri oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 4500000 so‘mga kamaytirgan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 75000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: O‘pka fibrozi spermatogenez jarayoniga sezilarli salbiy ta’siri qilganligi hamda anor danagi moyining spermatogenez jarayonini tiklanishida sezilarli ta’siri o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi, asoratlarning kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental o‘pka fibrozida immunogistokimyoviy Ki-67, Bcl-2, markerlarni qo‘llash orqali moyaklarlardagi spermatogen epiteliy hujayralaridagi proliferativ faollikning susayishi, apoptoz genlarining nisbatan faolashuvi natijasida spermatogenez jarayoning buzulishining immunogistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 fevralda 24-m/013-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental o‘pka fibrozida moyaklardagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eksperimental o‘pka fibrozida immunogistokimyoviy Ki-67, Bcl-2, markerlarni qo‘llash orqali moyaklarlardagi spermatogen epiteliy hujayralaridagi proliferativ faollikning susayishi, apoptoz genlarining nisbatan kuchayishi natijasida spermatogenez jarayoning buzulishini immunogistokimyoviy xususiyatlari asosida kasallikning rivojlanishidagi patogenetik va morfologik o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha byurosi (10.09.24y. №99) Buxoro viloyat Patologik anatomiya buyrosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №101) hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya buyrosi bo‘yicha byurosi (09.09.2024y. №8I) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental o‘pka fibrozida immuntgistokimyoviy Ki-67, Bcl-2, markerlarni qo‘llash orqali, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni, ya’ni o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Eksperimental o‘pka fibrozida immuntgistokimyoviy Ki-67, Bcl-2,markerlarni ekspressiyalanish darajasi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 4500000 so‘mga kamaytirgan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 75000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘pka pnevmosklerozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va moyaklardagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 196500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 58000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.