Rahmatov Asilbek Rahmat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish maydonlarida seysmik ta’sirni baholash uchun sintetik akselerogrammalar yaratish texnologiyasi», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1219. 
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Lutfulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori; Kuchkarov Kaxramon Israilovich, fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududining turli xil grunt sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish maydonlarida kuchli zilzilalarning seysmik ta’sirini ifodalovchi sintetik akselerogrammalarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli grunt qatlamlarni seysmik tebranish spektrlari asosida chuqurlik bo‘yicha ko‘ndalang to‘lqin tezlik o‘zgarishi aniqlangan va qatlamlarning 3D modellari yaratilgan;
qurilish maydonlarida seysmik ta’sirlarni miqdoriy baholash imkonini beruvchi sintetik akselerogrammalar yaratish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Buxoro shahri hududida tarqalgan gruntlarning seysmik xususiyatlari bo‘yicha real zilzilalarning o‘rta spektriga asoslangan sintetik akselerogrammalar bazasi ishlab chiqilgan;
sintetik akselerogrammalarni muhandislik dasturlari orqali tahlil qilish natijasida grunt qatlamlarida va bino poydevorlarida yuzaga keladigan maksimal tezlik, tezlanish va siljish qiymatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish maydonlarida seysmik ta’sirni baholash uchun sintetik akselerogrammalar yaratish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli grunt qatlamlarining xususiy tebranish spektrlari usuli asosida chuqurlik bo‘yicha ajratilgan ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish tezliklarining 3D modeli “Me’mor arxitektura servis” MChJ hamda “Qo‘qon loyiha-qurilsh” MChJ loyihalash tashkilotlarining amaliyotiga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 yanvardagi 20-06/1013-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilk bor O‘zbekiston Respublikasi viloyat markazlari misolida grunt qatlamlarining 3D modellari ishlab chiqilgan, bu olingan natija seysmik ta’sirlarni baholashga imkon yaratgan;
real zilzila yozuvlarining tahlili asosida sintetik akselerogrammalar yaratishning o‘rta spektrlar texnologiyasi “Me’mor arxitektura servis” MChJ hamda “Qo‘qon loyiha-qurilsh” MChJ loyihalash tashkilotlarining amaliyotiga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 yanvardagi 20-06/1013-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintetik akselerogrammalar qurilish maydoniga ta’sir qiluvchi seysmik holatni real baholashga imkon yaratgan;
Buxoro shahri hududi uchun real zilzilalarni aks ettiruvchi o‘rta spektr texnologiyasiga asosan ishlab chiqilgan sintetik akselerogrammalar bazasi “Me’mor arxitektura servis” MChJ hamda “Qo‘qon loyiha-qurilsh” MChJ loyihalash tashkilotlarining amaliyotiga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 yanvardagi 20-06/1013 son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro shahri hududi uchun yaratilgan akselerogrammalar bino-inshootlarni loyihalashga imkon yaratgan;
sintetik akselerogrammalarni muhandislik dasturlari orqali tahlil qilish natijasida yaratilgan 3D modellar “Me’mor arxitektura servis” MChJ hamda “Qo‘qon loyiha-qurilsh” MChJ loyihalash tashkilotlarining amaliyotiga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 yanvardagi 20-06/1013-son ma’lumotnomasi). Natijada,  grunt qatlamlarida va bino poydevorlarida yuzaga keladigan maksimal tezlik, tezlanish va siljish qiymatlarini baholashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish