Obidov Shoyunus Botir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «NTF va OEDF kompleksonatlari ishlab chiqarish va neft-gaz sanoatida qo‘llash texnologiyalari», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4082.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Soddikov Usmonali Xudoberganovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida neft va gaz sanoati qurilmalarini korroziyadan himoyalash uchun kombinirlangan ingibitorlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft gaz qazib chiqarish va qayta ishlash real ekspluatatsion sharoitlarida agressiv eritmalar bilan ishlaydigan qurilmalarining metall yuzalarini himoyalash uchun OEDF va NTF rux kompleksonatlari (Zn2+(OEDF+NTF)) olishning katalizator va insiatorlarsiz usuli kombinirlangan tarkibi asoslangan;
Zn2+(OEDF+NTF) ni birgalikda olish jarayonining eng maqbul ko‘rsatkichlari aniqlanib, harorat, boshlang‘ich mahsulotlar nisbati, suv miqdori, reaksiya davomiyligi kabi omillarning tayyor mahsulot unumiga ta’siri aniqlangan;
Shurtan neft-gaz boshqarmasiga tasarufidagi agressiv ta’sirga ko‘p to‘qnash keluvchi xudud suvlari tuzlari tarkibi aniqlanib, Zn2+(«uniflok» + OEDF + NTF) konstruksion qurilmalarni korroziyadan samarali himoyalashi isbotlangan;
preparatlar 24 soat davomida 10 mg/l konsentratsiyada samarali korroziya ingibitori bo‘lib, himoya darajasi 90,0 foizdan yuqorini tashkil etishi asoslangan;
olingan metall kompleksonati va ular asosidagi kompozisiyalarning po‘lat elektrodga adsorbsiyalanish xususiyatlari aniqlanib, ingibitorning konsentratsiyasi oshishi bilan keng rN chegaralarida ikki elektr qatlamining sig‘imini pasayishi bilan po‘lat elektrodda adsorbsiyalanishi isbotlangan;
adsorbsion muvozanat konstantasining qiymatlari OEDF+NTF < «uniflok» < «uniflok»+OEDF+NTF qatorida oshganligi aniqlanib, ingibitorlarning rux ionlari bilan kompleks hosil qilishi jarayonida ularning adsorbsion muvozanat konstantasi qiymatlari sezilarli darajada ortishi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Korroziya, mineral tuzlar to‘planishi va biotsidlik xususiyatlariga ega bo‘lgan ingibitorlarning sintezi va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oksietilidendifosfon va nitrilotrimetilfosfon kislota rux kompleksonatlari (Zn2+(OEDF+NTF) hamda uniflok asosida olingan korroziya ingibitorlari bilan neft gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari himoyalash texnologiyasi «Shurtanneftgaz qazib chiqarish boshqar-masi»ning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2024 yil 17 iyuldagi 01/9-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida ingibitor ishlab chiqarish imkonini beradi;
oksietilidendifosfon va nitrilotrimetilfosfon kislota rux kompleksonatlari (Zn2+(OEDF+NTF) hamda uniflok asosida olingan korroziya ingibitorlari bilan neft gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari himoyalash texnologiyasi «Shurtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2024 yil 17 iyuldagi 01/9-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirda olib kelinadigan Deropt ingibitorini 2 marta arzon ingibitor bilan almashtirish imkonini beradi.