Yusupova Zarrina Kurbonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Filologik OTM talabalarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3223.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori , professor; Babaniyazova Nargiza Pulatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ishlash jarayonida masofaviy ta’lim samaradorligi va sifatini oshirish uchun raqamli kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan didaktik va metodik ta’minot umumfilologik tamoyillariga ko‘ra faoliyat mazmuni hamda kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib kvalimetriya deskriptoriga kashshof indikatorining mazmun va til integratsiyasini amalga oshirish orqali takomillashtirilgan;
raqamli kompetensiyani rivojlantirishda “texnologiya savodxonligi” moduli mazmuni matnlarni tahrirlash dasturlari asosida lingvistik kompetensiyaga Digital pedagogy texnologiyasi komponentlarini integratsiyasi samaradorligi pedagogik xakaton ta’lim shakliga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil masofaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Modulli-blokli masofaviy ta’lim” (MB-MTT) metodik ta’minoti “CALL” yondashuvini mikrota’lim bosqichlariga moslashtirish asosida “immersiv” AR, VR, 360° videolar orqali til muhitiga “cho‘kish” imkonini yaratish zaruriyatiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
“My digital guide” platformasining chet tili kommunikativ kompetensiyasi ijodiy savodxonlik modulining raqamli matnlar yaratishda lingvistik va diskursiv kompetensiyalariga ustuvorlik berish asosida raqamli resurslarni saralash, ularning mazmuniy va funksional talablarga muvofiqligini baholash hamda o‘quv maqsadlari va kasbiy yo‘nalishlarga moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy xulosalar asosida filologiya yo‘nalishi talabalari uchun masofaviy ta’lim jarayonida raqamli kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha:
raqamli kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan didaktik va metodik ta’minot umumfilologik tamoyillariga ko‘ra faoliyat mazmuni hamda kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib kvalimetriya deskriptoriga kashshof indikatorining mazmun va til integratsiyasini amalga oshirish orqali takomillashtirilganligiga doir ilmiy natijalardan 2022-2023-yillarda GUP “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi” tasarrufidagi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy dasturlar” tahririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va rivojlanish” ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (GUP “O‘zbekiston” teleradiokanali ma’lumotnomasi, 2023-yil 18-aprel, 06/36-585). Natijada, onlayn darslarda o‘qituvchi va talabalar faolligini oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar ommaga e’lon qilindi;
raqamli kompetensiyani rivojlantirishda “texnologiya savodxonligi” moduli mazmuni matnlarni tahrirlash dasturlari asosida lingvistik kompetensiyaga Digital pedagogy texnologiyasi komponentlarini integratsiyasi samaradorligi pedagogik xakaton ta’lim shakliga ustunlik berish asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha tadqiqot natijalari 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP loyihasi doirasidagi “O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish va internatsionalizatsiya qilish” ilmiy loyihasida qo‘llanildi (2023-yil 26-iyundagi 1869/30.02.01-sonli Samarqand davlat chet tillar instituti ma’lumotnomasi). Shuningdek, 2023-yil 18-dekabrda Buyuk Britaniyada, London shahrida, Malvern House Londonda ilmiy stajirovka davomida ushbu natijalar samarali tatbiq etildi. Natijada, filologiya yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari uchun mutaxassislik fanlarini masofaviy ta’limda o‘qitishda innovatsion usullarni samarali qo‘llashga erishildi;
talabalarning mustaqil masofaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Modulli-blokli masofaviy ta’lim” (MB-MTT) metodik ta’minoti “CALL” yondashuvini mikrota’lim bosqichlariga moslashtirish asosida “immersiv” AR, VR, 360° videolar orqali til muhitiga “cho‘kish” imkonini yaratish zaruriyatiga ko‘ra ishlab chiqilganligiga oid ilmiy natijalardan I-204-4-5-sonli “Ingliz tili fanlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” loyihasi doirasida foydalanildi (2023-yil 26-iyundagi 1870/30.02.01-sonli Samarqand davlat chet tillar instituti ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy darslarni yangi yondashuvlar yordamida modernizatsiya qilishga, ingliz tilida gapirish va yozishga motivatsiyani oshiruvchi metodikalarni ishlab chiqishga, talabalarda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun turli elektron materiallar yaratishga erishildi;
“My digital guide” platformasining chet tili kommunikativ kompetensiyasi ijodiy savodxonlik modulining raqamli matnlar yaratishda lingvistik va diskursiv kompetensiyalariga ustuvorlik berish asosida raqamli resurslarni saralash, ularning mazmuniy va funksional talablarga muvofiqligini baholash hamda o‘quv maqsadlari va kasbiy yo‘nalishlarga moslashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy natijasidan “Mening raqamli gidim” elektron platformasini yaratishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 20-fevraldagi DGU 22935-sonli guvohnomasi). Natijada, filologiya yo‘nalishi talabalari uchun raqamli kompetensiyasini baholash mezonlari ishlab chiqildi.