Sultonov Nodir Normurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Karbonat kollektor turlarini neft qazib olish va uni siqib chiqarish koeffisientiga ta’siri (Buxoro-Xiva regioni konlari misolida)», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4156.
Ilmiy rahbar: Asadova Xulkar Boymanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nazrilla Nasimxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sunnatov Muxiddin Saloxiddinovich, geologiya-minereologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regionidagi mahsuldor qatlamlarning turli tog‘ jinslari uchun neftni suv bilan siqib chiqarish koeffisientini ko‘p omilli modellarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni suv bilan siqib chiqarish koeffisientining bir omilli modellari bir xil geologik-fizik sharoitlarda ham katta oraliqda farq qiluvchi natijalar berishi asoslangan;
neftni suv bilan siqib chiqarish koeffisientining ko‘plab omillarga bog‘liqligi va barcha turdagi tog‘ jinslari uchun asosiy ta’sirni qatlamni yuvilganlik koeffisienti berishi isbotlangan;
turli tog‘ jinslari uchun mahsuldor qatlam, kollektor va suyuqliklarning xossalarini hususiyatlovchi ko‘rsatgichlarni hisobga oluvchi neftni suv bilan siqib chiqarish koeffisientining ko‘p omilli modellari yaratilgan;
Buxoro-Xiva regionidagi neft uyumlarida, neft chiqarib olishni oshirishni fizik-kimyoviy usullar bilan orttirish istiqbollari samaradorligini tog‘ jinslari darzliligi, mahsuldor gorizontlarning yuqori turliligi, gaz do‘ppisining mavjudligi va qatlamning neftli qismining kichik qalinligi sababli kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karbonat kollektor turlarini neft qazib olish va uni siqib chiqarish koeffisientiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuqlik olinishi ko‘pikli reagentlar qo‘llab jadallashtirish tavsiyasi Ko‘kdumaloq konidagi №№ 116, 45, 357, 140 va 412 quduqlarda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 7 maydagi 03-18-8-459-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kunlik neft qazib olishni 1,3 tonna orttirish va suvlanganlikni 4% gacha kamaytirish imkonini bergan;
qatlamga haydalayotgan suv hajmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya Shimoliy O‘rtabuloq konida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 7 maydagi 03-18-8-459-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yillik qatlamga haydalayotgan suv hajmini 600-700 ming m3 dan 400-500 ming m3 ga qisqartirib olinayotgan suyuqlikni o‘rtacha suvlanganligini 4,1% ga (76,8 dan 72,7% ga) va 65 ming m3 suyuqlikni qazib olish, transport qilish va qayta ishlashga ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish