Allamberdiev Iskandar Sunnatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kosmogeodezik va geofizik usullar bo‘yicha Tovoqsoy poligoni va unga yondosh hududlar seysmoaktiv zonalarining geodinamik modeli», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/GM236. 
Ilmiy rahbar: Radjabov Shuhrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik; Asadov Akmal Ruzimurodovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kosmogeodezik va geofizik usullar yordamida olingan ma’lumotlarni talqin qilish asosida Tovoqsoy poligoni va unga yondosh hududlar seysmik faol zonalarining geodinamik modelini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy radarli interferometriya va geomorfologik usullari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tadqiqot hududidan o‘tgan er yoriqlari ajratilgan.
radarli interferometriya va GNSS usullari o‘lchov natijalari orqali Tovoqsoy geodinamik poligoni er qobig‘ining zamonaviy vertikal va gorizontal harakatlari aniqlangan.
ilk bor O‘zbekiston sharoitida kosmik tasvirlarni radarli interferometriya usuli orqali deshifrovkalash natijasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi qiyosiy baholangan.
Chotqol-Qurama hududi er qobig‘ining uch o‘lchamli zamonaviy geodinamik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kosmogeodezik va geofizik usullar bo‘yicha Tovoqsoy poligoni va unga yondosh hududlar seysmoaktiv zonalarining geodinamik modelini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kosmogeodezik va geofizik usullarni asosida Chotqol-Qurama hududining tajriba-sinov uchun tanlangan mahalliy miqyosdagi hududlari bo‘yicha turli faollik darajasiga ko‘ra ajratilgan er yoriqlari xaritasi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 avgustdagi 2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkentoldi hududi er qobig‘ining zamonaviy vertikal va gorizontal harakatlari keskin o‘zgargan qismlarini baholashga imkon bergan;
Tovoqsoy maydoni va uning atrof hududlarida 2022-2024 yillarda olib borilgan davriy GNSS o‘lchovlari asosida tuzilgan er qobig‘ining o‘rtacha yillik gorizontal va vertikal harakat tezliklarining Globk va Matlab modellari Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 avgustdagi 2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududining zamonaviy geodinamik holatini baholashga va er qobig‘ining zamonaviy harakatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston sharoitida kosmik radarli interferometriya usulidan foydalangan holda tuzilgan Tovoqsoy hududining zamonaviy geodinamik harakatlarini aks ettiruvchi model xarita Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti”DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 avgustdagi 2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, erni masofadan zondlash, Sentinel-1 kosmik tasvirlarini deshifrovkalash tadqiqotlari er qobig‘ining geodinamik harakatlarini tizimli monitoring qilishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish