Axmadjanov Doniyor Baxtiyor o‘g‘lining pedagogika fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini himoya qilish haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning metodik asoslari (tarix fanlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1054
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov G‘ofurjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jasur Akmalovich – pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Rahim Bahromovich – pedagogika fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich – tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik zarurati Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka aksil-mazmunli yondashuv orqali shaxsiy identifikatsiya traektoriyasiga ko‘ra aksiologik-motivatsion integratsiyalash orqali asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlaridan foydalanishning konseptual asoslari aksiologik yondashuv va kognitiv tahlil asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini integrativ tarkibiylikka ko‘ra refleksiv-madaniy talqin orqali ochib berish asosida takomillashtirilgan;
Sharq va G‘arb pedagogikasida tarbiya masalasining qiyosiy tavsifi ularning mentalitet bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarini aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish hamda tarbiya tamoyillarining fundamental asoslarini tarbiya usullari va metodlarining samaradorligiga innovatsion tatbiq etish orqali ochib berilgan;
tarix ta’limida zamonaviy o‘qituvchi konsepsiyasi ta’lim mazmuniga qo‘yilgan zamonaviy talablarni milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni uyg‘unlashtirish, talabalarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda kasbiy mo‘ljalning universallik va formativlik tamoyillariga muvofiq didaktik konvergensiya vositasida kompetensiyalarni integrativ shakllantirishni samarali joriy etish asosida ishlab chiqilgan;
Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik modeli tarbiya nazariyasining aksiologik asoslari va ta’lim jarayonida axloqiy dilemmalarni integratsiya qilish orqali talabalarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga metodik yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish borasidagi olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka aksil-mazmunli yondashuv orqali shaxsiy identifikatsiya traektoriyasiga ko‘ra aksiologik-motivatsion integratsiyalash orqali asoslangan bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik zarurati bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda 108272-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tarix ta’limi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish hamda tarix o‘qituvchilarining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan, talabalarning tarbiyaviy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
Sharq va G‘arb pedagogikasidagi mentalitet bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarni aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish hamda tarbiya tamoyillarining fundamental asoslarini tarbiya usullari va metodlarining samaradorligiga innovatsion tatbiq etish orqali ochib berish borasidagi taklif va tavsiyalardan “Kasbiy ma’naviyat” darsligi mazmuniga singdirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda 452471-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, Sharq va G‘arb pedagogikasidagi ilg‘or jihatlarni integratsiyalash borasida takliflar ishlab chiqilgan;
ta’lim mazmuniga qo‘yilgan zamonaviy talablarni milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni uyg‘unlashtirish, talabalarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda kasbiy mo‘ljalning universallik va formativlik tamoyillariga muvofiq didaktik konvergensiya vositasida kompetensiyalarni integrativ shakllantirishni samarali joriy etish asosida ishlab chiqilgan tarix ta’limida zamonaviy o‘qituvchi konsepsiyasi borasidagi tavsiyalardan Lublin Texnologiya Universitetida bajarilgan PPI/APM/2019/1/00004-raqamli “3D Digital Silk Road” (2020-2022-yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2025-yil 17-fevraldagi 04/548-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning metodik asoslarini ommalashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
aksiologik yondashuv va kognitiv tahlil asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini integrativ tarkibiylikka ko‘ra refleksiv-madaniy talqin orqali ochib berish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlaridan
foydalanishning konseptual asoslari bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi
“O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2024-yil noyabr va dekabr oylaridagi sonlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 26-fevraldagi 05-09-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy-texnologik tizim ommalashtirishga erishilgan.