Shermuxamedova Gulandomxon Tadjievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarda og‘iz-xalqumning yiringli-yallig‘lanishini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Tib2448.
Ilmiy rahbar: Tadjieva Nigora Ubaydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarda og‘iz-halqumidagi yiringli-yallig‘lanishning tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarda 72,5% holatlarda Epshteyn-Barr virusi, 23,3% holatda sitomegalovirus hamda 4,2% holatda 6 turdagi oddiy gerpes viruslarga qarshi maxsus IgM aniqlangan; 
yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarning og‘iz-xalqum yallig‘lanishida 48,3% holatlarda patogen mikroflora (Stapylococcus aureus-26/21,7%, Streptococcus pyogenes-12/10,0%, Candida albicans 13/10,8%) va 7/5,8% holatda bakterial-zamburug‘li assotsiatsiyalar ahamiyati isbotlangan; 
ilk bor yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bemorlarda prokalsitonin ko‘rsatkichlarini ortishi empirik antibakterial terapiyani belgilashda ahamiyati isbotlangan;
yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan Stapylococcus aureus shtammlariga ftorxinolon, xloramfenikol, sefotaksim, seftazidim (92%), linezolid (96%) antibiotiklar guruhlariga yuqori sezgirli ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 26 apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarda 72,5% holatlarda Epshteyn-Barr virusi, 23,3% holatda sitomegalovirus hamda 4,2% holatda 6 turdagi oddiy gerpes viruslarga qarshi maxsus IgM aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashida 2023 yil 26 dekabrdagi 1n-r/130-son bilan tasdiqlangan «Infeksion mononukleozda diagnostika va davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 26 apreldagi 16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleoz kasalligida bakterial asoratlarni erta tashxisotini  amalga oshirish, antibiotiklarni to‘g‘ri tanlash, kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleoz kasalligida og‘iz-halqum yallig‘lanishini erta etiologik tashxisotini amalga oshirish orqali bemorlarga qo‘shimcha antibakterial vositalarga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;    
 ikkinchi ilmiy yangilik: yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bolalarning og‘iz-xalqum yallig‘lanishida 48,3% xolatlarda patogen mikroflora (Stapylococcus aureus-26/21,7%, Streptococcus pyogenes-12/10,0%, Candida albicans 13/10,8%) va 7/5,8% holatda bakterial-zamburug‘li assotsiatsiyalar ahamiyatini isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashida 2023 yil 26 dekabrdagi 1n-r/130-son bilan tasdiqlangan «Infeksion mononukleozda diagnostika va davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 26 apreldagi 16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleoz kasalligida kuzatiladigan bakterial asoratlarni davolashda antibakterial vositalardan ratsional foydalanish bakterial patogenlarni rezistentligini shakllanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleozda kuzatiladigan bakterial asoratlarni davolashda antibakterial vositalardan ratsional foydalanish yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanishi uchun bir kuniga sarflanadigan xarajatlarini davlat byudjetidan 1122870 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bemorlarda prokalsitonin ko‘rsatkichlarini ortishi empirik antibakterial terapiyani belgilashda ahamiyati bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashida 2023 yil 26 dekabrdagi 1n-r/130-son bilan tasdiqlangan «Infeksion mononukleozda diagnostika va davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 26 apreldagi 16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqumli mononukleoz kasalligida bakterial asoratlarni erta tashxisotini amalga oshirish, empirik antibakterial terapiyani belgilash, kasallikni og‘ir asoratlarini rivojlanishini va asoslanmagan antibakterial terapiyani oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleozda bakterial asoratlarni erta tashxisotini amalga oshirish, davolashda asoslanmagan antibakterial terapiyani oldini olish orqali qo‘shimcha sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi;   
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqumli mononukleoz bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan Stapylococcus aureus shtammlariga ftorxinolon, xloramfenikol, sefotaksim, seftazidim (92%), linezolid (96%) antibiotiklar guruhlariga yuqori sezgirli ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashida 2023 yil 26 dekabrdagi 1n-r/130-son bilan tasdiqlangan «Infeksion mononukleozda diagnostika va davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 26 apreldagi 16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqumli mononukleozda antibakterial terapiyani asoslash, og‘iz-xalqumning yiringli-yallig‘lanishiga olib keluvchi klinik ahamiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarni antibakterial dori vositalarga sezgirligi bo‘yicha ma’lumotlarni monitoringini olib borish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda yuqumli mononukleoz kasalligida bakterial asoratlarni davolashda asoslangan antibakterial terapiyani amalga oshirish  bemorlarning statsionarda davolash muddatlari o‘rta hisobda 7 kundan 5 kungacha kamaytiradi, bu esa bemorni  davolashga sarflanadigan xarajatlarni 25% kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish