Ochilov Ulugbek Usmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning tibbiy-ijtimoiy korreksiyasi va reabilitatsiya jarayonining xususiyatlari”, 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya, 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib490.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Imamov Akbar Xodjaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘smirlardagi xavotirli-depressiv buzilishlarning reabilitatsiya jarayonining o‘ziga xosliklarini o‘rganish va kasallikning shakllanish omillari hamda kliniko-dinamik xususiyatlarini inobatga olgan holda tibbiy-ijtimoiy korreksiya tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning yosh va jins xususiyatlarini hisobga olgan holda klinik namoyon bo‘lishi shakllari tizimli tahlil qilingan, aralash xavotirli-depressiv holatlar ustunligi (67%), somatik belgilarning yuqori darajada bo‘lishi (78%), niqoblangan depressiya shakllariga moyillik (43%) hamda uyqu va ishtaha buzilishlari bilan yaqqol bog‘liqlik (85%) xollarda uchrashi aniqlangan; 
konstitusiyaviy-biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning xavotirli-depressiv buzilishlarning rivojlanishi va klinik kechishidagi o‘zaro bog‘liqligi ilmiy aniqlanib, ularning integral baholash modeli ishlab chiqilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan;
o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda dori-darmon vositalari, psixoterapiya va ijtimoiy korreksiyani uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya tadbirlarini qo‘llash orqali 78% holatda ijobiy samaradorlikka erishganligi, bu ko‘rsatkich faqatgina farmakoterapiyadan alohida foydalanilganda esa 45% ni tashkil etganligi aniqlangan;
ilk bor o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning reabilitatsiya chora-tadbirlari, ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavf omillarini (shaxsiy psixologik xususiyatlar, oilaviy va ijtimoiy stressorlar, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, kiberbulling) hisobga olgan holda, multidissiplinar yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
ilk bor o‘smirlarda individual va guruhli psixoterapiya, oilaviy maslahat, ijtimoiy moslashuv va medikamentoz korreksiyani o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya tizimini qo‘llash natijasida, 12 oy davomida asosiy guruhdagi o‘smirlarning 82% da (p<0,001) barqaror klinik remissiya kuzatilganligi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 51% ni tashkil etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2024 yil 13 noyabrdagi 08/56 – sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning yosh va jins xususiyatlarini hisobga olgan holda klinik namoyon bo‘lishi shakllari tizimli tahlil qilingan, aralash xavotirli-depressiv holatlar ustunligi (67%), somatik belgilarning yuqori darajada bo‘lishi (78%), niqoblangan depressiya shakllariga moyillik (43%) hamda uyqu va ishtaha buzilishlari bilan yaqqol bog‘liqlik (85%) xollarda uchrashi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 3-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘smirlarda kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash va profilaktika usullari” va “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar shakllanishini aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 10.12.2022 yildagi 133-k-sonli buyruq, Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 05.11.2022 yildagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 13.11.2024 yildagi 08/56-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning yosh va jins xususiyatlariga mos individual profilaktika va reabilitatsiya chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoni yaratildi. Bu ta’lim muassasalarida, oila va jamoat tizimlarida erta aralashuv mexanizmlarini qo‘llash orqali o‘smirlarning psixoemotsional holatini barqarorlashtirish, ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va kelgusida ruhiy salomatlikni saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning yosh va jins xususiyatlarini hisobga olgan holda klinik namoyon bo‘lish shakllarini erta aniqlash va tizimli baholash imkonining yaratilishi - belgilari og‘irlashgan holatlarning kech aniqlanishi va uzoq muddatli statsionar davolash ehtiyojini kamaytirishga xizmat qildi. Bu, o‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirish, ambulator yordam samaradorligini oshirish va profilaktika tadbirlariga sarflanadigan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish imkonini yaratdi. Shuningdek, reabilitatsiyaga muddatidan ilgari jalb etilgan o‘smirlarda ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlari yaxshilandi, bu esa davlat uchun mehnat resurslarini saqlab qolish va ijtimoiy to‘lovlar yukini kamaytirish bilan bog‘liq iqtisodiy samara beradi. Xulosa: o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning klinik namoyon bo‘lishida yosh va jins xususiyatlarining ahamiyatli farqlari mavjudligi aniqlandi. Aralash shakllar ustunligi, somatik belgilarning yuqoriligi, niqoblangan depressiya va funksional buzilishlar kabi belgilarni hisobga olish - erta tashxis va samarali individual yondashuvni ta’minlashda imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: konstitusiyaviy-biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning xavotirli-depressiv buzilishlarning rivojlanishi va klinik kechishidagi o‘zaro bog‘liqligi ilmiy aniqlanib, ularning integral baholash modeli ishlab chiqilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 3-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘smirlarda kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash va profilaktika usullari” va “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar shakllanishini aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 10.12.2022 yildagi 133-k–sonli buyruq, Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 05.11.2022 yildagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 13.11.2024 yildagi 08/56-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: integral baholash modeli yordamida o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarni keltirib chiqarayotgan biologik, psixologik va ijtimoiy xavf omillari tizimli ravishda baholanishi ta’minlandi. Bu mutaxassislarga har bir bemorga individual yondashish, erta aralashuv va maqsadli reabilitatsiya choralarini ko‘rish imkonini berdi. Natijada ijtimoiy adaptatsiya, ta’limga qaytish va oilaviy muhitda barqarorlashuv ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: omillarning integral baholashi orqali og‘irlashgan holatlarning oldi olinib, murakkab va qimmatbaho davolash usullariga ehtiyoj kamaydi. Bundan tashqari, takroriy kasallanishlar soni qisqarib, davolash va reabilitatsiya xarajatlari optimallashdi. Xulosa: konstitusiyaviy-biologik, psixologik va ijtimoiy omillar xavotirli-depressiv buzilishlarning rivojlanishida o‘zaro bog‘liq ekani ilmiy asoslangan holda tasdiqlandi. Ushbu omillarni qamrab olgan integral baholash modeli samarali tashxis va reabilitatsiyani amalga oshirish uchun ishonchli instrument sifatida qo‘llanilishini imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda dori-darmon vositalari, psixoterapiya va ijtimoiy korreksiyani uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya tadbirlarini qo‘llash orqali 78% holatda ijobiy samaradorlikka erishganligi, bu ko‘rsatkich faqatgina farmakoterapiyadan alohida foydalanilganda esa 45% ni tashkil etganligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 3-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘smirlarda kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash va profilaktika usullari” va “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar shakllanishini aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 10.12.2022 yildagi 133-k–sonli buyruq, Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 05.11.2022 yildagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 13.11.2024 yildagi 08/56-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu reabilitatsiya modeli o‘smirlarda psixoemotsional barqarorlikka, ta’lim muassasalariga moslashishga, ijtimoiy izolyasiya va o‘z-o‘zini cheklash tendensiyalarini kamaytirishga olib keldi. Suisidal xavf omillarining pasayishi, oilaviy munosabatlardagi yaxshilanish va bolalarning ijtimoiy faollik darajasining oshishi qayd etildi. Bu esa jamiyatda o‘smirlar psixik salomatligiga bo‘lgan yondashuvning sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks yondashuv tufayli bemorlarda klinik barqarorlikka tezroq erishildi, takroriy kasallanishlar soni kamaydi, uzoq muddatli statsionar davolash, kasallikni kuzatish va qayta joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar kamaytirildi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish ta’minlandi, ambulator yordamning maqsadliligi oshdi va qayta shifoxonaga yotqizish holatlari qisqardi. Xulosa: dori-darmon, psixoterapiya va ijtimoiy korreksiya elementlarini uyg‘unlashtiruvchi kompleks reabilitatsiya dasturi xavotirli-depressiv buzilishlarga chalingan o‘smirlarda yuqori samaradorlikka erishishda samarali usul sifatida o‘zini oqladi. Ushbu yondashuv psixologik, ijtimoiy va klinik omillarni hisobga olgan holda, amaliy sohaga tatbiq etish uchun tavsiya etiladigan maqsadli va ustuvor model hisoblash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning reabilitatsiya chora-tadbirlari, ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavf omillarini (shaxsiy psixologik xususiyatlar, oilaviy va ijtimoiy stressorlar, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, kiberbulling) hisobga olgan holda, multidissiplinar yondashuvlar asosida takomillashtirilganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 3-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘smirlarda kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash va profilaktika usullari” va “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar shakllanishini aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 10.12.2022 yildagi 133-k–sonli buyruq, Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 05.11.2022 yildagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 13.11.2024 yildagi 08/56-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: multidissiplinar yondashuv (psixiatr, klinik psixolog, pedagog, ijtimoiy xodim ishtirokida) individual holatlarni kompleks baholash va maqsadli yordam ko‘rsatish imkonini berdi. Ta’lim, oila va jamoadagi muhitda mavjud xavf omillarini individual baholash va bartaraf etishga qaratilgan ushbu model o‘smirlarning psixoemotsional holatini barqarorlashtirdi. Bolalarning ijtimoiy faolligi, ta’lim muassasalariga moslashuvi va tengdoshlar bilan munosabatlari yaxshilandi. Reabilitatsiyadan keyin suisidal xavflar, konfliktli munosabatlar va ijtimoiy izolyasiya holatlarining kamayishi kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: multidissiplinar yondashuv asosida erta aralashuv va maqsadli reabilitatsiya orqali og‘irlashgan holatlar, takroriy davolanish va uzoq muddatli statsionar muolajalar ehtiyoji kamaydi. Bu sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi resurslarni tejash, profilaktik choralarni maqsadli tashkil etish va ijtimoiy soha xarajatlarini optimallashtirish imkonini yaratdi. Xulosa: xavotirli-depressiv buzilishlarning rivojlanishida ishtirok etuvchi xavf omillarini hisobga olgan holda reabilitatsiyaga multidissiplinar yondashuvni joriy etish o‘smirlarda samarali tiklanish, psixoemotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga olib keladi. Ushbu model amaliyot uchun yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, respublika bo‘yicha joriy etish uchun tavsiya etiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘smirlarda individual va guruhli psixoterapiya, oilaviy maslahat, ijtimoiy moslashuv va medikamentoz korreksiyani o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya tizimini qo‘llash natijasida, 12 oy davomida asosiy guruhdagi o‘smirlarning 82% da (p<0,001) barqaror klinik remissiya kuzatilganligi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 51% ni tashkil etganligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 3-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘smirlarda kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash va profilaktika usullari” va “O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar shakllanishini aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 10.12.2022 yildagi 133-k–sonli buyruq, Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga 05.11.2022 yildagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 13.11.2024 yildagi 08/56-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks reabilitatsiya dasturi o‘smirlarda psixoemotsional barqarorlikka erishish, ta’lim muassasalariga qaytish, oila va jamiyatga moslashish darajasini oshirishga xizmat qildi. Bu o‘smirlar o‘rtasidagi suisidal holatlar, ijtimoiy chetlanish va residivlar ehtimolini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy samaradorligi: barqaror remissiyaning yuqori darajada ta’minlanishi orqali qayta davolash va uzoq muddatli terapiya xarajatlari qisqardi. Kompleks yondashuv moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Xulosa: individual va guruhli psixoterapiya, oilaviy maslahat va medikamentoz korreksiyani qamrab olgan kompleks reabilitatsiya tizimi o‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda yuqori samarador ekani bilan ajralib turdi va amaliyot uchun tavsiya etiladigan maqsadli model sifatida ilmiy asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish