Ibragimov Shodlik Botirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aholi turar joy binolarida termitlarning tarqalishi va ularga qarshi kurash istiqbollari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V819.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati urbanlashgan ekotizimlarda Anacanthotermes termitlarining tarqalish va zararlash sabablarini aniqlash asosida ular sonini nazorat qilishning samarali kimyoviy va biologik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Anacanthotermes avlodi termitlarining aholi turar joy binolardagi holati, ularning populyasiya tuzilishi, turli kastalarda ko‘rinishi va rivojlanish bosqichlari aniqlangan;
Anacanthotermes avlodi termit tabaqalarining funksional rivojlanish xususiyatlari, hulq atvori, ularning o‘zaro munosabatlari va aholi turar joy binolarda termitlarning mavsumiy hamda fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq migratsiyasi aniqlangan;
termitlar miqdorini boshqarish xususiyatiga ega bo‘lgan atrof muhit uchun zararsiz kimyoviy hamda biologik insektisidlarning biologik samaradorligi ochib berilgan;
ilk bor Populus pruinosa + Metarhizium anisopliae 1*107 konidiya/ml + 0,3ppm fipronil + jalb qiluvchi stimulyatorlar asosida termitlar miqdorini boshqarish xususiyatiga ega bo‘lgan patogenli em-xo‘rak yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi turar joy binolarda termitlarning rivojlanishi, tarqalishi va ularga qarshi kurash istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Metarhizium anisopliae zamburug‘i shtammi va Ferula (Ferula assa-foetido) o‘simligi poyasi asosida tayyorlangan atrof-muhit uchun zararsiz bo‘lgan biologik em-xo‘rak Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 30 maydagi 01/18-2-1717-son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlarga qarshi kurashda kimyoviy preparatlar o‘rniga atrof-muhit uchun xavfsiz biologik toza va arzon zamburug‘ shtammi preparati ishlatilib, foydali hasharotlarni saqlab qolish, termitlar miqdorini kamaytirish va doimiy nazoratga olish imkonini bergan;
termitlar faoliyatini masofadan turib aniqlash qurilmasi Xiva shahrining “Mevaston”, “Kaptarxona”, “Qumyaska”, “Yangiturmush”, “Kalta minor” va “Ichan qal’a” mahallalaridagi aholi turar binolarga joylashtirib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2024 yil 28 maydagi 4/1255-1151-son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlardan zararlanishni 75-85%, populyasiyalarda termitlar miqdorini 80-90% gacha kamayishiga erishilgan hamda qanotli tabaqalarning migratsiyasini keskin qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish