Karimjonov Hayotbek Mirodilbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidrolizlanuvchi taninlarning kardioprotektorlik xususiyatlarini baholash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1330.
Ilmiy rahbar: Gayibov Ulug‘bek Gapparjanavich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaolimov Mirzoxid Mirzavalievich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rhus glabra va Plantago major o‘simliklaridan ajratib olingan gidrolizlanuvchi taninlarning kardioprotektor xususiyatlarini molekulyar ta’sir mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PS-5 va plantagin gidrolizlanuvchi taninlarning ATFga bog‘liq kaliy kanallari orqali amalga oshuvchi kardioprotektor antioksidant faolligi eksperimental jihatdan tavsiflangan;
PS-5 va plantagin gidrolizlanuvchi taninlarning adrenalin bilan induksiyalangan ishemiya modelida yurak shikastlanishiga oid CK, LDH, ALT va AST fermentlari faolligini pasaytiruvchi kardioprotektiv ta’siri aniqlangan;
ilk bor PS-5 va plantagin gidrolizlanuvchi taninlari mitoxondriyalardagi ATFga bog‘liq kaliy kanallarini uning blokatori glibenklamid ishtirokida faollashtirib, ularning kardioprotektor ta’siri mitoxondrial himoya mexanizmlari orqali amalga oshishi isbotlangan;
gidrolizlanuvchi tanin birikmalari ta’sirida mitoxondriya ATFga bog‘liq kaliy kanalni faollashishi bilan kardiomarker fermentlarning faolligining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PS-5 va plantagin gidrolizlanuvchi taninlarining kardioprotektor hamda antioksidant xossalarini aniqlanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrolizlanuvchi tanin birikmalarni mitoxondriya kaliy kanalining faolligiga ta’siri hamda kardioprotektor xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasiyasidan Bioorganik kimyo institutining “Euphorbia (molochay) o‘simliklaridan ajratib olingan birikmalarning antiradikal va antioksidant xususiyatlarini o‘rganish, ular yordamida mitoxondriyalarning funksiyalarini korreksiya qilish” mavzusidagi amaliy loyihasida normobarik, sirkulyator va alimentar gipoksiya modellarida molekulyar ta’sir mexanizmlarini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 8 yanvardagi 4/1255-62-son ma’lumotnomasi). Natijada, Euphorbia o‘simligidan ajratib olingan l-O-galloil-4,6- geksagidroksidifenoil--D-glyukoza (PS-1), 1,2,6-tri-O-galloil--D-glyukoza (PS-2), 2,3-di-O-galloil--D-glyukoza (PS-3) va PS-5 gidrolizlanuvchi taninlarning antigipoksant xususiyatlari dozalariga bog‘liq ravishda normobarik, sirkulyator va alimentar gipoksiya modellarida molekulyar ta’sir mexanizimlarini aniqlash imkonini bergan;
gidrolizlanuvchi tanin birikmalarining ATFga bog‘liq kaliy kanallari, mitoxondriya funksional parametrlari va ishemiya sharoitida yurak-marker fermentlari (KK, LDH) faoliyatini korreksiya qilish, ishemiya davrida va undan keyin yurak disfunksiyasini oldini olish mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalardan Polsha Respublikasi Lodz universitetining “Tyrosine-modified polethylenimine polymers as a promising vectors for siRNA delivery in synergistic cancer immunotherapy” mavzusidagi loyihasida polifenol birikmalarning, ayniqsa PS-5, antioksidant faolligi tufayli immunoterapevtik taʼsir mexanizmlarini yoritishda qo‘llanilgan (Lodz universitetining 2025 yil 28 martdagi UMO-2020/37/N/NZ5/02359-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,, mitoxondriya darajasida kardioprotektiv va antigipoksantlarning molekulyar ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.