Xakimov Shamsiddin Xusniddin o‘g‘li
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi “Talabalarning ingliz tilidan kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Atadjanova Shaxnoza Abbosovna. Pedagogika fanlari doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti., DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodir Boqijonovich pedagogika fanlari doktori, professor. Utaeva Iroda Baxodirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning ingliz tilidan kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyati ingliz tilida samarali muloqot qilish, fikrlarni aniq va to‘g‘ri ifodalash, talabalarning tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirish, madaniy farqni hisobga olish hamda, interferensiya hodisasini kommunikativ kompetensiyani o‘rganishda virtual o‘quv muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli kognitiv faoliyatga asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni o‘z kommunikativ faoliyatini doimiy refleksiya qilish va faollashtirishga intilish yo‘naltirish, o‘zini-o‘zi korreksiyalash motivlariga hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi talabalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirildi;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi interaktiv, muammoli, rolli o‘yinlar, task-based metodlar va texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari va kompleks o‘qitish g‘oyalarini izchil uyg‘unlashtirish hamda shaxsiy faollik, mustaqillik, tanqidiy fikrlash va kasbiy ijtimoiylashuvni pedagogik faoliyatning reseptiv turiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirildi;
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi nutq faoliyati, tinglash, o‘qish va yozish kompetensiyalarni baholash mezonlarni ingliz tilidagi kommunikativ faoliyatni yuqori, o‘rta, past, quyi darajalari obektivligini aniqlashtirish, hamda qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyati ingliz tilida samarali muloqot qilish, fikrlarni aniq va to‘g‘ri ifodalash, talabalarning tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirish, madaniy farqni hisobga olish hamda, interferensiya hodisasini kommunikativ kompetensiyani o‘rganishda virtual o‘quv muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo ’llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3020/04 – son dalolatnomasii). Natijada, xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi talabalarining kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli kognitiv faoliyatga asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni o‘z kommunikativ faoliyatini doimiy refleksiya qilish va faollashtirishga intilish yo‘naltirish, o‘zini-o‘zi korreksiyalash motivlariga hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi talabalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3020/04 – son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi interaktiv, muammoli, rolli o‘yinlar, task-based metodlar va texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari va kompleks o‘qitish g‘oyalarini izchil uyg‘unlashtirish hamda shaxsiy faollik, mustaqillik, tanqidiy fikrlash va kasbiy ijtimoiylashuvni pedagogik faoliyatning reseptiv turiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3020/04 – son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik ta’minoti boyitilgan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi nutq faoliyati, tinglash, o‘qish va yozish kompetensiyalarni baholash mezonlarni ingliz tilidagi kommunikativ faoliyatni yuqori, o‘rta, past, quyi darajalari obektivligini aniqlashtirish, hamda qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3020/04 – son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning samaradorligi aniqlashtirilgan.