Abdullaeva Kamola Abdurashidovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Feruza Ikromovna. Filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Narboeva Malohat Xudoyberdievna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
     talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasining didaktik imkoniyatlari tahsil oluvchilarning individual o‘ziga xos qobiliyat va mayllarni raqamli transformatsiya sharoitlariga moslashtirish, amaliy yo‘nalishni rivojlantirish hamda belgilangan bosqichlarni raqamli muhitga maqbul holda uyg‘unlashtirish va metodik shart-sharoitlarga mos ta’limiy resurslar bilan ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
       raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga ingliz tilining lingvistik konstruksiyalarini o‘rgatish modeli vizual va eshitish tasvirlarini idrok etish ko‘nikmalarini ta’lim vaziyatlariga singdirish, amaliy yo‘naltirilgan uslubiy sharoitlarga interpretatsiyalash hamda o‘zini o‘zi anglash va o‘rganilayotgan til hodisasini Geymifikatsiya, Web-kvest, Striming, virtual-konsultatsiyalar vositalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
     nolisoniy oliy ta’lim yo‘nalishi bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilidagi   konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasi kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv bosqichlariga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlarni tashkil etish, “Raqamli intelllektual marafon”  mualliflik dasturini o‘quv motivatsiyasini oshirish, kasbiy muloqot leksikasini boyitish jarayonlariga tatbig‘ini kengaytirish asosida  takomillashtirilgan;
      nolisoniy oliy ta’lim yo‘nalishi bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilidagi   konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasi samaradorligi o‘qitish jarayonining modifikatsiyasini belgilovchi muhitning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ingliz tilidagi topshiriqlarni talabalar bilimiga transformatsiyalashning rivojlanganligini ta’minlovchi o‘zaro ta’sir, self assesment (o‘zini o‘zi baholash) me’zonlarini baholashning darajalariga to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘lchash osonligi va muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasining didaktik imkoniyatlari tahsil oluvchilarning individual o‘ziga xos qobiliyat va mayllarni raqamli transformatsiya sharoitlariga moslashtirish, amaliy yo‘nalishni rivojlantirish hamda belgilangan bosqichlarni raqamli muhitga maqbul holda uyg‘unlashtirish va metodik shart-sharoitlarga mos ta’limiy resurslar bilan ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil, 27 maydagi 11-05-3417/04-son dalolatnoma). Natijada, talabalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim yo‘nalishlarida didaktik jarayon sifatini oshirish imkoniyati kengaytiririlgan;
  raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga ingliz tilining lingvistik konstruksiyalarini o‘rgatish modeli vizual va eshitish tasvirlarini idrok etish ko‘nikmalarini ta’lim vaziyatlariga singdirish, amaliy yo‘naltirilgan uslubiy sharoitlarga interpretatsiyalash hamda o‘zini o‘zi anglash va o‘rganilayotgan til hodisasini geymifikatsiya, Web-kvest, Striming, virtual-konsultatsiyalar vositalariga uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil, 27 maydagi 11-05-3417/04-son dalolatnoma). Natijada, ingliz tilini o‘qitish jarayoniga raqamli vositalarni tatbiq qilish o orqali tahsil oluvchilarning o‘quv motivatsiyalarini oshirish, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasbiy muloqat leksikasini boyitish samaradorligi oshgan;
  nolisoniy oliy ta’lim yo‘nalishi bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilidagi   konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasi kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv bosqichlariga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlarni tashkil etish, “Raqamli intelllektual marafon”  mualliflik dasturini o‘quv motivatsiyasini oshirish, kasbiy muloqot leksikasini boyitish jarayonlariga tatbig‘ini kengaytirish asosida  takomillashtirishga oid takliflar “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil, 27 maydagi 11-05-3417/04-son dalolatnoma). Natijada talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish metodikasini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish imkoniyati kengaygan.
  talabalarga ingliz tilidagi lingvistik konstruksiyalarni o‘rgatish samaradorligi o‘qitish jarayonining modifikatsiyasini belgilovchi muhitning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bilimga transformatsiyalash hamda kognitiv rivojlanishni ta’minlovchi o‘zaro ta’sir, self assesment (o‘zini o‘zi baholash) me’zonlarini baholashning darajalariga to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘lchash osonligi va muvofiqligini prognostik ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil, 27 maydagi 11-05-3417/04-son dalolatnoma). Natijada, talabalarga ingliz tilini o‘qitishning shakl va uslublari tizimlashtirilib, lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishda podkasting mexanizmlaridan samarali foydalanish, ingliz tilini o‘qitish amaliyotiga joriy etish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish