Odiljonova Shoxsanam Abdug‘appor QIZI
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda yozuv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Nolisoniy ta’lim muassasalari misolida) 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna. Pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Jabborov Ulug‘bek Abduraxmanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda yozuv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari yozma nutqni yaratish jarayonini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda xorijiy til muloqot vositalarini egallashga erishish, yozma nutqning tipologik xususiyatlariga ko‘ra turli shakllarida namoyon bo‘lishiga qaratilgan strategik, taktik, janr, matn va lingvo-ritorik belgilarni tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda yozuv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli shaxsiy faoliyatga va kommunikativ-kognitiv yondashuvlar didaktik birligini ta’minlashga qaratilgan yozma asarlarini tahlil qilish, yozma muloqotga motivatsiyani oshirish va fikrni yuqori darajada komplekslash uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mashqlar quyi tizimi, jarayonli, janrga asoslangan, kolloborativ yozuv usullari integrativ yaxlitligini ta’minlash, yozuv kompetensiyani leksik-grammatik me’yorlarga muvofiq rivojlantirish, yozma matnni bog‘langan, mantiqiy, yakunlangan shaklda taqdim etish hamda chet tilida muloqot shakllarini va vositalarini tanlash dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi aqliy jarayonlari tushunish, tahlil qilish, umumlashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan nutq ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlarning talablariga mos mazmunli uyg‘unlashtirish hamda talabalarning yozuvdagi yangilikka original fikrlarni ifodalashga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarda yozuv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari yozma nutqni yaratish jarayonini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda xorijiy til muloqot vositalarini egallashga erishish, yozma nutqning tipologik xususiyatlariga ko‘ra turli shakllarida namoyon bo‘lishiga qaratilgan strategik, taktik, janr, matn va lingvo-ritorik belgilarni tahlil qilish asosida aniqlashtirshga oid takliflardan “Developing writing skills in a foreign language” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-maydagi 11-05-2453/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning yozuv kompetensiualarini rivojlantirishning mazmun-mohiuatini tahlil etishga erishilgan;
talabalarda yozuv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli shaxsiy faoliyatga va kommunikativ-kognitiv yondashuvlar didaktik birligini ta’minlashga qaratilgan yozma asarlarini tahlil qilish, yozma muloqotga motivatsiyani oshirish va fikrni yuqori darajada komplekslash uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Developing writing skills in a foreign language” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-maydagi 11-05-2453/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda yozuv kompetensiuani rivojlantirishning nazariu modeli takomillashtirilgan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mashqlar quyi tizimi, jarayonli, janrga asoslangan, kolloborativ yozuv usullari integrativ yaxlitligini ta’minlash, yozuv kompetensiyani leksik-grammatik me’yorlarga muvofiq rivojlantirish, yozma matnni bog‘langan, mantiqiy, yakunlangan shaklda taqdim etish hamda chet tilida muloqot shakllarini va vositalarini tanlash dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Developing writing skills in a foreign language” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-maydagi 11-05-2453/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning yozuv kompetensiuasini rivojlantiruvshi uondashuvlar va tamouillar rivojlantirish imkoni amalga oshirilgan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi aqliy jarayonlari tushunish, tahlil qilish, umumlashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan nutq ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlarning talablariga mos mazmunli uyg‘unlashtirish hamda talabalarning yozuvdagi yangilikka original fikrlarni ifodalashga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga doir ma’lumotlardan “Developing writing skills in a foreign language” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-maydagi 11-05-2453/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda yozuv kompetensiuani rivojlantirishning baholash mezonlari va shakllari, usullari va vositalarini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.