Xolmatov Dilshod Sottorjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magniy pal`mitati, oleati va stearatining amidlar bilan koordinatsion birikmalari», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K99.
Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.28.06.2018.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori; Xusenov Qaxramon Shoyimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magniy pal`mitati, oleati va stearatining ayrim amidlar bilan kompleks birikmalarini sintez qilish hamda ularning tarkibi, individualligi, termik barqarorligi, koordinatsiyalanish uslublari, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magniy pal`mitati, oleati va stearatining formamid, atsetamid, karbamid, tiokarbamid, nitrokarbamid va nikotinamidlar bilan yangi 38 ta kompleks birikmalari sintez qilingan hamda ularning tarkibi va individualligi isbotlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning ayrim fizik xossalari hamda ular tarkibidagi fragmentlarning termik barqarorligi differensial termik analiz yordamida aniqlangan;
magniy karboksilatlarining amidlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari tarkibidagi markaziy atomga ligandlarning koordinatsiyalanish uslublari va bog‘ tabiatlari isbotlangan;
olingan kompleks birikmalarning hosil bo‘lish energiyalari, geometrik konfiguratsiyasi, atomlarning bog‘ uzunliklari hamda energiyalari va atomlararo burchaklar kvant-kimyoviy hisoblashlar orqali aniqlangan;
qishloq ho‘jaligida etishtiriladigan o‘simliklarni o‘stiruvchi va hosildorligini oshiruvchi stimulyatorlar sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Magniy pal`mitati, oleati va stearatining bir turli va aralash amidli kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan kompleks birikmalar OT-F7-48 raqamli «Immobilanishni nazariy asoslari va atrof muhit ob’ektlarda prioritet ifloslanuvchilarni testlashda va aniqlashda immobillangan reagentlarni qo‘llash» mavzusidagi fundamental loyihasida qiyosiy taqqoslovchi reagent sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 4/1255-2613-son ma’lumotnomasi). Natijada koordinatsion birikmalarning tolali sorbentlarga immobillash orqali og‘ir zaharli metall ionlari bilan komplekslarining IQ-spektroskopiyasi, metall atomining reagent funksional guruhi bilan koordinatsiya hosil qilish usuli, modifikatsiyalash yo‘llari va fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
biologik faol Mg(C17H35COO)2∙2NH2CSNH2∙2H2O tarkibli stimulyator O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “2020-2021 yillarda amaliyotga joriy etish rejasi”ga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 01/023-440-son ma’lumotnomasi). Stimulyator bilan ishlov berilgan chigitlarning unib chiqish muddatini 3–5 kunga, paxtaning ochilish muddatini 7–10 kunga qisqartirish va hosildorlikni 1,1 barobarga oshirish imkonini beradi.