Xakimova Malika Maxmud qizi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi Talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Atadjanova Shaxnoza Abbosovna. Pedagogika fanlari doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Tursunova Muxabbat Ikromovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari motivatsiyali, differensiallashgan leksik va grammatik bilimlarni oshirishga qaratilgan maqsadli-produktiv yondashuvlarni yaxlit komplekslash, o‘zini-o‘zi baholashga asoslangan integrativ-innovatsion yondashuvlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli bilimlarni oddiydan murakkabga qarab tabaqalashtirish, nutq jarayonlarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra faollashtirish hamda nutqiy va vizual muloqotga bo‘lgan ehtiyojni tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
talabalarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi CLT (communicative language teaching), TBLT — (task based language teaching), CBI—(content-based instruction) til o‘qitishning zamonaviy metodlaridan ratsional foydalanish natijadorligini oshirish hamda lingvistik material ustida samarali ishlash faolligini bosqichma-bosqich tashkil qilish asosida takomillashtirildi;
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi samaradorligi tilning leksik, grammatik, imlo va fonetik komponentlarni rivojlantirish orqali yuqori, o‘rta, past baholash mezonlarining ta’limiy maqsadlar talabalariga proporsionalligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari motivatsiyali, differensiallashgan leksik va grammatik bilimlarni oshirishga qaratilgan maqsadli-produktiv yondashuvlarni yaxlit komplekslash, o‘zini-o‘zi baholashga asoslangan integrativ-innovatsion yondashuvlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3021/04 – son dalolatnomasi). Natijada talabalarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etilgan.
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli bilimlarni oddiydan murakkabga qarab tabaqalashtirish, nutq jarayonlarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra faollashtirish hamda nutqiy va vizual muloqotga bo‘lgan ehtiyojni tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo ’llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3021/04 – son dalolatnomasi). Natijadatalabalarning chet tili kommunikativ kompetensiyasining lingvistik va leksikogrammatik komponentining mazmun-funksional jihatlarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.
talabalarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi CLT (communicative language teaching), TBLT — (task based language teaching), CBI—(content-based instruction) til o‘qitishning zamonaviy metodlaridan ratsional foydalanish natijadorligini oshirish hamda lingvistik material ustida samarali ishlash faolligini bosqichma-bosqich tashkil qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo ’llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3021/04 – son dalolatnomasi). Natijada talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning ingliz tilidan lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi samaradorligi tilning leksik, grammatik, imlo va fonetik komponentlarni rivojlantirish orqali yuqori, o‘rta, past baholash mezonlarining ta’limiy maqsadlar talabalariga proporsionalligini adekvat ta’minlash asosida rivojlantirishga oid takliflar “Integrated speaking skills (Part II)” o‘quv qo ’llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13- maydagi № 11-05-3021/04 – son dalolatnomasi). Natijada lingvistik kompetensiyani rivojlantirishning nazariy modeli, baholash mezonlari va darajalash indikatorlarini takomillashtirish samaradorligi oshirilgan.