Urunbaev Rovshan Zaxidilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neft` va gaz korxonalarida moliyaviy menejmentni takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2992
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda neft` va gaz sohasida moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` va gaz korxonalarda o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblashda moliyaviy leverajni inobatga olish hamda “Monte-Karlo simulyasiyasida ssenariy baholashni qo‘shish” modeli asosida loyihani turli ssenariylar (masalan, yuqori, o‘rta va past narxlar) sharoitida baholash uslubi takomillashtirilgan; 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona moliyaviy menejmenti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va kapitalning optimal tuzilmasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan rejalashtirish, tahlil, nazorat va qarorlar qabul qilish jarayonlaridan iborat bo‘lgan boshqaruv faoliyati investision, operatsiyaviy va moliyaviy qarorlarini muvofiqlashtirish orqali moliyaviy risklarni minimallashtirish, daromadlarni oshirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
neft` va gaz korxonalarida “Dinamik naqd pul aylanish davri” modelidagi naqd pul aylanish davrini bozor va talab sharoitlariga moslab optimallashtirish asosida likvidlikni boshqarish strategiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishdan olinadigan foyda darajasini (FD = 15-20%) oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ uchun “NPV Maksimizatsiya modeli” asosida dinamik diskont stavkasi bo‘yicha loyiha qiymatini baholashning bozor sharoitlariga moslashuvchan yondoshuviga ko‘ra dinamik diskont stavkasi orqali loyiha kirimlari va xarajatlarini diskontlash asosida pul oqimlarining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft` va gaz korxonalarida moliyaviy menejmentni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
neft` va gaz korxonalarda o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblashda moliyaviy leverajni inobatga olish hamda “Monte-Karlo simulyasiyasida ssenariy baholashni qo‘shish” modeli asosida loyihani turli ssenariylar (masalan, yuqori, o‘rta va past narxlar) sharoitida baholash uslubidan foydalanish taklifi “O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 noyabrdagi №08-35-2-686-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida xarajat va daromadlarni noaniqlik bilan tahlil qilib, turli ssenariylardagi natijalarni solishtirish imkoni yaratilib, risk va daromadlarni har bir ssenariyda yanada aniqroq baholash, xavflarni samaraliroq boshqarish va qaror qabul qilish jarayonida ko‘proq moslashuvchanlikka erishilgan; 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona moliyaviy menejmenti” tushunchasining iqtisodiy mazmunini moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va kapitalning optimal tuzilmasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan rejalashtirish, tahlil, nazorat va qarorlar qabul qilish jarayonlaridan iborat bo‘lgan boshqaruv faoliyati investision, operatsiyaviy va moliyaviy qarorlarini muvofiqlashtirish orqali moliyaviy risklarni minimallashtirish, daromadlarni oshirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy menejment” nomli elektron darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent moliya instituti, 2023 yil, 27-dekabrdagi 523 sonli buyrug‘, ro‘yxatga olish raqami 523-6). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda investision, operatsiyaviy va moliyaviy qarorlarini muvofiqlashtirish orqali moliyaviy risklarni minimallashtirish, daromadlarni oshirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan korxona moliyaviy menejmenti tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
neft` va gaz korxonalarida “Dinamik naqd pul aylanish davri” modelidagi naqd pul aylanish davrini bozor va talab sharoitlariga moslab optimallashtirish asosida likvidlikni boshqarish strategiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishdan olinadigan foyda darajasini (FD = 15-20%) oshirish taklifi taklifi “O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 noyabrdagi №08-35-2-686-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ishlab chiqarish, talab va ta’minotdagi o‘zgarishlarni inobatga olib, korxonaning pul aylanishini aniqroq baholash imkoni yaratilib, korxona o‘zining naqd pul oqimini har bir davrda to‘g‘ri boshqarish, risklarni kamaytirish va resurslardan samaraliroq foydalanishga erishilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ uchun “NPV Maksimizatsiya modeli” asosida dinamik diskont stavkasi bo‘yicha loyiha qiymatini baholashning bozor sharoitlariga moslashuvchan yondoshuviga ko‘ra dinamik diskont stavkasi orqali loyiha kirimlari va xarajatlarini diskontlash asosida pul oqimlarining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 noyabrdagi №08-35-2-686-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida loyihaning haqiqiy qiymatini aniqroq baholash, riskni yaxshiroq boshqarish va tezkor qaror qabul qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish