Ortikov Ergashjon Yakubboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3828 
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Sharofiddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi;
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat agrar universiteti”
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida xorijiy ta’sischilarning ulushlarini hisobga olish maqsadida hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga 4611 - “Ustav kapitaliga xorijiy ta’sischilarning chet el valyutasidagi ulushlari bo‘yicha qarzi” nomli ishchi schyotini kiritish orqali ustav kapitalining shakllanishini moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish hamda buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish taklifi asoslangan; 
belgilangan muddatda talab qilib olinmagan dividend summalarini hisobga olish maqsadida ishchi schyotlar rejasiga 6611 - “Talab qilib olinmagan  dividend” nomli ishchi schyotini kiritish asosida moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlaridagi me’yorlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash orqali  aksiyadorlarga tegishli bo‘lgan dividendlar hisobi takomillashtirilgan;
“Xususiy kapital harakati to‘g‘risidagi hisobot”ni “Xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot”ga transformatsiya qilish algoritmi va modeli tegishli tuzatishlarni ro‘yxatga olish jurnali namunasi asosida takomillashtirilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida xususiy kapital auditiga oid audit xulosalarining aniqligi va asoslanganligi rentabellik koeffisienti (ROE) va dividendlarni to‘lash koeffisienti (DPR) moliyaviy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilishni xalqaro audit amaliyotida foydalaniladigan tahliliy usullarga moslashtirish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida xorijiy ta’sischilarning ulushlarini hisobga olish maqsadida hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga 4611 - “Ustav kapitaliga xorijiy ta’sischilarning chet el valyutasidagi ulushlari bo‘yicha qarzi” nomli ishchi schyotini kiritish orqali ustav kapitalining shakllanishini moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish hamda buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish taklifi «O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil uchun hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil 12 iyuldagi 08-39-8-sonli, «Taxiatosh IES» AJning 2024 yil 28 oktyabrdagi 03-30/1193-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida ustav kapitalini to‘g‘ri shakllanishi va chet el valyutasi bo‘yicha kursdagi farqni to‘g‘ri aniqlash va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi axborotlarning shaffofligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
belgilangan muddatda talab qilib olinmagan dividend summalarini hisobga olish maqsadida ishchi schyotlar rejasiga 6611 - “Talab qilib olinmagan  dividend” nomli ishchi schyotini kiritish asosida moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlaridagi me’yorlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash orqali  aksiyadorlarga tegishli bo‘lgan dividendlar hisobini takomillashtirish taklifi «O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil uchun hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 iyuldagi 08-39-8-sonli, «Taxiatosh IES» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 oktyabrdagi 03-30/1193-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi foydani taqsimlanishi, dividendlarni hisoblanishi va to‘lanishini to‘g‘riligi hamda aniqliligini ta’minlash imkonini yaratgan;
“Xususiy kapital harakati to‘g‘risidagi hisobot”ni “Xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot”ga transformatsiya qilish algoritmi va modeli tegishli tuzatishlarni ro‘yxatga olish jurnali namunasi asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil moliyaviy hisobotlarini MHXSlari asosida transformatsiya qilish jarayonida inobotga olinib, amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 12 iyuldagi 08-39-8-sonli, “Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 oktyabrdagi 03-30/1193-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tegishli hisobotlarni o‘zaro transformatsiya qilish jarayonini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida xususiy kapital auditiga oid audit xulosalarining aniqligi va asoslanganligi rentabellik koeffisienti (ROE) va dividendlarni to‘lash koeffisienti (DPR) moliyaviy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilishni xalqaro audit amaliyotida foydalaniladigan tahliliy usullarga moslashtirish orqali takomillashtirish taklifi xususiy kapital auditini o‘tkazish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2024 yil 8 noyabrdagi 47-sonli, “NAZORAT-AUDIT” auditorlik kompaniyasining 2024 yil 21 oktyabrdagi 16/24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatida xususiy kapital auditini o‘tkazish jarayonida kapitalning rentabellik koeffisientini hisoblash osonlashib, o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish imkoni yaratilgan.