Igitov Jurabek Kuzibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ qimmatli qog‘ozlar asosida sanoat korxonalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish”. 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt 5021
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Ashurova  Nasiba Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarini faoliyatini kengaytirishda korporativ qimmatli qog‘ozlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
listing va emissiya shartlari soddalashtirilgan tartibda birja obligasiyalarini muomalaga chiqarish orqali likvid qarz mablag‘larini jalb qilish va fond bozori volatilligini oshirish asosida obligasiya chiqarish xarajatlarini 3-5 foizgacha, muddatini 1 oygacha qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan;
kompaniyaning korporativ obligasiyalarini ulardan olinadigan obligasion daromadlarini qayta moliyalashtirish stavkasi va obligasiya nominal qiymatining 10 foiz miqdoridagi qat’iy belgilangan qo‘shimcha foiz darajalari yig‘indisi sifatida emissiya qilish orqali mustahkam investorlar bazasiga va muntazam pul ko‘rinishidagi kapitalga ega bo‘lishi asoslangan; 
korporativ obligasiyalar yangi paketi emissiyasining sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish va eksport hajmiga ijobiy ta’sirini ta’minlash orqali kompaniya korporativ obligasiyalarni bir chiqarish davri so‘nganidan keyin yangi korporativ obligasiyalarni chiqarish evaziga korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish asoslangan;
global ekologik muammolar sharoitida sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan SDG strategiyasini joriy etish orqali atrof-muhitga zaharli moddalar chiqarilishini 3 barobarga, ekologik zararlar uchun to‘lanadigan jarimalarni 4 barobarga kamaytirish taklifi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korporativ qimmatli qog‘ozlar asosida sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
listing va emissiya shartlari soddalashtirilgan tartibda birja obligasiyalarini muomalaga chiqarish orqali likvid qarz mablag‘larini jalb qilish va fond bozori volatilligini oshirish asosida obligasiya chiqarish xarajatlarini 3-5 foizgacha, muddatini 1 oygacha qisqartirish taklifi O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda chiqariladigan obligasiyalari misolida amalga oshirilishi belgilangan (O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-dekabrdagi 01/01-01-01/3265-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan bunday obligasiyalarning emissiya qilinishi obligasiya chiqarish xarajatlari va muddatini kamaytirishga hamda likvidliligi yuqori kapitalni tez fursatda jalb qilishga erishilishi rejalashtirilgan;
kompaniyaning korporativ obligasiyalarini ulardan olinadigan obligasion daromadlarini qayta moliyalashtirish stavkasi va obligasiya nominal qiymatining 10 foiz miqdoridagi qat’iy belgilangan qo‘shimcha foiz darajalari yig‘indisi sifatida emissiya qilish orqali mustahkam investorlar bazasiga va muntazam pul ko‘rinishidagi kapitalga ega bo‘lishi taklifi O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda chiqariladigan obligasiyalari misolida amalga oshirilishi belgilangan (O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-dekabrdagi 01/01-01-01/3265-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya har qanday siyosiy va iqtisodiy tanazzulga moslashgan va undan oqilona himoyalangan korporativ obligasiyalarni chiqarish evaziga mustahkam investorlar bazasiga va muntazam pul ko‘rinishidagi kapitalga ega bo‘lishi rejalashtirilgan; 
korporativ obligasiyalar yangi paketi emissiyasining sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish va eksport hajmiga ijobiy ta’sirini ta’minlash orqali kompaniya korporativ obligasiyalarni bir chiqarish davri so‘nganidan keyin yangi korporativ obligasiyalarni chiqarish evaziga korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish taklifi O‘zmetkombinat aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilinib, korxona faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-dekabrdagi 01/01-01-01/3265-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya korporativ obligasiyalarni bir chiqarish davri so‘nganidan keyin yangi korporativ obligasiyalarni chiqarish evaziga korxonaning ishlab chiqarish hajmi yaxlitlaganda 2,0 foizgacha, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2,5 foizgacha o‘sishi prognozi ishlab chiqilgan;
global ekologik muammolar sharoitida sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan SDG strategiyasini joriy etish orqali atrof-muhitga zaharli moddalar chiqarilishini 3 barobarga, ekologik zararlar uchun to‘lanadigan jarimalarni 4 barobarga kamaytirish taklifi O‘zmetkombinat aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilinib, korxona faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-dekabrdagi 01/01-01-01/3265-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan 2030-yilgacha Yashil sanoat tamoyillari asosida ishlab chiqarishni qayta tashkil etish orqali atrof-muhitga zaharli moddalar chiqarilishini kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish