Daniyarova Sarbinaz Maxsetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanining elektron-dasturiy ta’minotini takomillashtirish 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8451.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Nodira Mamalatipovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Botir Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari faninining elektron-dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim tizimidagi uzviylikni ta’minlashga qaratilgan raqamli texnologiyalar vositasida kasbiy kommunikativ, axborot bilan ishlash kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’lim paradigmalariga integratsiyalash hamda raqamli ta’lim resurslarini yaratish, tarqatish, tamoyillarini  qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini raqamli texnologiyalar vositasida o‘qitish modeli ijtimoiy ehtiyoj talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy faol, ijodiy tafakkur va axborot oqimiga yo‘naltirilgan kompetensiyalarni interaktiv, differensial, integratsion, yondashuvlarga moslashtirish hamda didaktik tizim elementlarini dasturiy ta’minot mazmuniga singdirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni informal ta’lim shakliga uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishda elektron-dasturiy ta’minotni joriy etish metodikasi  talabaning ta’limiy ehtiyojlari va maqsadlarini faktik o‘rganish, loyihalashtirilgan va ijodiy natijalarga erishishga kafolat beradigan loyiha, flipped classroom, think-pair-share innovatsion metodlarini bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishda dasturiy ta’minotdan foydalanish samaradorligi baholashning motivatsion-kommunikativ, kognitiv, faoliyatli-refleksiv mezonlarini reproduktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy baholash darajalariga transformatsiyalash hamda talaba-resurs bog‘liqligini funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari faninining elektron-dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim tizimidagi uzviylikni ta’minlashga qaratilgan raqamli texnologiyalar vositasida kasbiy kommunikativ, axborot bilan ishlash kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’lim paradigmalariga integratsiyalash hamda raqamli ta’lim resurslarini yaratish, tarqatish, tamoyillarini  qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Baslawısh klasslarda informaciyalıq texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 3-iyundagi  11-05-3650/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda elektron-dasturiy ta’minotidan foydalanish imkoni kengaytirilgan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini raqamli texnologiyalar vositasida o‘qitish modeli ijtimoiy ehtiyoj talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy faol, ijodiy tafakkur va axborot oqimiga yo‘naltirilgan kompetensiyalarni interaktiv, differensial, integratsion, yondashuvlarga moslashtirish hamda didaktik tizim elementlarini dasturiy ta’minot mazmuniga singdirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni informal ta’lim shakliga uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Baslawısh klasslarda informaciyalıq texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 3-iyundagi  11-05-3650/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini elektron-dasturiy ta’minot vositasida o‘qitishning metodik tizimi kengaytirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishda elektron-dasturiy ta’minotni joriy etish metodikasi  talabaning ta’limiy ehtiyojlari va maqsadlarini faktik o‘rganish, loyihalashtirilgan va ijodiy natijalarga erishishga kafolat beradigan loyiha, flipped classroom, think-pair-share innovatsion metodlarini bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Baslawısh klasslarda informaciyalıq texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 3-iyundagi  11-05-3650/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron-dasturiy ta’minot asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlanishiga erishilgan;
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar fanini o‘qitishda dasturiy ta’minotdan foydalanish samaradorligi baholashning motivatsion-kommunikativ, kognitiv, faoliyatli-refleksiv mezonlarini reproduktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy baholash darajalariga transformatsiyalash hamda talaba-resurs bog‘liqligini funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid  tavsiyalar “Baslawısh klasslarda informaciyalıq texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 3-iyundagi  11-05-3650/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlangʻich sinflarda axborot texnologiyalari fanini elektron-dasturiy ta’minot vositasida o‘qitishda fan tushunchalarining bilish darajasi sifat darajasiga ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish