Djuraeva Nasiba Turaxanovnaning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dastlab integrallash metodi va uning gidrodinamik turg‘unlik muammosiga tatbiqi», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1133. 
Ilmiy rahbar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘anixo‘jaev Rasul Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudayberfanov Yashin Kamilovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan tenglamalarni va gidrodinamik turg‘unlik muammosini tavsiflovchi Orr-Sommerfeld tenglamasini dastlab integrallash metodi bilan sonli modellashtirish, metodning yaqinlashishini asoslash, yaqinlashish tezligi bahosini olish, echish algoritmini ishlab chiqish hamda dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dastlab integrallash metodi bilan yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan birjinslimas differensial tenglama uchun chegaraviy masalani sonli echishning diskret matematik modeli qurilgan;
gidrodinamik xos qiymat muammosining dastlab integrallash metodi asosidagi diskret approksimatsiyasi tuzilgan;
Orr-Sommerfeld tenglamasi uchun dastlab integrallash metodining yaqinlashishi Chebishev ko‘phadlari soniga mos ravishda asoslangan;
Orr-Sommerfeld tenglamasini xarakterlovchi parametr to‘lqin soni va Reynolds soni bo‘yicha approksimatsiyalovchi ko‘phadlar soni ortishi bilan dastlab integrallash metodi asosida olingan taqribiy xos qiymatlarning qaralayotgan tenglama aniq xos qiymatlariga yaqinlashishi tezligi bahosi olingan;
 gidrodinamik turg‘unlik muammosi uchun qo‘yilgan differensial xos qiymat muammosi umumlashgan algebraik xos qiymat masalasiga keltirilgan, taqribiy xos qiymatlarni topish algoritmi ishlab chiqilgan, taqribiy xos qiymatlarning  mavhum qismlarini tahlil qilish gidrodinamik turg‘unlik muammosi tabiatini o‘rganishga olib kelishi aniqlangan; 
yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan differensial tenglama va gidrodinamik turg‘unlik muammosi uchun sonli hisoblash sxemalari va algoritmlari qurilgan hamda dasturlar majmui ishlab chiqilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan birjinslimas oddiy differensial tenglama uchun chegaraviy masalani va gidrodinamik turg‘unlik muammosini tavsiflovchi Orr-Sommerfeld tenglamasi uchun xos qiymat muammosini echishda qo‘llanilgan usullardan Urganch davlat universitetining OT-F4-04(05) raqamli “Spektral usulni matrisaviy nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishga tatbiqlari, yurak-qon tomir tizimining biomexanikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida yirik qon tomirlar devorlarining elastikligi va o‘tkazuvchanligini hisobga olgan holda gidrodinamik qarshilikni aniqlash masalasini tadqiq etishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2024 yil 27 maydagi 04-99/8-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yirik qon tomirlar devorlarining elastikligi va o‘tkazuvchanligini hisobga olgan holda gidrodinamik qarshilikni hisoblash imkonini bergan;
Yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan birjinslimas oddiy differensial tenglama uchun chegaraviy masalani va gidrodinamik turg‘unlik muammosini tavsiflovchi Orr-Sommerfeld tenglamasi uchun xos qiymat muammosini dastlab integrallash metodi bilan sonli echish algoritmlari, dasturiy ta’minotlar va ularning strukturalarini yaratish usullaridan Samarqand davlat universitetining OT-F4-64 raqamli «Birjinslimas g‘ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va moddalar ko‘chishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida ikki zonali silindrik birjinslimas yoriq-g‘ovak muhitlarda anomal modda ko‘chishi va suyuqliklar sizishi masalalarini sonli tadqiq etishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2024-yil 07-noyabridagi 10-5907-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi ikki zonali silindrik birjinslimas yoriq-go‘vak muhitlarda anomal modda ko‘chishi va suyuqliklar sizishi masalalarini sonli tadqiq etishda go‘vak muhitdagi konvektiv diffusion ko‘chish tenglamasini samarali sonli echish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish